O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti


Download 296.5 Kb.
bet10/22
Sana26.01.2023
Hajmi296.5 Kb.
#1124737
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
Badiiy matinning lisoniy tahlili

Hudhudning Tovusga javobi. Hudhud unga javob berish uchun nafasini rostlab, shunday dedi:
- Ey jaholat ahli kabi har narsani havas qiluvchi! Sen shunday holatlarni bayon etdingki, bu ish faqat devonalar va yosh bolalar qо‘lidangina kela oladi, xolos. Odam degan tashqi gо‘zallik haqida sо‘z aytmaydi. Kimki undan faxr etar ekan, uni odam qatoriga qо‘shib bо‘lmaydi! Noz va husn faqat dilbar qizlargagina yarashadi. Er kishi esa dard va mashaqqat chekishi bilan yaxshidir. Barcha shakl ahli uchun eng sharafli ish ana shudirki, u shakldan ma’no tomon olib boradi. Sen о‘z shaklingga bino qо‘yding, buning uchun kishilar tomonidan masxara etilishga loyiqsan. Chunki, inson о‘z tashqi gо‘zalligi bilan faxrlanmaydi, agar faxrlansa, u masxaralanishga sazovordir! (Alisher Navoiy)
***
Donishmand debdiki: har qanday yaxshi qonunning muqaddimasi, shuningdek, xotimasi ham shundan iboratkim, har bir inson bir burda nonini yaxshi mehnati bilan topa olsin va ayni choqda mehnatiga loyiq yaxshi non ola olsin (T.Malik).
***
Demishlar: moru qushni bir qafasda asratib bо‘lmas,
Vatandin ayri kо‘ngilni bilingki, yayratib bо‘lmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bо‘lmas (A.Oripov).29

Didaktemalarni keltirishdan asosiy maqsad shu orqali pand-nasihat berish, muammoli masalani yechishga kо‘maklashish, qandaydir murakkab vaziyatdan chiqish yо‘llarini kо‘rsatish, tо‘g‘ri yо‘lni topishda keltirilgan misoldan ibrat chiqarishga da’vat qilish yohud bо‘lib о‘tgan voqeaga munosabat bildirishdan iborat. Lingvopoetik tahlilda didaktemalarning estetik mohiyati muhim hisoblanadi.


5.Xabar mazmunli matnlar (Le texte informatif – informativ matn). Biror voqea-hodisa haqida xabar berish maqsadida tuzilgan yoki havola qilingan matn informativ matn hisoblanadi. Badiiy matnda informativlik о‘ziga xos tarzda bо‘ladi. Oddiy xabardan farq qiladi. Estetik maqsad yuklangan bо‘ladi. Narrativ, deskriptiv, argumentli, didaktik kabi matn tiplari tarkibida keladi. Masalan, Abdulla Qodiriy «О‘tkan kunlar» romani yakunida shunday bir xabarni keltiradi:
Keyingi Marg‘ilon borishimda yaqin о‘rtoqlardan Yodgorbek tо‘g‘risini surishtirib bildim: Yodgorbek ushbu asrning о‘n tо‘qqiz va yigirmanchi ochliq yillari miyonasida vafot qilib, undan ikki о‘g‘ul qolibdir. О‘g‘ullaridan bittasi bu kunda Marg‘ilonning mas’ul ishchilaridan bо‘lib, ikkinchisi Farg‘ona bosmachilari orasida ekan. Bu kunda nomu nishonsiz, о‘luk-tirigi ma’lum emas, deydilar.
Bu ham xabar mazmunli matn hisoblanadi. Lekin asar ichida emas balki, ilova sifatida keltirilgan. Asar qahramonlarining hayotdan olinganligini ta’kidlash, bunga kitobxonni ishontirish istagi bilan kiritilgan. Bu haqda asar avvalida ham yozuvchi alohida ta’kidlagan edi: «xalqimizni shu zamonning «Tohir-Zuhra»lari, «Chor darvesh»lari, «Farhod-Shirin» va «Bahromgо‘r»lari bilan tanishdirishka о‘zimizda majburiyat his etamiz.» Balki, yozuvchi, ushbu qahramonlar taqdiri qanday kechganligi haqida kitobxonlarga xabar berishni xohlagandir, balki, romanni davom ettirajagini, agar davom ettirilsa voqealar shu mazmunda bо‘lishi mumkinligi haqida xabar berayotgandir. Bu bizga qorong‘u, lekin keltirilgan matn xabar mazmuniga ega. Asar ichida yozuvchi tomonidan keltirilgan turli havolalar ham informativ xarakterda bо‘lishi mumkin. «О‘tkan kunlar»da muallif Musulmonqulning dovyurakligi haqida shunday havolani keltiradi:
Musulmonqulning о‘zi ham favqulodda yuraklik edi. 1853 m. tarixida Musulmonqul qо‘qonlilarga asir tushib, uni tо‘pdan otib о‘ldirish uchun dordek bir narsaning ustiga о‘tquzurlar. Ikkinchi tomondan tо‘pka о‘t berish kutiladir. Shu vaqtda kishilar Musulmonquldan sо‘raydilar: «Endi qalaysan, chо‘loq?» Musulmonqul kulibkina javob beradir: «Alhamdulilloh, hali ham sizlardan yuqori bir yerda о‘ltiribman!»

Download 296.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling