O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti


Download 296.5 Kb.
bet7/22
Sana26.01.2023
Hajmi296.5 Kb.
#1124737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
Badiiy matinning lisoniy tahlili

«Duogо‘y». Said Ahmad aka boshchiligida bir guruh adiblar olis tog‘ qishlog‘iga yetib bordik. Mehmonga chaqirishdi. Uy tо‘la odam. Davra boshida tо‘rvadek soqoli kо‘ksiga tushgan qariya о‘tiribdi. Hamma unga ta’zim bajo qiladi. Davraga kim kelib qо‘shilmasin chol uzundan-uzoq duo о‘qiydi. «Sen ham mening yoshimga yetib yurgin, bacham», deb fotiha tortadi.
Bir xil duo takrorlanavergach, Said Ahmad aka sо‘radi:
-Necha yoshga chiqdingiz, taqsir?
-Menba?-dedi chol salmoqlab. –Ikkam jetmishga bordim.
-Voy bо‘-о‘-о‘!-dedi Said Ahmad aka bosh chayqab. –Agar sening duoing mustajob bо‘lsa, men sakkiz yil avval о‘lib ketishim kerak ekan-da, ukam? Men yetmish oltiga chiqdim! Turaqol endi, joy almashamiz! (О‘.Hoshimov)
***
Yо‘li topildi. Erkin Vohidov universitetni endi bitirgan paytidayoq taniqli shoir edi. О‘zingiz bilasiz, oliy о‘quv yurtini bitirgan odam oldida uylanish muammosi kо‘ndalang bо‘ladi. Shu masala yuzasidan Erkin aka Said Ahmad akaga maslahat solibdi.
-Oqsaqol,-debdi. -Xabaringiz bor, bir-ikkita kitobim chiqdi. Uch ming sо‘mcha pulim ham bor (U paytda uch ming katta pul edi). Lekin qaysi biriga yetkazishni bilmayapman. Mashina olaymi, uy solaymi, xotin olaymi? Mashina olsam, uy sololmayman, uy solsam, uylanolmayman, uylansam, mashinaga pul qolmaydi… Nima qilay?
Said Ahmad aka peshanasini Rashid abzining garmoniday tirishtirib, chuqur va uzoq о‘yga tolibdi. Oxiri chehrasi yorishib bunday debdi:
-Bolam, men xо‘p о‘yladim. Hisoblab kо‘rsam uch ming sо‘m puling hammasiga yetarkan. Maslahat shuki, sen avtobus sotib olgin! Avtobus degani mashina bо‘ladi. Rulini qayoqqa bursang ketaveradi. Bu - birinchidan. Avtobusning ichi keng-mо‘l bо‘ladi. Kо‘ch-kо‘roningni olib kirsang tayyor uy bо‘ladi. Bu – ikkinchidan. Uchinchidan, rostki avtobus bо‘lgandan keyin ichida konduktori ham bо‘ladi. О‘sha konduktorni xotin qilib olib qо‘ya qolasan!..(О‘.Hoshimov)
***
Bunday zotlarning har bir uchrashuvi bayram bо‘lib ketadi, ular о‘rtasidagi dо‘stlik afsonaga aylanib ketadi. Taniqli о‘zbek adibi Nosir Fozilov qachonlardir Sobit Muqonov tо‘g‘risidagi xotiralarini «Mehribonlik» nomi bilan atagandi. О‘sha xotiralarda qiziq bir voqea eslatib о‘tiladi.
Toshkentdan Sobit Muqonovning uyiga mehmon bо‘lib kelgan qadrdon dо‘sti Oybekni mashinaga о‘tqazib, kо‘m-kо‘k о‘tloq, bog‘-rog‘ qoplagan Olatov etaklariga olib ketadi. Tabiat gо‘zalligidan bahramand bо‘ladilar. Sip-silliq qizil qoyalar yonidan о‘tayotib, mashinaga tormoz beradi. Xarsang toshlardan birini aylanib tomosha qiladi. Tabiatning о‘zi obi-tobida sayqal bergan toshdan kо‘zlarini uzolmasdan bosh chayqadi-da: «Gо‘zal! Mо‘jiza!» deydi. Sobit esa sir boy bermasdan Oybekning yoniga yaqinlashadiyu unga sinchikov razm solib:
-Xо‘sh, yoqib qoldimi?-deb sо‘raydi.
-Bо‘lmasam-chi!-deb tо‘lqinlanib javob beradi.
-Unday bо‘lsa, buni men senga sovg‘a qilaman. Faqat о‘z nomimdan emas, butun qozoq xalqi nomidan sovg‘a qilaman. An’anamiz bо‘yicha arg‘umoqqa ega bо‘ldim deyaver.
Shunday qilib, Medeo chegarasida yotgan xarsang tosh mehmonga yoqib qoladi: Sobit uni sovg‘a qiladi, Oybek qabul qilib oladi. Tez orada Oybek Toshkentga qaytib ketadi. Sobit esa keyin о‘sha xarsang yoniga bitta toshtaroshni yollab boradi. Xarsang toshga hech о‘chmaydigan sо‘zlar о‘yib yoziladi:
«Bu silliq toshni men Muso Oybekka sovg‘a qildim. Sobit Muqonuli. 1962 y. 3. VI».
О‘sha kuni Sobit о‘z hayotida bag‘oyat mas’uliyatli vazifani ado etgan kishidek kayfiyati kо‘tarinki holatda quvnoq qо‘shiq aytib uyiga qaytadi.
-Men о‘z hayotimda juda kо‘p sahiy odatlarni kо‘rganman. Lekin tog‘da yotgan chaqirtoshni sovg‘a qiladigan Sobitga о‘xshash odamni aslo uchratmaganman,-deb tez-tez eslab yuradi Oybek.26
Berilgan matnlarda uch xil holatni kuzatish mumkin. Birinchi matnda yozuvchi о‘zi guvoh bо‘lgan voqeani hikoya qilyapti, ikkinchi matnda muallif eshitgan voqeasini sо‘zlayapti. Uchinchi matnda esa muallif о‘qib ta’sirlangan voqeasini aytib beryapti. Shunga kо‘ra ifoda tarzi о‘zgarib borgan. Hikoya mazmunli matn boshqalariga qaraganda murakkab tarkiblangan bо‘ladi.

Download 296.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling