2-boshlovchi: Marhamat, tinglang:
1-o ‘quvchi:
Bo’lar odam o’n beshida bosh bo’lar,
Bo’lmas odam qirqida ham yosh bo’lar.
2-o ‘quvchi:
Tilingni tiysang omondir boshing,
So‘zingni qisqa qil, uzayar yoshing.
3-o ‘quvchi:
Ota oldidan o’tma,
Odob oldidan ketma.
4-o‘quvchi: Odob bilan baxt topilar,
Sabr bilan taxt.
5-o’quvchi:
Inson odobi bilan,
Osmon oftobi bilan.
1-boshlovchi: Navbat raqsga.
2-boshlovchi: Barcha mavjudotlar ichida eng oliysi inson. U o‘zining odobi bilan, ilmi bilan yoqimli bo’lib, mehnati bilan sharaf topadi.
Ey, O’zg’on naslidan yaralgan o‘zbek,
Shavkati olamga taralgan o’zbek.
Asli nasli toza buyuk millatsan,
Uluslar ichida qutbi izzatsan.
1-boshlovchi: “Kitob” she’ri
Har ko‘ngilning orzusi, shul erur obihayot,
Qadrini bilgan kishiga, shubhasiz jondur kitob.
Har murodning boshidur, har muddao gavhari,
Har narsalarning shifosi, ya’ni luqmondir kitob.
Ko‘zning nuri, dil huzuri, dillarning darmonidur,
Har qorong’u dilga go‘yo mohitobondur kitob.
Har balodan asrag‘uvchi, eng muhim qiymat yarog’
Tiyri vahshat, xanjari zillatga qalqondur kitob.
Odam ham gulzorga o‘xshab oftobga intiladi, uning oftobi esa o’zgalardan ko‘radigan mehr-oqibatidir. Shunday ekan, kelinglar, bir-birimizga oqibatli bo’laylik, azizlar, oramizdan oqibat hech ko‘tarilmasin.
1-o ‘quvchi:
Tanishaylik, men kitob, asl ilmlarga kon,
Boylik beray behisob, bo‘lsak agar qadrdon.
2-o ‘quvchi:
Lekin yirtib, burdalab,
Kamaytirma varag‘im.
Sendan yana bir talab,
Iflos qilma hech yog‘im.
Do'stlaringiz bilan baham: |