O’zbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi


Bu turkumlar boʻyicha jismoniy mashqlar besh guruhga taqsimlanadi


Download 351.63 Kb.
bet7/25
Sana18.06.2023
Hajmi351.63 Kb.
#1586582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
Aliakbarov.B - KURS ISH

Bu turkumlar boʻyicha jismoniy mashqlar besh guruhga taqsimlanadi.

  1. Sun’iy yaratilgan faoliyatlarda harakatlar xilma-xilligini tavsiflovchi gimnastika mashqlari, ularning samaradorligi organizmga, uning tuzilishiga ta’sir oʻtkazadi, shuningdek, barcha harakatlar koordinatsion murakkabligi va uygʻunligi bilan belgilanadi. Harakatlarning sogʻlomlashtiruvchi turlaridan tarkib topgan oʻyin mashqlari (yugurish, uloqtirish va h.k.) oʻzgaruvchan oʻyin vaziyatlari bilan muvofiqlikda turli xil variantlarda bajariladi va umuman organizmga ta’sir qilish samaradorligi boʻyicha va harakatning pirovard natijasi boʻyicha baholanadi. Sayohatdagi jismoniy mashqlarga yurish, yugurish, sakrash, toʻsiqlarni engish, changʻida yurish, velosipedda yurish, qayiqda suzish va boshqalar kiradi. Sogʻlomlashtiruvchi sharoitlarda yurish, yugurish, sakrash, toʻsiqlarni engib oʻtish, changʻida yurish, velosipedda yurish, qayiqni eshkak bilan eshish qoʻshilib, sayohatchi uchun jismoniy mashqlarni tashkil etadi. Ularning samaradorligi organizmga majmuali ta’sir oʻtkazish, joylardagi toʻsiqlar va masofani yengish natijasi bilan baholanadi.Sportdagi mashqlar maksimal sport natijalariga erishish uchun ixtisoslashtirish predmetidir va yagona sport turkumlari bilan muvofiqlikda sun’iy standartlashtirilgan oxirgi guruhga, agar ularga qayd qilingan belgilar tegishli boʻlsa, birinchi uchala guruh kiritilishi mumkin boʻladi sport gimnastika mashqi, sport oʻyin mashqi, sport sayohatchi mashqi. Ushbu turkumlarning shartliligi bu guruh mashqlarini tavsiflovchi belgilar tafovutida koʻrinadi.

Shuning uchun masalan, yugurish, garchi toʻrttala guruhda turli variantlarda ifodalangan boʻlsa ham, shunga oʻxshash turkumlar jismoniy mashqlarning faqat umumiy moʻljalida berilgan.
2. Mushak faoliyatining belgilari boʻyicha beriladigan jismoniy mashqlar turkumi (harakat sifatlarining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi belgilar boʻyicha). Tezlik-kuch mashqlari shugʻullanuvchidan nisbatan qisqa vaqt ichida maksimal harakat qilishni talab etadi (masalan: qisqa masofaga yugurish, sakrashlar); chidamlilik namoyon qilishni talab qiluvchi jismoniy mashqlar (masalan, uzoq masofalarga yugurish, changʻida yurish va b.). Oʻzgaruvchan sharoitlarga muvofiq zoʻr berish darajalarini muntazam almashtiruvchi, harakatlantiruvchi sifatlarni namoyon qilish majmuasini talab etuvchi jismoniy mashqlar (oʻyinlar, yakkama-yakka kurashish). Bu turkumning shartliligi bir tomondan, jismoniy mashqni tanlab olishga imkon beradi. Uning yordami bilan harakat sifatlarining rivojlanishiga samarali erishish mumkin. Ikkinchi tomondan, u yoki bu xususiyatli mashqni muvaffaqiyatli bajarish uchun qaysi zaruriy sifatga ega boʻlishni bilish.
3. Ilmiylik vazifasini yechish uchun ularning ahamiyati boʻyicha jismoniy mashqlar turkumlari. Ushbu turkumlarning shartliligi shundan iboratki, unda harakat koʻnikmasi, koʻnikmani shakllantirishga va harakat sifatlarining rivojlanishiga qaratilgan mashqlar sun’iy ravishda ajratiladi, ayni bir vaqtda har ikkala jarayon ajralmasdir. Biroq bunday turkumlashning amaliy ma’nosi yoʻqolmaydi. U mashqni oʻrgatishning har bir bosqichida yetakchi vazifalarni yechish uchun tanlashga yordam beradi va koʻp darajada ularni yechishga koʻmaklashadi.
4. Asosan ayrim mushaklar guruhining rivojlanish belgilari boʻyicha jismoniy mashqlar turkumlari: yelka kamarida qoʻllar mushaklari uchun, boʻyin va gavda mushaklari uchun, bel va oyoqlar mushaklari uchun nazarda tutilgan. Bu turkum ichida mashq boldir-tovon mushagi uchun, tizza mushagi uchun va hokazolarga boʻlinadi; tikka turib, oʻtirib, yotib, individual va juft boʻlib, predmetlar bilan va predmetlarsiz bajariladigan mashqlarda jismoniy sifatlarning rivojlanishi uchun beriladigan mashqlar.
5. Sport turlari boʻyicha jismoniy mashqlar turkumlari. Sportning har bir turi oʻziga xos mashqlar turkumlariga ega. Pedagogik turkumlashdan tashqari biomexanikada (statik, dinamik, siklli, siklli, kombinatsiyalashtirilgan va boshqa jismoniy mashqlar) mashqlarga, fiziologiyada esa turli kuch bilan (maksimal, submaksimal, katta va moʻtadil quvvatli) bajariladigan mashqlarga boʻlish qabul qilingan.

Download 351.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling