O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Download 125.25 Kb.
bet10/12
Sana19.06.2023
Hajmi125.25 Kb.
#1622516
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Jumanov Shavkat Kurs ishi111

XULOSA VA TAVSIYALAR
Xulosa o’rnida shuni takidlash kerakki Zamonaviy maugli sindromiga chalinish xolatlari kamdan kam uchraydigan xolat bo’lsada bugungi kunda ham uchrab turibdi.Maugli sindromi rivojlanishning sezgir davrlarida to’liq ijtimoiy-psixologik mahrumlik natijasidir. Muloqot, ta’lim va insoniy o’zaro munosabatlarning boshqa shakllarining etishmasligi aniq intellektual, hissiy va xulq-atvor nuqsoniga olib keladi. Rivojlanish davrlari tugaganidan keyin o’tkaziladigan pedagogik, tarbiyaviy, tuzatuvchi ta’sirlar samarasiz bo’lib chiqadi. Asosiy aqliy funktsiyalar 5 yoshgacha rivojlanadi, shuning uchun chaqaloq “yovvoyi” sharoitda bo’lgan vaqt qanchalik erta boshlangan bo’lsa, nuqson shunchalik aniq va doimiy bo’ladi.
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’ limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega.Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi.Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.Inson butun umri davomida o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga etadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo’lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o’ziga munosib o’rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi.Shaxsning fazilatlarini to’g’ri ko’rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o’rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.
Agar bola jamiyatdan ajralib qolsa unda nafaqat psixologik balki fiziologik buzulushlar ham vujudga keladi.Individ shaxs sifatida shakllanishi uchun unga biologik omillarning shu bilan bir qatorda sotsial omillarning ham o’rni beqiyos bola yoshligidan jamiyatdan tashqi dunyodan ajralib qolsa u shaxs sifatida to’liq shakllana olmaydi natijada unda Maugli sindromi kelib chiqadi.


Download 125.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling