O’zbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi


Olingan ma’lumotlarni hisoblash, egri chiziqli grafigini tuzish va ma’lumotlarning tahlili


Download 351.63 Kb.
bet17/25
Sana18.06.2023
Hajmi351.63 Kb.
#1586582
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
Aliakbarov.B - KURS ISH

Olingan ma’lumotlarni hisoblash, egri chiziqli grafigini tuzish va ma’lumotlarning tahlili.
Olingan ma’lumotlarni hisoblashda 10 sekunddagi tomir urishining natijasini oltiga ko‘paytirib, protokolning beshinchi grafasiga, oltinchi grafaga pulsning 1 foizlarda o‘zgarishi yoziladi. Bu quyidagicha amalga oshiriladi. Dastlabki, tinch holatda o‘lchangan puls 100 foiz deb olinadi. Ikkinchi marta o‘lchangan pulsning dastlabkisiga nisbatan necha foiz oshganligini aniqlash uchun proporstiya tuzilib, ishlanadi.
Masalan: protokoldagi tinch holatda o‘lchangan puls 1 minutda 90 marta ikkinchisi - 103 marta bo‘lsin. Shunga qarab proporstiya tuziladi. 90-100 foiz 103-X X=103x100/90= 114.4 foiz uchinchisi - 108 marta, yana proporstiya tuzamiz. 90-100 foiz X=108x100/90= 120 foiz va h.k. Navbatdagi vazifa bu olingan ma’lumotlar asosida tomir urishining egri chiziq grafigini tuzish.
Grafikning vertikal o‘qi tomir urishini absolyut ko‘rsatkichlari, gorizontal o‘qi bo‘yicha darsning 3 minutlik bo‘limlarida davom etish vaqti ko‘rsatiladi. Protokoldagi tomir urishi soni va vaqt ko‘rsatkichlaridan foydalanib, koordinatalardagi nuqtalar belgilanadi, shundan so‘ng shu nuqtalar birlashtirilib, kuzatish olib borilgan o‘quvchining dars davomidagi tomir urishining egri chizig‘i aniqlanadi. Keyingi bosqichda, yuqoridagi hujjatlarga asoslanib darsdagi og‘irlikning yozma tahlili bajariladi. Bunda quyidagilar yoritilishi kerak:
Darsning vazifalari, darsning turi, o‘quvchilarning darsgacha bo‘lgan faoliyati, dars davomida tomir urishining o‘zgarishi va uning sabablari, darsning ayrim momentlaridagi va butun dars davomidagi og‘irlikning maqsadga muvofiqligi.
Darsning oxirida tomir urishining soni va uning jismoniy darsdan keyin 5 minut davomida tiklanishi. Tahlilning yakunida kuzatuvchi o‘quvchilarni darsdagi yuklamasi bo‘yicha o‘zining mulohazalarini, takliflarini yozishi kerak.
Tomir urishini o‘lchash protokoli, tomir urishning egri chiziq grafigi va olingan ma’lumotlarning tahlili qo‘shilgan holda bir butun hujjatni tashkil etadi. To‘liq tugallangan hujjat kuzatuvchi tomonidan imzolanadi va darsni o‘tgan o‘qituvchiga tanishib chiqish uchun beriladi. U o‘z navbatida hujjat bilan tanishib, o‘zining mulohazalarini bildiradi va hujjatga imzo chekadi.

Darsda pulsometriya hujjatlarini tayyorlab borish namunasi sifatida O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida, yakka-kurash fakultetining talabasi D.D. tomonidan olinga hujjatlar ilova qilinadi.


2023-yil 10-mart 188-maktabning 3A-sinfida talaba D.D. tomonidan o‘tkazilgan jismoniy tarbiya darsi tomir urishni hisobga olish.
PROTOKOL
Darsda qatnashgan o‘quvchilarning soni: ______________________
Kuzatiluvchi o‘quvchining familiyasi: ______________________
Darsning vazifasi:

Download 351.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling