O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti
Download 296.5 Kb.
|
Badiiy matinning lisoniy tahlili
3. Takrorlar yordamida birikish. Birinchi gapda qо‘llangan ayrim affikslar, sо‘z, sо‘z birikmasi yoki gaplarning keyingi komponentlar tarkibida takroran qо‘llanishi orqali matn shakllantirilishi mumkin. Takror usulidan aytilayotgan fikrni alohida ta’kidlash, tasdiqlash, kengroq, batafsilroq ifodalash maqsadida foydalaniladi. Nutqning ta’sirchanligi ortadi. «Leksik takrorlar, olmoshlar va sinonimlar yordamida hosil qilinadigan aloqa zanjirli aloqa, bir xil grammatik formalar bilan boshlanuvchi yoki tugallanuvchi komponentlar yig‘indisidan tashkil topadigan aloqa parallel aloqa deyiladi.» 33
-Janoblar, siz bu yerga turli mamlakatlardan kelgansiz. Siz turli millat, turli xalqlarning vakillarisiz. Bu yerda hech mamlakat, hech bir xalqning vakili bо‘lmagan yolg‘iz men. Men hamma xalqlarning, hamma mamlakatlarning vakiliman. Men she’riyatman. Men butun olamga teng nur sochuvchi oftobman. Men hamma о‘lkalarga teng yog‘uvchi yomg‘irman. Men dunyoning hamma yerida teng gullaguvchi daraxtman (R.Hamzatov). *** Turmush tashvishlari, Turmush tashvishlari, Biz sendan balandroq tura olsaydik, Biz sendek balandroq yura olsaydik, Balki о‘ng‘ayardi dunyo ishlari, Turmush tashvishlari, Turmush tashvishlari. (A.Oripov) Takrorning bir necha kо‘rinishlari bor, ular ham matn tashakkulida uslubiy vazifa bajaradi: Alliteratsiya, assonans, anafora, epifora kabilar. Alliteratsiya deb undosh tovushlarning uslubiy maqsadlarda takrorlanishiga aytiladi. Assonans esa unli tovushlarning takrorlanishidir. Anafora deganda sо‘z yoki sо‘z birikmalarining she’riy misralar boshida takrorlanishi tushuniladi. Epiforada esa misralar oxiridagi sо‘z yoki qо‘shimchalarning takrorlanishi nazarda tutiladi. Bularning bari matnning kompozitsion butunligi uchun xizmat qiladi. Takrorlar qо‘llanish о‘rniga kо‘ra gorizontal va vertikal takrorlarga bо‘linadi. Bunday takrorlar ayniqsa, she’riy matnlarda о‘ziga xos ohangdorlikni yuzaga keltiradi. Takrorlanuvchi birlikning qaysi turkumga mansubligiga kо‘ra ot takrori, sifat takrori, olmosh takrori, fe’l takrori kabilarga bо‘linadi. Sintaktik tabiatiga kо‘ra sо‘z birikmasi takrori va jumla takrori ham farqlanadi. Mazkur birliklarning joylashish tartibiga kо‘ra ham tasnif qilish mumkin: simmetrik takror va asimmetrik takror. Shuningdek, о‘rtadagi masofasiga kо‘ra ham guruhlashtirish mumkin: yaqin о‘rinli takror, uzoq о‘rinli takror. Badiiy asarlarda ma’lum bir fikrning turli shakllarda takrorlanishiga qarab mazmuniy takror turini ham kuzatishimiz mumkin. Download 296.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling