O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti
Download 296.5 Kb.
|
Badiiy matinning lisoniy tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Qahramon-hikoyachi nutqi.
1. Muallif-hikoyachi nutqi. Bunda asar voqealarini sо‘zlab beruvchi odam yozuvchining о‘zi bо‘ladi. Peyzaj tasviri va qahramonlar qiyofasi, fe’l-atvori, ularning ruhiy holati, ma’naviy takomili hamda ularning ongida rо‘y bergan о‘zgarishlar muallif-hikoyachi nutqida xolis bayon shaklida keltiriladi. Badiiy asar tilining qiziqarli, ta’sirchan bо‘lishi til birliklarining tо‘g‘ri tanlanishi, matn mazmuniga mos kelishi muallif-hikoyachi nutqiga bog‘liq. Muallif-hikoyachi nutqida voqelikni tashqaridan kuzatish, tasvirlanayotgan voqea-hodisalarga о‘z munosabatini oshkora yoki yashirin bildirish tarzi sezilib turadi. Agar muallif qahramonga nisbatan ijobiy munosabatda bо‘lsa, tasvirda unga nisbatan muallif-hikoyachi xayrixohligini sezib turamiz.
Saratonning ikkinchi kuni… Marg‘ilonning shimolida bо‘lg‘an B… mahallasining kunchiqar tomonida janubga qarab burulg‘on tor kо‘chaning yuqorig‘i burchagida otining tizginini ushlagani holda bir yigit kiyimiga о‘lturgan chang-tо‘zonlarni qoqar edi. Yigitning uzoqqina yо‘ldan kelganligi, uning kiprik va qoshlarig‘a, ham endigina chiqa boshlag‘an soqol-murtlariga о‘lturg‘an tо‘zonlardan bilgulik edi. Yigirma ikki yoshlar chamasida bо‘lg‘an bu yigit sariq tanlik, ukkining kо‘zidek chaqchayib, о‘ynab va yonib turg‘an qizil kо‘zlik, yuziga parchinlangandek yuza (puchuq) burunlik, manglayi qancha tashqarig‘a о‘sib chiqg‘an bо‘lsa, yuzi о‘shancha ichkariga ketkan, qisqasi vaqtsizroq yaratilib qolg‘on bir mahluq edi. (A.Qodiriy) 2. Qahramon-hikoyachi nutqi. Ayrim asarlarda yozuvchi asar voqeasini atayin qahramonga hikoya qildiradi. Masalan, voqealar G‘afur G‘ulomning «Yodgor» qissasida Jо‘ra tilidan, Asqad Muxtorning «Davr mening taqdirimda» romanida Ahmadjon tilidan, О‘tkir Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar» romanida Rustam tilidan hikoya qilinganligini kuzatishimiz mumkin. Buni yozuvchining badiiy-estetik niyati bilan bog‘liq ehtiyojdan kelib chiqqan desak adashmagan bо‘lamiz. «Chunki har bir inson dunyoni о‘z kо‘zi bilan kо‘radi, fikrlaydi, tahlil qiladi, baholaydi. Yozuvchi uchun esa о‘z qahramoni haqida uning qanday ekanligini aytishdan kо‘ra, qandayligini kо‘rsata olish, kо‘rsatganda ham personajning xatti-harakati, о‘z xayollari, dunyoqarashi, atrofdagilarga bо‘lgan munosabatida namoyon qila olish, ya’ni uni tо‘laligicha aks ettira olish katta yutuqdir. Shu bilan birga kitobxon uchun ham о‘zinikiga aylanib qolgan personajning ruhiy holatlarini, ichki kechinmalarini «eshitgandan» kо‘ra «kо‘rish» maroqliroq, tushunarliroq bо‘ladi».41 Download 296.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling