O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Sinf jamoasini o‘rganish va uni dasturini ishlab chiqish


Download 197.5 Kb.
bet8/13
Sana18.06.2023
Hajmi197.5 Kb.
#1570315
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Abdurasulov Jahongir

Sinf jamoasini o‘rganish va uni dasturini ishlab chiqish
1. O‘quvchilar to‘g‘risida umumiy ma’lumot
* o‘quvchi qaerda yashaydi;
* ota-onasini kasbi va ish joyi;
* oila axzolari va ularnin moddiy ta’minlanganligi;
* oilada ota-onasining o‘zaro munosabati;
* o‘quvchi rejimi;
* oilaning xo‘jalik ishlarida o‘quvchining ishtiroki;
* o‘quvchining hayotida eng muhim voqealar;
* o‘quvchi sog‘ligi to‘g‘risida ma’lumot
2. Yoshlar taraqqiyotining umumiy holati
* umumiy taraqqiyot ( nutq madaniyati, dunyoqarash, harakteri, kino, teatr, muzey, stadionlarga borish);
* o‘qishga bo‘lgan munosabati;
* o‘quvchining davomati;
* o‘quvchining jismoniy mehnatga munosabati;
* o‘quvchining intizomi, xulqi, tirishqoqligi;
* o‘quvchining qiziqishi (o‘qishga, sportga).
3. O‘quvchining jamoat ishlariga ishtiroki
* sinfning jamoat hayotida ishtirok qilish;
* jamoat ishlarining bajarilishi harakteri;
* o‘quvchining sinfda obro‘i va mavqei.
4. O‘quvchi shaxsining asosiy xususiyatlari
* jamoatchilik, dunyoqarash;
* o‘quvchining madaniy sifatlari, Vatanni sevish, do‘stlik, insoniylik, baynalminallik;
* irodalik harakteri va xususiyatlari ( maqsadi bo‘lish, faollik, botirlik, tashkilotchilik, mustaqillik, intizomlilik, mardlik, kamtarlik va hokazo);
* o‘quvchi mijozining xususiyatlari va uning ruhiy jarayoni (nutq, diqqat,xotira, xayol, ruhiy holatlar).
5. O‘quvchini o‘rganish asosida sinf rahbari quyidagi choratadbirlarni tuzadi.
* o‘quvchilarni qaysi sifatlarini tarbiyalab rivojlantirish lozim;
* o‘quvchi axloqidagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun nimalar qilish kerak; V. Sinf jamoasini o‘rganishining namunaviy dasturi
1. Sinf hayoti.
* sinfdagi o‘quvchilarning yoshi, ruhiy, fiziologik va gigyonik holatlari;
* o‘quvchilarning shaxsiy taraqqiyoti, Ma’rifatlilik jihatlari;
* sinfdagi jamoatchilik ishlari.
2. Sinfning hamjihatliligi va uyushqoqligi.
* o‘quvchilarning o‘zaro munosabati;
* o‘quvchilarning birgalikda mehnat qilishlari va uning vaqti;
* qizlar va ug‘il bolalarning do‘stligi hamda hamfikrligi;
* jamoa axzolarini himoya qilish;
* yutuq va muvaffaqiyatsizligini anglay bilish;
* maktab tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlarda sinf o‘quvchilarining ishtiroqi;
* millatlararo munosabat.
3. Sinfning tashkilotchiligi.
* jamoa bo‘lib qiladigan ishlarni o‘quvchilar o‘zlari mustaqil ravishda qila oladilarmi yoki yuqmi;
* vazifa topshiriqlarni o‘quvchilar o‘zaro taqsimlay oladilarmi, yuqmi;
* o‘quvchilarning sinf majlisida qabul qilingan qarorlarga itoat qiladilarmi yoki yuqmi.
4. Sinfda hamkorlik.
* o‘quvchilar o‘z o‘rtoqlarining qaysi odatlarini maxqul ko‘radilar va qaysi nomaxqul deb hisoblaydilar;
* rag‘batlantirish va chora ko‘rishni o‘quvchilar qanday tushunadilar;
* sinfda qabul qilingan chora-tadbirlarni amaliyotda qo‘llash orasida farq bormi;
* sinfda tanqid va o‘z-o‘zini tanqid qilish mavjudmi.
5. Sinfda do‘stlik aloqalarining harakteri.
* o‘quvchilarning maktab va undan tashqarida o‘zaro do‘stlik munosabatlari qanday;
* o‘quvchilar bir-biriga nisbatan sezgirlik, kuzatuvchanlik xususiyatlariga egami;
* o‘rtoqlariga nisbatan o‘quvchichanligi;
* o‘rtoqlarining kamchiliklarini ko‘ra biladimi, yuqmi;
* sinfning a’lochilar, zukko, ishbilarmon o‘quvchilarning darsdan ketib qoladigan, o‘zlashtirmoqchi o‘quvchilarga munosabatlari qanday;
* jismoniy jihatdanzaif bo‘lgan bolalarga qanday yordamlar beriladi,
6. Sinf faollari.
* faollar hayati;
* ularning sinfdagi obro‘lari;
* faollarning o‘rtoqlariga nisbatan munosabatlari;
* faollar sinfdan ajratib turadilarmi, sinfdagilar ularni hurmat qiladilarmi yoki yuqmi.
7. Sinfning maktab bilan aloqasi.
* maktabda bo‘lgan hodisalardan, boshqa sinflardan sinfning xabari bormi;
* maktabning yaxshi yo‘lga qo‘yilishi uchun sinf o‘quvchilari takliflar kiritib turadilarmi;
* maktab talablarini sinf qanday bajaradi;
* sinfning boshqa sinf o‘quvchilari bilan kanday aloqasi bor;
* maktab tadbiriy choralarini rejalashtirishda sinf o‘quvchilari qanday ishtirok etadilar.
O‘quvchilar jamoasining yuqorida ko‘rsatilgan usullar bilan holatini o‘rganish o‘qituvchiga ko‘p imkoniyatlar beradi. Tajribali o‘qituvchilar hamma vaqt biror sinfning rahbarligini olishdan avval, oldin sinfni batafsil o‘rganadilar, bu esa keyinchalik sinf rahbariga vaqtni tejashga, aniq ish rejalarini tuzishda va o‘z faoliyatini o‘quv yili davomida belgilangan tarzda amalga oshirishga yordam beradi.

Download 197.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling