2.4 Neft sikloalkanlari
Molekulasida uglerod atomi 5 – 6 ta bo‘lgan monosiklik sikloalkanlar asosan qaynashning boshlanishi (QB) - 1250C bo‘lgan neft fraksiyasida yig‘ilgan bo‘ladi. Sikloalkanlar ikki xil guruhga bo‘linishi mumkin:
1. Monosiklik sikloalkanlar.
2. Polisiklik sikloalkanlar.
Neftning tarkibida 25 dan to 75% (mass.) gacha sikloalkanlar bo‘lishi mumkin.
Neft fraksiyalarga ajratilganda sikloalkanlar distillat tarkibida bo‘ladi.
Monosiklik sikloalkanlar asosan siklopentanlar va siklogeksanlardan iborat bo‘ladi.
Polisiklik sikloalkanlar quyidagi tip tuzilishlarga ega bo‘lishi mumkin:
a) kondensirlangan yadroli
b) o‘zaro birikkan (bisiklogeksan)
d) o‘zaro ko‘prik bog‘ hosil qilgan sikloalkanlar (norbornan)
e) spiran birikmalar
f) uchsiklik uglevodorodlar
adamantan (uchsiklo [3.3.1.1] - dekan)
g) pergidro aromatik uglevodorodlar
Neft tarkibida bulardan murakkabroq tuzilishga ega bo‘lgan sikloalkanlar kuzatilmagan. Sikloalkanlarda esa quyidagi xususiyatlar mujassamlashgan:
- molekulalarning geometrik izomeriyasi;
- neftni qayta ishlash jarayonlarida ularning tuzilishining
o‘zgarishi reaksiyalariga qobiliyati;
- yoqilg‘i va moy distillatlarining sifatiga ijobiy ta’siri;
- tuzilishi bilan neft metamorfizmi va genezisi oralig‘idagi
bog‘liqlik.
Gaz kondensati va quyi fraksiyalardagi sikloalkanlarning fizik xossalari
Neft va uning fraksiyalarida sikloalkanlarning tarqalish qonuniyati o‘rganilgan. Quyidagi jadvalda gaz kondensati va (neftni) yengil fraksiyalari uglevodorodlarining guruh tarkibi berilgan.
1-jadval
Gaz kondensati va neftning yengil fraksiyalari uglevodorodlarining guruh tarkibi (QB-1250C, % da)
Do'stlaringiz bilan baham: |