O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


II bob. Sinf rahbarining shaxs va jamoani o‘rganish metodikasi


Download 197.5 Kb.
bet2/13
Sana18.06.2023
Hajmi197.5 Kb.
#1570315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abdurasulov Jahongir

II bob. Sinf rahbarining shaxs va jamoani o‘rganish metodikasi
2.1. Sinf jamoasini tashkil etish va tarbiyalashga qo‘yilgan talablar
2.2. Sinf jamoasini tashkil etish va tarbiyalash ishini rejalashtirish
2.3. Sinf jamoasi bilan ishlash va unga rahbarlik qilish
2.4. Sinf rahbarining o‘quvchi shaxsi va jamoani o‘rganishdagi mahorati

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Ilovalar
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Sinf rahbarining shaxs va jamoani o‘rganishi va boshqarishi eng muhim masalalardan hisoblanadi. Sinf rahbari ishida o‘quvchilar jamoasini shakllantirish markaziy vazifa hisoblanadi, chunki jamoada shaxsni tarbiyalash - tarbiyaning etakchi maqsadidir. Bolalar jamoasini shakllantirish metodikasi hozirgi kunda ancha to‘liq va mukammal ishlab chiqilgan. Bu metodikaning umumiy asoslari pedagogika kursida bayon etilgan, jamoa va jamoada shaxsni tarbiyalash nazariyasiga tayanadi. Jamoa nazariyasi qoidalariga muvofiq uni yaratish metodikasi ishlab chiqilgan. Uning umumiy asoslari quyidagilardan iborat: talablar qo‘yish, faollarni aniqlash, o‘quv mehnat, ijtimoiy siyosiy va ommaviy madaniy faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish, sog‘lom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy an’analarni yaratish va ko‘paytirish. Ta’riflangan bu qoidalar har qanday jamoa (maktab, sinf jamoasi, maktabdan tashqari bolalar birlashmasi va hokazolar)ni shakllantirish va rivojlantirish uchun qo‘llanma bo‘lib hisoblanadi. Bolalarning jamoa tuzish normalari va qoidalarining, intizomning buzilishiga munosabatlarini kuzatib, jamoaning tashkiliy tuzulishi ta’sirchanligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Jamoa rivojlanishining dastlabki bosqichlarida bolalar tarqoq bo‘lib, ularda yakdil fikr va sinf rahbari tayanishi mumkin bo‘lgan ta’sirchan faollar bo‘lmaydi. Shuning uchun jamoada salbiy hodisalar ochiq muhokama qilinmaydi va mustaqil jamoa qarori qabul qilinmaydi. Agar jamoa rivojlanishning 2-chi bosqichida bщlsa, nomigagina emas balki harakatlarini qo‘llab- quvvatlaydigan haqiqiy harakat qiluvchi faollar bo‘lsa, uning ayrim o‘quvchilar va jamoa oldiga muayyan talablar qo‘yishini kuzatish mumkin. Demak, sinf rahbari ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olishida shaxs, jamoa kabi tushunchalarni to‘liq o‘zlashtirgan bo‘lishlari shart. Bu kurs ishi mavzusining dolzarbligini bildiradi.

Download 197.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling