O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalishi 301 guruh talabasi kurs ishi mavzu
Download 280.25 Kb.
|
Badiiy asarda qo‘llanilgan tarixiy so‘zlar semantikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lug‘atshunoslik tarixidan.
Maxsus lug‘atlar biror soha yoki ma’lum bir qatlamga oid so‘zlar bilan cheklangan bo‘ladi. Bu cheklanish ularning nomlanishida ham o‘z aksini topadi. Masalan: «O‘zbek tili morfem lug‘ati» (T.,1977.), «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati» (T., 1974.), «O‘zbek tili omonimlarining izohli lug‘ati» (T.,1984.), «O‘zbek tili antonimlarining izohli lug‘ati» (T.,1980.), «Siyosiy terminlarning izohli lug‘ati», «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati» shular jumlasidandir
Lug‘atshunoslik tarixidan. Barcha turkiy xalqlar kabi o‘zbek xalqining ham lug‘atshunoslik bilan bog‘liq tarixining dastlabki bosqichi Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari bilan bog‘lanadi. Uning to‘liq ism-sharifi Mahmud Ibn-ul Husayn Ibn Muhammad-al-Koshg‘ariy bo‘lib (tavallud sanasi aniq emas), «Devonu lug‘otit turk» asari hijriy 469, melodiy 1076-1077- yil yozilgan. Asarning yagona qo‘lyozma nusxasi 1914-yilda Turkiyaning Diyorbakir shahridan topilgan va u hozirgacha Istambulda saqlanadi. Bundan tashqari alloma tomonidan turkiy tillar sintaksisiga doir «Javohirun nahv fil lug‘otit turk» asari yaratilganligi haqida ham ma’lumotlar mavjud. Biroq bu asar bizgacha yetib kelmagan. «Devonu lug‘otit turk», dastlab, 1915-1917 yillarda uch tomlik kitob holida Istambulda, keyinchalik, ya’ni 1928 yilda esa sharqshunos Brokkelman tomonidan nemis tiliga tarjima qilinib Leypsikda nashr qilingan. «Devonu lug‘otit turk» asari 1960-1963 yillarda taniqli sharqshunos olim Solih Mutallibov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilinib, Toshkentda nashr etilgan. «Devonu lug‘otit turk» asari faqat leksikografik tadqiqot bo‘lib qolmay, unda qadimgi turkiylar tilning fonetik-fonologik, leksik-semantik, lingvogeografik, dialektologik xususiyatlari haqida ham qimmatli ma’lumotlar mavjud. Shu bois Mahmud Koshg‘ariy turkiyshunoslikning sanab o‘tilgan sohalarining asoschisi sanaladi.Zamahshariy hijriy 467, melodiy 1045 yilning 19 martida Xorazmning Zamahshar qishlog‘ida tavallud topgan. Abulqosim Mah-mud Zamahshariy taxallusi bilan arab tilida tilshunoslik, adabiyot-shunoslik, geografiya, hadis va diniy huquq kabi fanlarga doir ellikdan ortiq asar yaratib qoldirgan. Ayniqsa, uning «Al- mufassal fi sa’at il-i’rob», «Fleksiya san’ati haqida mufassal kitob» ma’nosini bildirib, bu asar (1121 yil Makka shahrida yozilgan) arab tilining grammatikasini o‘rganishda muhim qo‘llanma sifatida sharq va g‘arbda mashhur bo‘l-gan. Zamahshariyning xorazmshoh Alouddavla Abdulmuzaffar Otsiz sharafiga bag‘ishlab 1137 yilda yozilgan «Muqaddimat-ul adab» (Adabiyotga kirish) asari, garchi adabiyotshunoslikka doir bo‘lsa ham, tilshunoslikning morfologiya, leksikologiya va leksikografiya sohalariga daxldor qimmatli amaliy va nazariy mulohazalar mavjud. Zotan, besh qismdan tashkil topgan bu asarda otlar, fe’llar, bog‘lovchilar, otlarning turlanishi, fe’llarning tuslanishi kabi masalalar xususida bahs yuritilgani holda, o‘sha davr arab tilining iste’molda bo‘lgan barcha so‘zlari, iboralari ham o‘z aksini topadi. Bu so‘zlaning ma’nolari va etimologiya-si yetarli darajada keng sharhlanadi. «Muqaddimat-ul adab» fors, chig‘atoy(eski o‘zbek), mo‘g‘ul va turk tillariga tarjima qilingan bo‘lib, manbalarda qayd etilishicha, uning chig‘atoy tiliga tarjimasi Zamah-shariyning o‘zi tomonidan amalga oshirilgan. Zamahshariyning bilim-don, zukko allomaligi unga hayotligidayoq butun musulmon Sharqida katta shuhrat keltirgan. Shu bois alloma chuqur hurmat bilan «Arablar va g‘ayri arablarning ustozi», «Xorazm faxri» kabi sharafli nomlar bilan ulug‘langan. Download 280.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling