O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti
Download 296.5 Kb.
|
Badiiy matinning lisoniy tahlili
2.Tasviriy matnlar (Le texte descriptif - deskriptiv matn). Bunday matn tinglovchiga noma’lum bо‘lgan biror kishi, joy, hayvonot va nabotot olamiga mansub mavjudot yoki qandaydir narsa-buyum hamda voqea-hodisani batafsil tasvirlab berish maqsadida tuzilgan bо‘ladi. Tasviriy matnda ham monologik nutq kо‘rinishi yetakchilik qiladi. Partonimik tasvir bunday matnning eng xarakterli xususiyati hisoblanadi. YA’ni, tasvirlanayotgan obyektning dastlab, birlamchi xususiyati tilga olinadi. Keyin unga aloqador xususiyatlar va qismlardan sо‘z yuritiladi. Masalan:
Yakan degan о‘simlik bо‘ladi. Nima uchundir san’atkorlar, aniqrog‘i otarchilar pulni «yakan» deyishadi. Aslida esa yakan – qamishzorda о‘suvchi о‘simlik. Yakanni о‘rib olib, quritib uzum osadilar yoki savat qalpoq tо‘qiydilar. Ma’lumki, qamish uzun, yakan esa, aksincha, pastak о‘simlik. Shunday bо‘libdiki, bir kuni yakan qamishga qarab: -О‘, birodar, hadeb g‘о‘ddayaverma, salgina egil. Ollohning quyoshi nuridan biz ham bahramand bо‘laylik,-debdi. Qamish unga qaragisi ham kelmabdi, javob ham bermay burnini jiyirib qо‘ya qolibdi. Vaqti-soati kelib avval qamishni, sо‘ng yakanni о‘ribdilar. Tasodifni qarangki, о‘sha qamishdan yasalgan bо‘yrani bir uyga tо‘shabdilar. Tasodifni qarangki, shu uy tо‘sinlariga uzumlarni osibdilar, yakandan tо‘qilgan savat qalpoqlarni esa devordagi qoziqlarga ilibdilar. Oradan kunlar о‘taveribdi. Qamish pastda, oyoq ostida, yakan esa tepada ekan. Oyoqosti bо‘laverib xorlangan qamish axiyri yakanga qarab zorlanibdi: -Meni о‘rib olib quritdilar, tepkilab qovurg‘alarimni sindirdilar, sо‘ng suvga bо‘ktirdilar. Sо‘ng qayirib-bukib mana shu bо‘yra holiga keltirdilar. Endi esa tinimsiz, har kuni tepkilaydilar. Bu ham yetmaganday sal qayirib, ostimga noslarini tupuradilar. Bu zorlanishni eshitib yakan debdikim: -Siz bekorga g‘о‘ddaydingiz. G‘о‘ddayib о‘saverdingiz. Ichingiz g‘ovak ekanini unutdingiz. G‘ovak bо‘lganingiz uchun ham tepkilashdan bо‘lak narsaga yaramadingiz. Hali ham kech emas, siz о‘sgan yerda ildizingiz qolgan. Siz о‘sajak qamishlarga yetkazing. Sizning holingizga tushmasinlar. Qamishni ba’zan tomga ham tо‘shaydilar. Lekin baribir uning basharasiga loy chaplanadi…27 Keltirilgan matnda yakan deb nomlanadigan bir о‘simlik tasvirlanadi. Buni tasvir obyekti deymiz. Uning о‘simlik ekanligi haqidagi axborot birlamchi xususiyat hisoblanadi. Uning qanday о‘simlik ekanligi haqidagi axborot aloqador xususiyat hisoblanadi. Bu matnda aloqador xususiyat deb ataluvchi qism boshqa bir о‘simlik bilan bog‘liq tasvir fonida yanada ravshan ifodalangan. Yoki Abdulla Qodiriy «О‘tkan kunlar» romanini bir saroy tasviridan boshlaydi: Darbozasi sharqi-janubiyga qaratib qurilg‘an bu dong‘dor saroyni Toshkand, Samarqand va Buxoro savdogarlari egallaganlar, saroydagi bir-ikki hujrani istisno qilish bilan boshqalari musofirlar ila tо‘la. Saroy ahli kunduzgi ish kuchlaridan bо‘shab hujralariga qaytqanlar, kо‘b hujralar kechlik osh pishirish ila mashg‘ul, shuning uchun kunduzgiga qarag‘anda saroy jonliq: kishilarning shaqillashib sо‘zlashishlari, xoxolab kulishishlari saroyni kо‘kka kо‘targudek. Saroyning tо‘rida boshqalarg‘a qarag‘anda kо‘rkamrak bir hujra, anovi hujralarga kiygiz tо‘shalgani holda bu hujrada qip-qizil gilam, uttalarda bо‘z kо‘rpalar kо‘rilgan bо‘lsa, munda ipak va adras kо‘rpalar, narigilarda qora charog‘ sasig‘anda, bu hujrada sham’ yonadir, о‘zga hujralarda yengil tabiatlik, serchaqchaq kishilar bо‘lg‘anida bu hujraning egasi boshqacha yaratilishda. Og‘ir tabi’atlik, ulug‘ gavdalik, kо‘rkam va oq yuzlik, mutanosib qora qoshliq va endigina murti sabz urgan bir yigit.28 Bu parchada tasvir obyekti - saroy, bugungi til bilan aytadigan bо‘lsak, mehmonxona. Uning Toshkent, Samarqand va Buxoro savdogarlari orasida mashhurligi haqidagi axborot birlamchi xususiyat bо‘lsa, hujra va jihozlar haqidagi axborot aloqador xususiyat hisoblanadi. Bu matnda ham obyektning aloqador xususiyati u yerdagi insonlar tasviri fonida yanada aniq va tushunarli qilib tasvirlanyapti. Buni о‘z navbatida ikkilamchi xususiyat u bilan bog‘liq tasvirni esa ikkilamchi aloqador xususiyat deb atasak bо‘ladi. Yakan haqidagi matnda qamish ikkilamchi xususiyat, u bilan bog‘liq tasvir ikkilamchi aloqador xususiyat hisoblanadi. Mazkur matn о‘sha xususiyatlar tasviriga asoslanib shakllantirilgan. Matnda bunday aloqadorlik bitta yoki bir necha bо‘lishi mumkin. Bitta va ikkitalik turini tahlil qilish qulay. Agar ikkitadan ortiq bо‘lsa tahlil murakkablashib ketadi. Bunday paytda eng xarakterlisi va matnning tashkillanishida yetakchilik qiladiganini olamiz. Buni quyidagicha formulalashtirishimiz mumkin: Download 296.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling