O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti


Download 296.5 Kb.
bet11/22
Sana26.01.2023
Hajmi296.5 Kb.
#1124737
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
Badiiy matinning lisoniy tahlili

6.Buyruq mazmunli matnlar (Le texte injonctif – injonktiv matn). Buyruq hamda maslahat ohangi yetakchilik qiladigan, buyruq maylidagi gaplardan tuzilgan, biror ishni bajartirish yoki turli ta’qiqlashlarni ifoda etadigan matn tipiga buyruq mazmunli matn deyiladi. Asosan qahramonlar nutqida kuzatiladi. Lekin muallif nutqida maslahat yoki tavsiya ma’nosida qо‘llanilishi ham ma’lum. Masalan:
Odat. Ishdan nega kech kelganingizni surishtirsa, xayron bо‘lmang. Bо‘yinbog‘ingizni yechishga kо‘maklashish bahonasida yoqangizni hidlab kо‘rsa, hayron bо‘lmang. Majlisda nima masala kо‘rilganini sо‘rasa, hayron bо‘lmang. Kimning yonida о‘tirganingizni sо‘rasa, hayron bо‘lmang. Telefoningiz rangi qanaqaligini sо‘rasa, hayron bо‘lmang. Necha kishi qо‘ng‘iroq qilganini sо‘rasa hayron bо‘lmang. Qayerda tushlik qilganingizni sо‘rasa, hayron bо‘lmang. Bufet nechanchi qavatdaligini sо‘rasa, hayron bо‘lmang. Nima ovqat yeganingizni sо‘rasa, hayron bо‘lmang. Sizga choyni qaysi qо‘li bilan uzatganini sо‘rasa, hayron bо‘lmang! Boringki, oftob qaysi tomondan chiqqanini sо‘rasayam hayron bо‘lmang. Qiziquvchanlik – ayolning tabiiy odati! (О‘.Hoshimov)
***
Buzilgan nikoh. Uyni qonuniy bо‘lashdingiz… Mol-mulkni qonuniy bо‘lashdingiz… Muhabbat bо‘laklandi… Sadoqat bо‘laklandi… Bola-chi? Bolani qaysi qonun bilan bо‘lashasiz? Onasi bilan bо‘lsa, otasiz qolsa. Otasi bilan bо‘lsa, onasiz qolsa… Yaxshisi, uniyam ikkiga bо‘ling! Bir nimtasi-eriga! Bir nimtasi-xotinga! Qani kо‘taring boltani, bolaning uvoli tutgurlar! (О‘.Hoshimov)
***
Tiriklar va о‘liklar. Vaqti-vaqti bilan qabristonga borasiz. Ajdodlaringiz boshida turib о‘tganlar ruhini xotirlaysiz… Keyin… о‘z yumushingiz bilan ketasiz.
Shoshilmang. Dunyo ishi bitganmas… Iloji bо‘lsa, qabristonni osoyishta aylaning. Shunda… g‘alati holat rо‘y beradi. Marhumlar sizga kо‘-о‘-о‘p narsalar aytadi…
Ishoning, о‘liklar tiriklardan kо‘ra teranroq fikrlaydi… (О‘.Hoshimov)
7.Hissiy ifoda mazmunli matnlar (Le texte expressif - ekspressiv matnlar). Insonning ichki kechinmalarini, voqelikka munosabatini, о‘ziga xos pafos bilan ifodalash maqsadida tuzilgan matnlar hissiy ifoda mazmunli matn deyiladi.
Erta bahor – cheksiz sog‘inchning ufqi. Muzga aylanishdan bosh tortgan isyonkor tomchilar yomg‘ir bо‘lib tо‘kilmoqda. Yomg‘irning daraxtga, kurtakning tomchiga aytadigan «shiviri» yig‘ilganey-yig‘ilgan. Xо‘ngrab-xо‘ngrab, bо‘zlab-bо‘zlab dil rozini aytayotgan erta bahor buluti aslida osmon dardidan sо‘z ochishga botingan asov g‘alayon. Nish urmish kurtakka nasib etgan yomg‘ir tomchisi kо‘kning beqiyos ehtirosi parchasi. Yomg‘ir «shiviri» umidlarga tо‘la daraxt ta’zimiga kutilmaganda duch kelsa, bu ajib bir shoyonlik tavalludi. Aslida bu «shivir-shivirlar» rishta xolos. Aslida ulkan osmonning jajji zaminga aytadigan dardi kо‘p-yey... Zamin esa dil izhorini minnatdor tinglar ekan, jajji daraxtlari, endi unajak о‘t-о‘lani-yu, chambar gullari-la ta’zim etadi.
Yeru-osmon, daraxtu yomg‘ir, nish urish orzusidagi kurtagu, unga lab tegizgan tomchi, kо‘kdagi bulutdan barqini kutgan maysalar, chechaklar yamoqchi sog‘inch dardida butun bо‘ladilar endi. Bilaman, zamin-u falak visoli xayoliy ufqdagina namoyon. Bilaman... Ammo... Qalbim zulflariga urilgan shivir-shivirlarni sezmaslikni eplay olmayapman. Sog‘inch – umrim yamog‘i... (YO.Akram)30
Biror bir badiiy matnda sanab о‘tilgan matn tiplarining hammasi yoki ayrimlari ishtirok etgan bо‘lishi mumkin. Yohud butun boshli asar yuqorida zikr etilgan matn tiplaridan faqatgina bittasi asosida shakllangan bо‘lishi ham mumkin.

Download 296.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling