O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti


Download 296.5 Kb.
bet13/22
Sana26.01.2023
Hajmi296.5 Kb.
#1124737
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
Badiiy matinning lisoniy tahlili

k=(a+c)+(a+d)
Bunday aloqani quyidagi leksik-grammatik vositalar yuzaga chiqaradi:

  1. Kesimlik shakllari yordamida birikish. Fe’l-kesimlarning bir xil zamonda shakllanganligi matn butunligini ta’minlaydigan vositalardan hisoblanadi.

Olimlar hisoblab chiqishgan. Pushkin о‘z asarlarida 21 ming 197 ta betakror sо‘z ishlatgan. Shekspir salkam 20 mingta, Servantes 18 mingga yaqin, Alisher Navoiy esa 1 million 378 ming 660 ta sо‘z, shu jumladan 26 mingta betakror sо‘z ishlatgan. Boisi, buyuk bobomiz faqat turkiy emas, forsiy, arabiy, urdu, xitoy, mо‘g‘ul va boshqa tillardagi sо‘zlardan ham mahorat bilan foydalangan (О‘. Hoshimov).


2. Olmoshlar yordamida birikish. Bunda matnning birinchi komponenti tarkibidagi ot, sifat, son turkumidagi sо‘zning keyingi komponentlarda olmosh sо‘zlar bilan almashtirilishi tushuniladi.
Muhammad Rahimxonning Tozabog‘dagi sayrgoh bog‘i. Uning bir chekkasidan ikkinchi chekkasigacha aylanib chiqish amri mahol, kishi charchab qoladi. Katta hovlining orqasida qirg‘oqlariga marmar о‘rnatilgan xon hovuz. Undagi zog‘ora baliq, chо‘rtan baliq, laqqa baliqlar goh suv yuziga chiqib tashlangan nonlarni yer, goh biltanglab о‘ynab shо‘ng‘ib ketardi. Hovuzning tо‘rt tomonida yо‘g‘on – yо‘g‘on qayrag‘ochlar, tanalari qulochga sig‘maydi. Xorazmda hovuz desa, darhol kо‘z oldingga katta – katta gujumlar – qayrag‘ochlar keladi. Bu daraxtlar gо‘yo azamat dubni eslatadi. Hovuz labiga husn berib turganlar ham о‘shalar. Ularning kichkina – kichkina barglari orasidan quyosh nurlari mо‘ralaydi. Ammo ular quyosh haroratini о‘zida singdirib, pastga tanga – tangaday oq shu’lalarini tushirardi. Ular kishiga orom beradi. (J.Sharipov)
Ushbu matn tarkibidagi komponentlar zanjirli aloqa usulida munosabatga kirishgan. Dastlabki komponentda bog‘ va uning kimga qarashli ekanligi haqidagi axborot keltiriladi. Keyin о‘sha bog‘ning kattaligi va hovuz haqidagi informatsiY. Hovuz ichi va atrofi tasviri. Daraxtlar va ular bilan bog‘liq tafsilotlar. Mazkur tasvirdan butun-bо‘lak munosabati anglashiladi. Zanjirli aloqani quyidagi sо‘z va shakllar ta’minlaydi: bog‘ uning, hovuz undagi, gujumlar-qayrag‘ochlar bu, о‘shalar, ularning, ular, ular. Kо‘rinadiki, olmoshlar о‘zidan oldin kelgan gaplardagi ot turkumiga mansub sо‘zlarning о‘rniga qо‘llangan va matn komponentlari о‘rtasidagi aloqadorlikni mustahkamlashtirgan. Hamda ayni sо‘z takrori bilan yuzaga chiqadigan uslubiy g‘alizlik oldi olingan.



Download 296.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling