O’zbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi
Jismoniy tarbiyada sakrash metodikasini xronometraj
Download 351.63 Kb.
|
Aliakbarov.B - KURS ISH
2. Jismoniy tarbiyada sakrash metodikasini xronometraj
Pulsometriya tahlil etish. Jismoniy tarbiya darslari turli xil shakl va mazmunda bo‘ladi. Lekin ular bir-biri bilan o‘zviy bog‘liqdir. Dars tuzilish deganda 45-80 minut davomida muayyan mashqlarni tuzilishi va uni o‘rgatilishini tushuniladi. Jismoniy tarbiya darslari tuzilishi jihatidan 3 qismdan iborat. Ya’ni tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi qismlar. Dars qismlari o‘z ish shakli uslublariga qarab muhim vazifalarni hal etadi. Darsning turlari (tiplari) uning qo‘ygan vazifa va maqsadlariga bog‘liq bo‘ladi. Bular asosan kirish, yangi materialni o‘rganish, takrorlash, aralash va hisobga olish darslaridir. 142 Tajribalar, ilmiy tekshirish va izlanishlarning isbotlashicha, dars faqat bir xilda olib borilmasligi, o‘qituvchi o‘z imkon va sharoitlariga qarab uni doimo o‘zgartirib turishi, yangi elemetlar bilan to‘ldirib borishi zarur. Kirish darslari choraklarning boshlarida tashkil qilinib, bunda o‘qituvchi bolalar bilan nazariy mashg‘ulotlar, suhbatlar, savol-javoblar o‘tkazadi, aniq vazifalar belgilanadi, fizorg va guruh sardorlari saylanadi. Yangi materialni o‘rganish darslarda o‘qituvchilarga noma’lum bo‘lgan mashqlar o‘rganiladi, ularning bilim, tushuncha, harakat malakalarini oshirish. Bunda dastur materiallari, sport turlari bilan mashg‘ul bo‘ladi. Takrorlash darslarida o‘tgan materiallarni mukammallashtirish, dasturda belgilangan mashqlarni yaxshi o‘zlashtirish, “Alpomish va Barchinoy” me’yorlarni bajarish kabi vazifalar hal etiladi. Aralash darslarda esa sport turlari materiallarini qo‘shish orqali yangi materiallarni o‘rganish, takrorlash kabi vazifalarni birgalikda olib boradi. Hisobga olish darslari asosan har bir qism yoki turlarni tugatganda, choraklar oxirida materiallarni qanchalik o‘zlashtirilganligi hisobga olishdir. Bunday paytlarda mashqlarning boshqarish texnikasi, normasi baholanadi. Bunday vazifalarni ko‘proq sport musobaqalari formasida tavshkil qilish maqsadga muvofiqdir. Darslarning barcha turlarida gimnastika, yengil atletika (3-sinfdan boshlab), sport o‘yinlari, harakatli o‘yinlar, kurash, badiiy gimnastika kabi sport turlarining asosiy mazmuni va elementlari o‘tiladi. Download 351.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling