O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalishi 301 guruh talabasi kurs ishi mavzu


Download 280.25 Kb.
bet6/9
Sana29.01.2023
Hajmi280.25 Kb.
#1139245
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Badiiy asarda qo‘llanilgan tarixiy so‘zlar semantikasi

Lug‘at va uning turlari. Lug‘at ma’lum bir tildagi so‘zlarning barchasini yoki aksariyat qismini jamlab, ularning ma’nolarini izohlash, imlosi va talaffuzini ko‘rsatish, so‘z ma’nosini bir tildan ikkinchi tilga o‘girish kabi maqsadlarda tuziladigan kitobdir. Lug‘atlar maqsad va vazifasiga ko‘ra, odatda, ikki turli bo‘ladi: 1) qomusiy (ensiklopedik) lug‘atlar; 2) lingvistik (filologik) lug‘atlar.
Qomusiy lug‘atlar tushuncha va ma’lumotlar so‘zligi bo‘lib, ularda turli ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-texnik, adabiy-badiiy, tarixiy voqea-lar haqidagi tushunchalar hamda ishlab chiqarishning turli sohalari, borliqdagi narsa va hodisalar, taniqli fan, san’at, madaniyat, davlat arboblari haqidagi ma’lumotlar beriladi. Masalan, «O‘zbek milliy ensiklopediyasi», «Salomatlik ensiklopediyasi», «Uy-ro‘zg‘or ensiklo-pediyasi» shular jumlasidandir.

Lingvistik lug‘atlar. Bunday lug‘atlarda lug‘aviy birliklar tilshunoslik nuqtai nazaridan izohlanadi. Ular tilshunoslikning ma’lum bir sohasiga yoki barcha sohasiga tegishli ekanligi bilan, dastlab, maxsus va umumiy lug‘atlarga ajratiladi.
Umumiy lug‘atlarda adabiy tilning barcha soha va qatlamiga oid so‘zlar aks etadi. Shu bois bunday lug‘atlarning nomlanishi ham biror soha yoki so‘z qatlami nomi bilan cheklanmaydi. Masalan: 65 ming so‘zni o‘z ichiga olgan, ikki jilddan iborat «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» (M., 1981.) , «O‘zbek tilining imlo lug‘ati» (T., 1976.), «O‘zbek tilining orfoepik lug‘ati» (T., 1977.), «O‘zbek tilining qisqacha etimologik lug‘ati» (T.,2000) kabilar shular jumlasidandir.
Umumiy lug‘atlar bir yoki ikki tilliligi bilan ham farqlanadi. Xususan, yuqorida sanab o‘tilgan lug‘atlar bir tilli lug‘atlar hisoblanadi. Ikki tilli lug‘atlar tarjima lug‘atlardir. Chunki bunday lug‘atlarda o‘zbekcha so‘zlarning muayyan tildagi muqobillari yoki aksincha xorijiy tildagi so‘zlarning o‘zbek tilidagi muqobili tarjima asosida ko‘rsatiladi. Masalan: «Nemischa-o‘zbekcha lug‘at», «Inglizcha-o‘zbekcha lug‘at», «Fransuzcha-o‘zbekcha lug‘at», «O‘zbekcha-ruscha lug‘at», «O‘zbekcha-fransuzcha lug‘at», «O‘zbekcha-inglizcha lug‘at» kabilar. Mustaqillikdan so‘ng xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarning tobora rivojlanib borayotganligi sababli ikki tilli lug‘atlar dunyodagi boshqa milliy tillar asosida ham tuzilmoqda.

Download 280.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling