O’zbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi
Jismoniy tarbiya darslarida yuklama tanlash xususida qo‘ydagilarni qayd etish lozim
Download 351.63 Kb.
|
Aliakbarov.B - KURS ISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuklama miqdorini aniqlashda o‘quvchilarga defferensial yondoshish bo‘yicha uslubiy maslahatlar.
Jismoniy tarbiya darslarida yuklama tanlash xususida qo‘ydagilarni qayd etish lozim.
1. O‘quvchilarning jismoniy ish qobilyatini oshirish uchun, yuklamani darsdan darsga orttirib borish kerak. Agar bu amalga oshirilmasa, ish qobiliyati oldingi darajada qolish yoki pasayishi ham mumkin. 2. Bolalar bilan shug‘ullanayotganda og‘irlik hajmini ortishi, avvalo mashqlarni davom etishi, yugurish masofasi va vaqtini uzaytirish, mashqlar-sonini va takrorlanishini oshirish va h.k. hisobiga, keyinchalik esa jadallashtirish evaziga amalga oshiriladi. Boshqacha qilib aytganda, ekstensiv yuklamadan intensivlikka o‘tish yo‘li tavsiya etiladi. 3. Qator darslarda yuklamani jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash vazifalariga bog‘liq holda, to‘g‘ri chiziq asta-sekin, zinapoyasimon bosqichma-bosqich va to‘liqinsimon usullari yordamida oshirish mumkin. 4. Darsda, qator bajarilgan mashqlar yuklamasining yig‘indisi o‘quvchilarning ish qobiliyatiga, jismoniy va funksional tayyorgarligiga muvofiq ya’ni tabaqali bo‘lishi kerak. Ma’lumki, yetarli bo‘lmagan yuklamaning organizmga ta’siri befoyda, o‘ta kattasi esa ziyon. Shuning uchun pedagog o‘quvchilarning og‘irlikka nisbatan javob reaksiyalarini kuzatgan holda eng foydali, optimal darajadagi og‘irlikni izlashi lozim. Yuklama miqdorini aniqlashda o‘quvchilarga defferensial yondoshish bo‘yicha uslubiy maslahatlar. Agar darsda hamma o‘quvchilar bir xil topshiriqni bajarishlari lozim bulsa, yuklama ang avvalo, kuchsiz, nimjon o‘quvchilarga mo‘ljallanib tanlanishi kerakki, uni hamma bajara oladigan bo‘lsin. Amaliyotda darsning tayyorgarlik va yakunlovchi qismlarda shunday qilinadi; saf mashqlari, umumrivojlantiruvchi mashqlar, harakatli o‘yinlar va h.k. 2. Harakat texnikasini o‘rganish bosqichlarida va jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalashda yuklama tabaqalanishi kerak. Buni har xil variantlarda hal etish mumkin. Birinchi variant: sinf o‘quvchilariga joydan bir qo‘l bilan to‘pni savatga tashlash mashqi topshiriladi. Bir guruh o‘quvchilar bu topshiriqni o‘zlashtirib bo‘lganlaridan so‘ng, ularga endi to‘pni ikki qadamdan savatga tashlashdi mashq qilish tavsiya etiladi, o‘qituvchi esa oldingi vazifani o‘zlashtira olmagan o‘quvchilar bilan mashq qiladi. Yana bir misol, o‘quvchilarga 6 marta 6 metr yugurish topshirig‘i beriladi. Kim uni engil bajara olsa, yana 2-3 marta bajarishi mumkin. Ikkinchi variant hammaga bir xil topshiriq beriladi va kim qachon charchasa mashq; bajarishni tutatish mumkinligi e’lon qilinadi. Yana bir, misol, sport zali bo‘ylab yugurishda og‘irlikni qo‘yidagicha tabaqalash mumkin: tayyorgarligi yuqori bo‘lgan o‘quvchilar keng doirada, pastlari esa kattadan, taxminan, 1-1,5 m kichik doirada yugurish radiyalar. Katta doirada yugurayotganlardan kim charchasa, kichik doiraga o‘tishi mumkin. Jismoniy tarbiya darslarida pulsometriya olib borishdan asosiy maqsad, darsdagi yuklamani o‘quvchilarning yoshiga, tayyorgarligiga, mashg‘ulot utkaziladigan joyning sharoitiga muvofiqligini aniqlashdan iborat. Pulsometriya ma’lumotlarini to‘g‘ri taxlil qila bilish esa talabalarga keyinchalik o‘z harakatlarini obe’kti baholashga va sinf o‘quvchilariga yuklamalarni to‘g‘ri rejalashtirishga, boshkarish usullarini egallashga, yordam beradi. Kuzatuv sekundomer yordamida bir o‘quvchi ustida olib boriladi. Buning uchun hulqi yaxshi, o‘qituvchining topshiriqlarini faol va vijdonan bajaradigan o‘quvchi tanlab olinadi. Ushbu o‘quvchi kuzatuv obyekti haqida oldindan ogohlantirilishi kerak. Pulsni birinchi bor darsga qo‘ngiroq chalinishiga 5 minut qolganda o‘lchanadi. Bunda kuzatuvga, shug‘ullanuvchi o‘quvchining tinch holatda ya’ni uning puls ko‘rsatkichi normal holatda ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak. Puls – lotincha turtki – tomir urishi, yurak qisqarishi natijasida qon tomirlarining ritmik tebranishi: kengayib-torayishi demak. Sog‘lom kishilarda puls 1 minutda 60 marta tomir urishiga teng. Bolalarda kattalarga nisbatan puls ortiqroq, qiz bolalarda esa o‘g‘il bolalarga nisbatan bir muncha ortiqroq bo‘ladi. Puls asosan bilakning ichki yuzasida, bilak arteriyasi sohasida, aniqlanadi. Buning uchun tekshiruvchining bilagini bilakka usti bo‘g‘imi qismi qo‘l bilan shunday ushlash kerakki, bosh barmoq bilakning ikki tomonida, boshqa barmoqlar esa uning yuzidagi pulslanuvchi bilak arteriyachasining paypaslanuvchi terisini bosadigan bo‘lsin. Puls 10 sekund mobaynida o‘lchanadi. Pulsning birinchi bor o‘lchashda kuzatuvchi pulsining puls ko‘rsatkichi normal holatda bo‘lishiga erishish lozim. Buning uchun kuzatuvchi jismoniy tarbiya darsidan oldin bo‘lgan darsdan chiqishga qo‘ng‘iroq chalinishi bilan sinfga kirishi va kuzatuvchi o‘quvchining pulsini o‘lchab, pulsni hisobga olish protokoliga yozib qo‘yishi kerak. Tomir urishini o‘lchash keyingi oraliqlari bajariladigan ishning xarakteriga bog‘liq holda, har xil vaqtda amalga oshirilishi mumkin. Download 351.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling