O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Download 197.5 Kb.
bet6/13
Sana18.06.2023
Hajmi197.5 Kb.
#1570315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abdurasulov Jahongir

Jamoa shakllanish bosqichlari. Jamoaning rivojlanish darajasini belgilash metodikasi ko‘p. Uning mohiyati u yoki bu rivojlanish darajasidagi jamoa normativ ta’rifini aniq jamoa ta’rifi bilan taqqoslashdan iboratdir ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadning, pedagoglar bilan o‘quvchilarning birgalikdagi har tomonlama sobitqadam faoliyatining, o‘zaro mas’uliyatli munosabatlarning mavjudligi, o‘z-o‘zini boshqarish organlarining faoliyati va xokazo.
O‘quvchilarning jamoa turmush normalari va qoidalarining, intizomning buzilishiga munosabatlarini kuzatib, jamoaning tashkiliy tuzilishi ta’sirchanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Jamoa rivojlanishining dastlabki bosqichida o‘quvchilar tarqoq bo‘lib, ularda yakdil fikr va sinf rahbari tayanishi mumkin bo‘lgan ta’sirchan faollar bo‘lmaydi. Shuning uchun bunday jamoada salbiy xodisalar ochiq muhokama qilinmaydi, mustaqil jamoa qarori qabul qilinmaydi va hokazo. Agar jamoa rivojlashishning ikkinchi bosqichida bo‘lsa, nomigagina emas, balki pedagogning harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydigan haqiqiy harakat qiluvchn faollar bo‘lsa, uning ayrim o‘quvchilar va jamoa oldiga muayyan talablar qo’yishini kuzatish mumkin. Jamoaning rivojlanish darajasidan dalolat beradigan muhim belgilardan biri — o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatga ishtiyoqi chiqindi qog‘oz yoki metallom to’plash, kechaga tayyorgarlik korish kabi ta’lim muassasalari tajribasida muntazam uchrab turadigan ishlarda ko’zga tashlanadi.
Sinf rahbari jamoaning rivojlanish darajasini belgilash uchun o‘quvchilarda ularning hozirgi va bo‘lajak xayotlarida ijtimoiy ahamiyatga molik maqsadlari mavjudligini bilishi muhim, ya’ni jamoaning hayotiy faoliyati istiqbollarini barcha yoki ayrim o‘quvchilar qabul qilishini va bu istikbollarning xususiyati qandayligini bilib olish zarur. Agar bo’lajak shanbalik yoki bayram kechasi o‘quvchilar uchun faoliyatga undovchi voqea bo‘lsa va bu yaqin istiqbol faqat ayrim o‘quvchilar va faollar uchun ahamiyatli bo‘lsa, jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi haqida gapirish mumkin.1 Jamoaning rivojlanish darajasini aniqlashda o‘quvchilarning fakat sinfdan tashkari faoliyatida namoyon buladigan munosabatlarni ta’lil etish bilangina cheklanib bo’lmaydi. Sinf rahbari ishining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u oddiy o‘quvchilar jamoasini emas, balki o‘quvchilar jamoasini shakllantiradi. o‘quvchilarning asosiy vazifasi o’qishdan iborat. Shuning uchun sinf rahbari dastavval o‘quvchilarning o’qishga qanday munosabatda ekanliklarini, o’zlarini darsda qanday tutishlarini, uy vazifalarini sidkidildan bajarishlari yoki bajarmasliklarini aniqlaydi.
Va, nihoyat, eng muhimi — ularning o’qishdagi mo’ljallari nimalardan iborat, bu mo’ljallar ijtimoiy mohiyatga molik yoki molik emasligi hisoblanadi. 5- sinfda shpargalkalar, aytib turishlar, ko’chirib yozishlar avj olgan edi, o‘quvchilar buni tan olishdan ham uyalishmas, bunday holni o’ziga xos do’stlik, jamoatchilik deb hisoblashardi. Anketa savollariga javob olishda «Sen shpargalkaga qanday munosabatdasan?» degan savolga faqat bir o‘quvchi — Madina bunday deb yozdi: «Aytib turishni va aytib turishdan foydalanishni o’zimga ep ko’rmayman». Anketa savollarga javob qaytarish natijalarini muhokama qilish chog’ida ko’pchilik Madinaning tutgan qat’iy yo’lidan g’azablanishdi: «Qaranglar, qaday mag’rurlanib ketib-di! Qadr-qimmat bizda ham bor, lekin u algebra bo’yicha kontrol ishga nisbatan ancha muhimroq, ishlarda namoyon bo’ladi».
Sinf rahbariga bu sinfda ishlash juda qiyin edi. Bu erda ko’pgina qobiliyatli va yaxshi o’zlashtiradigan, ayni paytda qoloq o’qishda juda katta qiyinchiliklarga duch kelayotgan o‘quvchilar ham bor edi. Darsdan tashqari paytlarda turli tadbirlar — kechalar, uchrashuvlar, ekskursiyalar o’tkazilardi. Lekin bularning hammasi eng muhim narsaga — o‘quvchilarning ta’lim jarayoniga munosabatiga va bu jarayondagi o’zaro munosabatiga ta’sir ko’rsatmasdi. Ko’pchilik o‘quvchilar o‘qish — hap bir kishining shaxsiy ishi, degan prinsipga amal qilardi.
Yuqorida bayon etilgan vaziyat sinf jamoasi rivojlanish darajasining pastligidan dalolat beradi.

Download 197.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling