O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi kurs ishi mavzu


Download 92.22 Kb.
bet1/8
Sana23.06.2023
Hajmi92.22 Kb.
#1652030
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bahodirova Zebiniso Bobur qizi. Kurs ishi



O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti

Boshlang’ich ta’lim fakulteti
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi

KURS ISHI
Mavzu: Sinf rahbarining tarbiyaviy soatlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rejalashtirish

Bajardi: Bahodirova Zebiniso
Ilmiy rahbar: Dotsent Xodiyeva Dilrabo


Toshkent-2021
Agar mendan “sizni nima qiynaydi?” deb so’rasangiz, “farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi” deb javob beraman.
Shavkat Mirziyoyev


Mundarija:
I.KIRISH
II.ASOSIY QISM
1.Sinf rahbari ma’naviy-ma’rifiy ishlarining o’quvchilar ma’naviy kamolotidagi o’rni.
2.Sinf rahbarining tarbiyaviy soatlar tashkil etish metodikasi.
3. O’quvchilarning kitobxonlik madaniyatini shakllantiruvchi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish.
III.XULOSA.
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
KIRISH
Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.”
Shavkat Mirziyoyev
Mustaqillikdan keyingi yillarda ma’naviyat masalasi, milliy o‘zlikni anglash masalalari davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan ekan bu sohaga alohida e’tibor talab etilmoqda. Milliy o‘zlikni anglash, milliy madaniy merosni tiklash, yoshlarni milliy g‘oya ruhida tarbiyalash vositalari xususida gap borar ekan, milliy-ma’rifiy ishlar, ularni yo‘lga qo’yish, o‘tkazish usullari alohida ahamiyat kasb etadi. Hоzirgi dаvrdа mаktаb vа uydаgi o’quv-tаrbiya ishlаrini аmаlgа оshirаyotgаn pеdаgоgik jаmоа оldigа judа kаttа vаzifаlаr qo’yilmоqdа. Mаktаb yosh аvlоdning dunyoqаrаshini tаrkib tоptirish, g’оyaviy, siyosiy jihаtdаn chiniqtirish, yuksаk ахlоqiy fаzilаtlаrgа egа qilish, mеhnаtgа vа оngli kаsb tаnlаshgа tаyyorlаsh lоzim. Bu vаzifаlаrni hаl qilishdа sinf rаhbаri muhim rоl o’ynаydi. Chunki, u bir sinf shаrоitidа tаrbiyaviy vаzifаlаrni аmаlgа оshirishgа qаrаtilgаn ishlаrni tаshkil etаdi vа bоshqаrаdi.
O’quvchining ma’naviy-axloqiy madaniyati shakllanishi uchun qo’yiladigan hozirgi zamon talablarini amalga oshirish muammo xarakteriga ega bo’lib, ijtimoiy tuzum taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. Bu muammoni falsafa, etnografiya, etika, estetika fanlari tadqiq etadi.
“Madaniyat” - arabcha so’z bo’lib, u jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy hayotda va ma’naviyatda qo’lga kiritilgan yutuqlari majmuidir.
Shaxs sifatida shakllanadigan o’quvchining ma’naviy kamolotida axloqiy madaniyatning ahamiyati katta. Axloqiy madaniyatga axloqiy bilimlar, malaka va ko’nikmalar, axloq qoidalari yordamida o’quvchining xulq-atvori, xatti-harakatlarini boshqarish tizimi kiradi. Axloqiy madaniyat o’quvchining ko’p qirrali faoliyati davomida shakllanib va takomillashib boradi.
Axloqiy madaniyatning ko’rinishlari, uning qirralari va namoyon bo’lish shakllari xilma-xildir. Insonparvarlik, halollik, tashabbuskorlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, erksevarlik, faollik, ijodkorlik, poklik va shu kabi qator muhim tushunchalar axloqiy madaniyat tushunchalaridir. Bu hislatlar faoliyat jarayonida ma’naviy madaniyatning boshqa madaniyat qirralari bilan birgalikda o’quvchi ongi va xulqiga ta’sir etadi.
Ma’naviy-axloqiy mazmundagi ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish ta’lim muassasasi, pedagogik jamoa umumiy ishining tarkibiy qismi bo’lib, ularni o’tkazishda maktab rahbariyati, kasaba uyushmasi a’zolari, ota-onalar qo’mitasi, o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish organlari, shuningdek, jamoa tashkilotlari, xodimlari ham ishtirok etadi.
Ta’lim muassasalarida ma’naviy - axloqiy tarbiyani yo’lga qo’yishning quyidagi turlari alohida ahamiyatga egadir: suhbatlar, uchrashuvlar, ertaliklar, haftaliklar, oyliklar, ko’riklar, konferensiya, bahs-munozara va boshqalar.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etishda tarbiyaviy tadbirlar umumiy tarbiyaning ajralmas qismi sifatida ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishda o’z o’rni va ahamiyatiga ega. Mavzuning dolzarbligi: Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish – ma’rifat va madaniyat borasida olib borilayotgan islohotlarni mustahkamlashda asosiy omillaridan biri sanaladi. Ma’naviyatsiz, ma’rifatsiz jamiyat rivojlana olmaydi. Insoniyatning, millatning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan ilmiy bilimlar, falsafiy, ahloqiy, huquqiy, estetik, badiiy g‘oya va ideallar yig‘indisi, xalq ma’naviy merosi, qo‘shiqlari, maqollari, xikmatli so‘zlari, termalari, laparlari, matallari, she’riyati millatning ma’naviy qadriyatlaridir. O‘rta ta’lim muassasalari ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchi shaxsining axloqiy-ruhiy mohiyatini shakllantiradi. Yoshlarni har tomonlama axloqan, ruhan barkamol inson qilib tarbiyalashga; kelajak avlodni o‘z Vatani, xalqi oldidagi burch va mas’uliyatini teran anglab yetishiga; xalqi uchun, uning moddiy va ma’naviy madaniyati kelajagi uchun qayg‘uradigan fidokor avlod yetishtirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rejalashtirish bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega. Kurs ishining maqsadi: sinf rahbarining tarbiyaviy soatlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va mavzuning dolzarbligini yoritish. Kurs ishining obyekti: sinf rahbari tarbiyaviy soatlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rejalashtirishni tashkil etish jarayoni. Kurs ishining predmeti: sinf rahbari tarbiyaviy soatlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning mazmuni, omillari va shakllari. Kurs ishining vazifalari: 1.Mavzuga oid manbalarni tahlil qilish va umumlashtirish. 2.Maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning pedagogik-psixologik jihatlarini aniqlash va yo’lga qo’yish. 3.Maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning mavjud holatini o‘rganish. 4.Maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning samarali va qulay usullarini tatbiq qilish. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: kirish, uchta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

Download 92.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling