Jismoniy sifatlarni tarbiyalash uslubi.
1. Dars qismlarida o‘quvchilarda to‘g‘ri qad-qomatni shakllantirishga, to‘zatishga va takomillashtirishga qanday e’tibor berildi? Baho bering.
2. Jismoniy sifatlarni tarbiyalash ishlarining mazmuni: o‘quvchilarga qanday topshiriq berildi, jismoniy tarbiyaning qanday uslublari (qa’tiy tartiblashtirilgan mashq uslublari, o‘yin, musobaqa, aylanma mashq usullari va h.k.) qo‘llanildi, ularning iaqsadga muvofiqligi va shug‘ullanuvchilarning xususiyatlariga dars vazifalariga, dars o‘tkazish sharoitlariga va h.k muvofiqligi
3. Darsdagi yuklamani baholash, uning uning o‘quvchilar xususiyatlariga, dars vazifalariga, dars o‘tkazish sharoitlariga va h.k muvofiqligi, yuklamaning hajmini va shiddatini boshqarishda qo‘llanilgan uslubiy usullarni maqsadga muvofiqligi.
4. Dam olish uchun ajratilgan vaqt, uning qaytarilishi va davom etish.
Pedagogning tarbiyaviy ishlari.
O‘quvchilarning aqliy, estetik va mehnat tarbiyasi uchun nimalar qilindi va ular qanday amalga oshirildi.
Madaniy xulq malakalarini, intizomlilik, do‘stlik va o‘rtoqlik xissiyotlarini va h.k. tarbiyalash o‘quvchilarda mustaqillikni, mashqlarni o‘zi bajara olishini, fikrlash faolligini oshirishga qaratilgan uslubiy usullar qo‘llash Darsda muammo va ijodiy izlanish uchun sharoitlar yaratish, shug‘ullanuvchilarning kuzatishda va xatolarni to‘g‘irlashda, natijalarni baholashda qatnashishlari, O‘zaro o‘rgatish va tarbiyalashni tashkil etish; estetik hissiyotlarni tarbiyalash.
Pedagogning sinfni boshqara bilishi, o‘quvchilarda ongli munosabatlarni shakllantirishi, ularda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishga qiziqish uyg‘otish va h.k
Tahlil ahamiyatiga doir tavsiyalar.
Tayanib sakrash metodikasi tahlil qila bilish bo‘lajak pedagog uchun katta ahamiyatga ega, ya’ni u:
- O‘qituvchilarning amaliy ishlar bilan yaqindan tanishishga va o‘zlaridan tajribaliroq bo‘lgan hamkasblarining tanqidiy munosabatda bo‘lish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |