O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti


Ifoda maqsadi va mazmuniga kо‘ra matn tiplari


Download 296.5 Kb.
bet6/22
Sana26.01.2023
Hajmi296.5 Kb.
#1124737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Badiiy matinning lisoniy tahlili

1.2. Ifoda maqsadi va mazmuniga kо‘ra matn tiplari.
Muloqot paytida, gapirayotganda yoki yozayotganda har doim yangidan matn yaratmaymiz. Ehtiyojimizga kо‘ra turli matn tiplaridan foydalanamiz. Ba’zan boshimizdan о‘tgan yoki о‘zimiz guvoh bо‘lgan voqealarni kimgadir aytib beramiz. Tinglovchiga notanish bо‘lgan biror kishi yoki joyni batafsil tasvirlab berishga harakat qilamiz. Ba’zan fikrimizni turli dalillar yordamida isbotlashga, izohlashga ehtiyoj sezamiz. Yoxud kimgadir pand-nasihat qilamiz. Uni turli hayotiy voqealar vositasida tarbiyalash yoki aytilganlardan xulosa chiqarishini istaymiz. Muloqot maqsadimiz ba’zan qandaydir informatsiyani tinglovchiga yetkazishga qaratilgan bо‘ladi. Shu bilan birga biror ishni qanday bajarish kerakligi haqida tavsiyalar beramiz yoki biror ishni qilmaslik haqida buyruq beramiz. Maqsadimizga erishish uchun turli kо‘rsatma, ta’qiq va xitob jumlalaridan foydalanamiz. Insonlar о‘rtasidagi muloqot maqsadi va mazmuni shular bilangina chegaralanib qolmaydi. Inson hissiyotlarini, tuyg‘ularini, hayajonlarini, azob va qayg‘ularini ifodalash, shu orqali tinglovchi yoki kitobxonni ta’sirlantirishni istaydi. Ana shunday hollarda ba’zan mubolag‘a ba’zan о‘xshatish – qiyoslash kabi tasviriy vositalardan foydalanamiz.
Shundan kelib chiqib matnni, xususan, badiiy matnni quyidagi tiplarga bо‘lib chiqish mumkin: 1.Hikoya mazmunli matn. 2.Tasviriy matn. 3.Izoh mazmunli matn. 4.Didaktik matn. 5.Xabar mazmunli matn. 6.Buyruq mazmunli matn. 7.Hissiy ifoda mazmunli matn.25
1.Hikoya mazmunli matnlar (Le texte narratif - narrativ matn). Bunday matnda muallif yoki asar qahramoni о‘zi boshidan о‘tkazgan, eshitgan, о‘qigan yoki guvoh bо‘lgan biror bir voqeani hikoya qilib beradi. Xotiralar, esdaliklar, ertak va rivoyatlarni narrativ matn tipiga kiritish mumkin. Hikoya tarzi asosan о‘tgan zamon shaklida, birinchi shaxs birlik yoki kо‘plikda ifodalanadi. Hikoya qilinayotgan voqea – hodisa kichik yoki keng qamrovli bо‘lishi mumkin. Sekin - asta kо‘tarilib boruvchi izchil va yaxlitlovchi ohang kuzatiladi. Biryoqlama ifoda uslubidan foydalaniladi. YA’ni, matn shakllanishida asosan, hikoya qiluvchi (roviy) yetakchi faktor hisoblanadi. Monologik nutq kо‘rinishi bunday matnlar uchun juda mos va qulay bо‘ladi. О‘rni bilan diologik nutq kо‘rinishlariga murojaat qilinganligini kuzatishimiz mumkin. Shunda ham hikoya matnining motivatsion butunligi roviyga bog‘liq bо‘ladi. Bu tip matnlarda tasviriy, izoh, xabar, hissiy ifoda mazmunli matnlar birdaniga ishtirok etishi mumkin.

Download 296.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling