O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi kurs ishi mavzu
-sinf uchun namunaviy tarbiyaviy soat rejasi
Download 92.22 Kb.
|
Bahodirova Zebiniso Bobur qizi. Kurs ishi
1-sinf uchun namunaviy tarbiyaviy soat rejasi:
“TASDIQLAYMAN” 57-MAKTAB RAHBARI ___________X.X.MUHITDINOV
3. O’quvchilarning kitobxonlik madaniyatini shakllantiruvchi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish. Bolalarning qanday kitoblarni o‘qishi ertaga ularni kim bo‘lishini belgilab beradi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ota-onalar va o’qituvchilar bolalarning qaysi kitoblarni mutolaa qilayotganiga befarq qaramasliklari lozim. Biz kattalar kerak bo‘lsa, bu borada ularga maslahat va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishimiz o‘ta muhimdir. Zotan, bolalarini yaxshi kitoblar bilan ma’naviy oziqlantirgan xalqning kelajagi buyuk bo‘ladi. Biz aslida Vatanni sevishni, ota-onani qadrlashni, qolaversa yashash tushunchasining barcha tamoyillarini kitoblardan o‘rganamiz. Kitoblar millat yo‘lini yoritadigan, uning ruhini ko‘taradigan, birlashtiradigan, o‘tmishini anglatadigan, ertasini belgilab beradigan ma’naviy boylikdir. Ruhshunoslar bolalarning qaysi kitoblarni o‘qiyotganiga qarab, ularning xarakterini, dunyoqarashini, qiziqishlarini, intilishlarini aytib berishadi. Bolalar kitob o‘qishi uchun, avvalo, ularga tayyorlangan kitoblarning muqovasidan tortib, ichki bezaklarigacha go‘zal va bejirim bo‘lishi, chiroyli suratlardan foydalanish, sifatli qog‘ozga chop etish muhim hisoblanadi. Bolalar uchun kitoblar xuddi ohanrabo singari ularni o‘ziga tortib turishi kerak. Tajribadan ma’lumki, bolalar dastlab kitobni muqovasiga, suratlariga qaraydi. Ming afsuski, yurtimizda bolalar uchun chop etilayotgan hamma kitoblarda ham mazkur jihat inobatga olinyapti, deb bo‘lmaydi. Yaqinda «Akademnashr» nashriyotida chop etilgan kitoblar jamlanmasi bu bo‘shliqni qaysidir ma’noda to‘ldirgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bular — Po‘lat Mo‘minning «Dakang xo‘roz — akang xo‘roz», Quddus Muhammadiyning «Oq terakmi, ko‘k terak», Anvar Obidjonning «Mulla baliqcha», Tursunboy Adashboyevning «Qarg‘a qaqimchi», Qambar Otaning «Atlas kiygan kapalak» nomli kitoblaridir. — Farzandlarimizning tarbiyasi uchun kitob tarbiyasi bolalikdan boshlanishi kerak, — deydi «Akademnashr» nashriyoti direktori Sanjar Nazarov. — Biz shu maqsadda mazkur beshta kitobni chop etdik. Kelajakda bu ishni davom ettirishni niyat qilganmiz. Kitoblar sonini kamida yigirmataga yetkazishni rejalashtiryapmiz. Ota-onalarga aytadigan gapim: bolangizga kitob olib bering. Kitob o‘qigan, kitob bilan do‘st tutingan bolalar vatanparvar, millatparvar, insonparvar bo‘lib ulg‘ayishadi. Ushbu qimmatli maslahatni sinf rahbarlar ham doim yodda saqlashlari va ota-onalarga eslatib borishlari lozim. Jamiyatimizda kitobxonlik masalasiga yondashuv turli davrlarda turlicha bo‘lgan. Har bir davrning o‘z ehtiyojidan kelib chiqib, kitobxonlik darajasi belgilangan. Binobarin, har qanday davlatning kuch-qudrati o‘z fuqarolarining ongliligi bilan belgilanar ekan, bunda albatta kitobxonlik masalasiga alohida e’tibor berilgan. Bugungi kunda “Mutolaa madaniyati”, “Kitobxonlik madaniyati”, “O‘qish madaniyati” kabi atamalar bilan qo’llanilib kelayotgan ijtimoiy hodisalar axborot olish madaniyatining tarkibiy qismlaridir. “Mutolaa” so’zi arabcha “o’qish” degan ma’noga ega bo’lsa-da, bugungi kunda u kitob o’qishdan ko’ra kengroq tushunchani anglatmoqda. A. Umarov fikricha: “Mutolaa” madaniyati ijtimoiy guruhlar, uyushmalar va alohida individlarning umumiy ma’lumot olishga yo’naltirilgan jarayon, xulq-atvor va faoliyatlari mazmuni hamda tarkibiy tizimlarida yuz beruvchi o’zgarishlar majmuini ifodalovchi bilimlar, me’yorlar, ijtimoiy hodisalar va boshqa atributlardir. Ayni chog’da mutolaa madaniyatini ta’lim tizimlari orqali maxsus shakllantiradigan, ixtisoslashgan ma’lumotni inson hayoti davomida turli manbaalar - kitoblar (badiiy, ilmiy, o’quv, qomusiy), ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, televideniya, radio va shu kabilar), zamonaviy axborot texnologiyalari (internet, elektron gazeta, jurnal, qo’llanma va hokazolar), shuningdek, subyekt bilan bevosita muloqotga kirishuvchi shaxslar (oila a’zolari) orqali ega bo’linadigan turli yo’nalish va shakldagi umumiy ma’lumotdan farqlash lozim bo’ladi». Professor E.I.Yo’ldoshev «O’qish madaniyati» tushunchasiga shunday ta’rif beradi: «O‘qish madaniyati - juda keng qamrovli tushuncha bo’lib, kitobga qiziqish va uni sevish, adabiyot bilan kengroq tanishishni, kitob va u bilan ishlash haqidagi maxsus bilimlarga ega bo’lishni, shuningdek, kitobdan to’la ravishda foydalanishga yordam beruvchi ko’nikma va malakaga ega bo’lishni taqozo etadi». Jumladan, axborot olish madaniyati badiiy adabiyotni to’g’ri tushunish, undan estetik zavq olish, shuningdek, ilmiy adabiyotlar, barcha turdagi resurslar bilan ishlash, ma’lumot-bibliografiya va barcha turdagi axborot materiallaridan o’zini qiziqtirgan ma’lumotlarni qidirib topish, cheksiz axborot oqimlari orasidan kerakli, muhim bo’lgan ma’lumotlarni ola bilish, o’z kasbiy malakalarini oshirishda foydalanish, axborot-kutubxona muassasasidan to’g’ri foydalanish yo’llarini o’rganish ham axborot olish madaniyati tushunchasi doirasiga kiradi. Axborot olish madaniyatini to’liq egallagan shaxsga nisbatan esa kitobxon terminini qo’llash o’rinlidir. Safo Matchon: «Kitobxonlik– o’qilgan kitoblar soni bilan belgilanmaydi, balki u tushunib o’qish, ya’ni maqsadli o’qishdir. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, kitobxonning yozuvchi aytmoqchi bo’lgan fikrini nechog’li uqishini, ya’ni asar «tili»ga tushunishi kitobxonlik madaniyati, talanti darajasi ko’rsatadi. Shu tufayli adabiyotimiz talantli yozuvchilar bilan birga talantli kitobxonlarga ham hamisha ehtiyoj sezadi». Uning fikricha kitobxonlik talanti tug’ma emas, balki tarbiya vositasida kamol topadi. Kitobxonlik haqida gap ketganda, olmon mutafakkiri Gyotening quyidagi fikrini keltirish joizdir: «Kitobxonlikka o’rganish uchun qanchalik ko’p vaqt sarf qilinishini odamlar tasavvur qilmaydilar, buning uchun men hayotimning 80 yilini bag’ishladim, lekin hali ham o’rgandim, deb ayta olmayman». Professor V.F.Asmus o’zining «Kitobxonlik - mehnat va ijod» nomli maqolasida esa kitobxonlikka shunday ta’rif beradi: «Mutolaa vaqtida asar bir ko’zadan ikkinchi ko’zaga quyilgan suv kabi kitobxon miyasiga quyilib qolmay, balki ijodkor kitobxon tomonidan qayta idrok etiladi». «Taraqqiy etgan хorijiy mamlakatlarda, - deb yozadi X.To’xtaboуev, - kitobxonlik fan darajasiga ko’tarilgan. Kitobxonlik kitobni targ’ib qilishgina emas, balki kitob o’qishni, o’qiladigan kitobni tanlay olishni, mag’zini chaqishni, ya’ni kitob yordamida o’zini anglashni o’rgatish hamdir». «Axborot olish madaniyati» kontekstida uning tarbiyaga muhtoj elementlarini aniqlaymiz: 1.O’qishga, axborot olishga mayl, havas, ishtiyokni shakllantirish; 2.O’qilgan kitob orqali fikrlash yo’llarini o’rgatish; 3.Mavjud kitobxonlik malakalarini takomillashtirish. Ta’lim o’qitish, o’qish, rivojlanish mujassam amalga oshiriladigan jarayondir. Axborot olish madaniyatini tarbiyalash ta’lim jarayonida amalga oshadi. Egallagan bilimlar o’quvchilarni izchil shakllantirib borishni ta’minlaydi. Kitob - inson umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, har qanday vaziyatda ham hamroh bo‘lguvchi sodiq do‘st. Insonning ruhiy-ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitobchalik kuchli qudratga esa vosita yo‘qdir. Shu boisdan, azal-azaldan ma’rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o‘qishga, undan ilmu odob sirlarini o‘rganishga chorlab kelishgan. Tarbiyaning barcha mezon va unsurlari, avvalo, oilada shakllantirilganidek, kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashda ham oilaning o‘rni nihoyatda kattadir. Qush uyasida ko‘rganini qiladi, degan naqlga tayansak, bu mohiyat yanada dolzarb bosqichga ko‘tariladi. Darhaqiqat, shaxs takomilida oilaviy muhit, oilaviy qadriyatlar asosiy vosita rolini o‘taydi. Ota-onaning ma’naviy darajasi, axloqiy qarashlari bevosita farzandga ham ko‘chib o‘tadi, farzandlar shaxsiyatida aks-sado beradi. Binobarin, kitobxonlik, badiiy adabiyotga muhabbat ham inson ma’naviy tafakkurini, tarbiya ahvolini namoyon qiluvchi muhim xususiyatlar sirasidandir. Kitob dunyosiga oshufta, adabiy olamga hamnafas, badiiyatdan bahramand qalb egasi o‘zidagi bu tuyg‘u va fazilatlarni atrofidagilarga, ayniqsa, oilasiga ham yuqtirishi, singdirishi ehtimoli yuqori. Kitobxon ota-onalarning farzandi ham kitobga o‘zgacha mehr ko‘rsatadi, bu ma’naviyat xazinasiga tabiiy qiziqish va intilish tuyadi. Shu bois kitobxon avlod tarbiyasida, avvalo, ota-onaning tarbiyali bo‘lishi, badiiy adabiyotga oshno ekanligi muhim zaruriyatdir. Yaqin-atrofdagi tanish oilalarimiz hayotiga sinchkov nazar tashlasak, qaysi oilada kitobxonlik madaniyati qay darajada shakllanganligiga amin bo‘lamiz. Kimdir dunyoviy hodisalar ummonida suzib yurishni xush ko‘rsa, kimlardir badiiy adabiyot osmonida sayr etishga ishtiyoqmand. Kimdir bir oyda bir kitob o‘qishga vaqt ajratsa, yana kimlardir bir haftada bir kitob mutolaa qilishni lozim biladi. Xullas, kitob bilan hamma o‘z olamida, o‘z xohish va imkoniyatlari chegarasida turli holatda yuzlashadi. Shu o‘rinda, mohiyatni yanada aniqlashtirish uchun aynan bir oila misolida kitobxonlikka qaratilgan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tamiz. Shunday oila borki, ular xonadonida kitob o‘qish kundalik mashg‘ulot, jiddiy faoliyat sifatida qadr topgan. Besh farzand o‘stirayotgan bu xonadon sohib va sohibalari ham o‘zlari, ham farzandlarining kitobxon bo‘lishi uchun intilishadi. O‘zi tug‘ilib-o‘sgan oilaviy muhitida o‘z vaqtida kitobga muhabbat, adabiyotga e’tibor bilan ulg‘aygan, kitobxonlikni oilaviy muhim qadriyatga aylantirgan bu insonlar bugun farzandlarining ham kitob atalmish buyuk va bebaho xazinadan bahramand bo‘lib, ma’naviy barkamollikka erishishini istaydi. Buning uchun, ham ota, ham ona o‘z vaqt va imkoniyatiga qarab, sermazmun, badiiy-estetik ahamiyati yuqori turli adabiy janrdagi, jahon va o‘zbek adabiyoti durdonalarini, diniy-ma’rifiy sarchashmalarni tanlab xarid qilishadi. Bu asarlarni farzandlarining yosh va qiziqishlari, aqliy salohiyati, o‘zlashtirish qobiliyatini e’tiborga olgan holda taqsimlab berishadi. Eng muhimi, kitob taqdim qilinganda, hajmini ham e’tiborga olgan holda, mutolaa uchun muayyan vaqtlar ajratishadi. Oila boshlig‘i, ya’ni ota, bu borada yanada talabchan. U har kuni o‘qilishi lozim bo‘lgan sahifa miqdorini belgilab beradi, she’riy asarlarga alohida qiziqish bildirib, har bir farzandiga she’rlar yodlab borishni tayinlab turadi. Deyarli har kech ishdan qaytgach, ovqatlangandan so‘ng, farzandlarini birin-ketin chaqirib, bir pedagog kabi topshirilgan vazifa ijrosini qabul qilib oladi. Ya’niki, farzandlar o‘zlari yod olgan she’rlarni aytib berishadi; o‘qiyotgan asarlaridan belgilangan sahifalar va uning mazmunini gapirishadi; qahramonlar faoliyati, xarakter-xususiyatiga munosabat bildirishadi. Kitobni yakunlaganlar esa asardan olgan taassurotlarini ham o‘rtoqlashadi. Bu jarayonda farzandlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi, topshiriqqa mas’uliyat bilan yondashish darajasi, kitobxonlik madaniyati ham oydinlashib, o‘ziga xos yondashuvlarga turki bo‘ladi. Yana bir muhim jihati, farzandlar o‘ziga tegishli asarni o‘qib bo‘lgach, kitoblar almashtiriladi, biri-ikkinchisining kitobini ham o‘qib-o‘zlashtirib boraveradi. Shuningdek, oila davrasida ham kitob o‘qib berish yo‘lga qo‘yilgan. Onaning uy yumushlari ko‘p bo‘lgani boisidan, ko‘pincha dam olish kunlari ota farzandlarini atrofiga to‘plab, tarbiyaviy ahamiyati yuqori (“Tarixi Muhammadiya”, “Ijtimoiy odoblar”, “Xamsa” kabi) asarlarni mutolaa qilib, mazmunini tushuntirib beradi. Natijada, farzandlarning umumiy tarbiyasida ham ijobiy mohiyat aks etadi. Bu kitobsevar oilada kitobxonlik bo‘yicha ota barchaga munosib o‘rnak. Kuni bilan davlatning muhim tashkilotida ishlab, oila tashvishlari bilan yelib-yugurayotgan bo‘lishiga qaramasdan, har kech kitob mutolaasi bilan shug‘ullanayotgan; biri qo‘yib, ikkinchisini olib o‘qiyotgan; ham she’riy, ham nasriy asarlarga birdek qiziqish bildiradigan, o‘qigan asarlari mazmun-mohiyati, adibning ijodiy salohiyati borasidagi fikrlarini oilasi bag‘rida muhokama qilayotgan otaning o‘ziga xos bu fazilati beixtiyor, tabiiy ravishda farzandlarga ham ko‘chib o‘tadi, ularning hech birini umuman befarq qoldirmaydi. Bundan ko‘rinadiki, yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va yuksaltirishda oila eng muhim va mustahkam tayanch bo‘lib qolaveradi. Bugun jamiyatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini takomillashtirish borasida har doimgi davrdan bir necha barobar ko‘p miqdorda samarali ishlar amalga oshirilmoqda, tashviqot-targ‘ibotlar olib borilmoqda. Shunday bo‘lsa ham, oilaviy muhitda kitobxonlik madaniyati takomili qoniqarli darajada emas. Yuqorida ko‘rib o‘tganimiz kabi kitobsevar oilalar bilan bir qatorda, ularning aksi bo‘lgan oilaviy muhitni ham uchratishimiz achinarli. Ko‘pgina oilalar, ota-onalar na o‘zlari kitob o‘qishga qiziqishadi, na farzandlarini bu borada to‘g‘ri yo‘naltirishadi. Shuningdek, oilaviy kitobxonlikda kitob tanlovi madaniyatiga hamma ham yetarlicha ahamiyat qaratilavermaydi. Badiiy asar tanlashda farzandining yosh va fiziologik xususiyatlari, ruhiy-ma’naviy dunyosi, qiziqish va intilishlar ko‘lamini nazarda tutmas ekan, har qanday kitobsevar ota-ona bu borada ijobiy yutuqlarga erisha olmaydi. Ko‘rinadiki, mutolaa madaniyatining ham o‘ziga xos me’yor va talablari mavjud. Shularni e’tiborga olgan holda, oilaviy kitobxonlik madaniyatiga ega bo‘lish uchun quyidagi tavsiyalarni e’tiborga olish nazarda tutiladi: - kitob mutolaasida hamisha farzandlarga o‘rnak bo‘lish; - kitob tanlash madaniyatiga ega bo‘lish; - muayyan vaqtlarda oila davrasida navbatma-navbat kitob o‘qib berishni yo‘lga qo‘yish; - xotirani kuchaytirish ahamiyatiga ega bo‘lgani boisidan farzandlarning she’r yodlashiga alohida ahamiyat qaratish, bir oyda kamida 2 ta she’r yodlatishga erishish; - har bir farzandning yosh va xarakter xususiyatini, ruhiy-ma’naviy dunyosini nazarda tutgan holda kitob taqdim qilish; - kichik yoshdagi bolalarga ko‘proq rang-barang suratlarga yo‘g‘rilgan, katta-katta harflarda yozilgan, uning beg‘ubor hayoloti sarhadlarini aks ettira olgan asarlarni tanlash; - o‘rta yoshli kitobxon farzand uchun esa unga tengdosh qahramonlar taqdiri aks etgan, hayotiy, xayoliy-fantastik voqealar tasvirlangan, ko‘ngil kechinmalari jonlantirilgan asarlarni tavsiya qilish; - katta yoshdagi mustaqil, oila qurgan farzandlar bilan ham tez-tez kitob mutolaasi xususida suhbat o‘tkazib, zaruriy tavsiyalar berib turish (bu oilaviy kitobxonlik an’anasini muqaddas qadriyat sifatida davom ettirishga zamin yaratadi); - har bir kitob mutolaasi uchun har kunlik va haftalik miqdorlarni belgilash va muntazam nazorat qilib borish; - o‘qilgan asar mazmun-mohiyati, qahramonlar xarakter-xususiyati, ijodkor yondashuvi, olingan taassurotlar bo‘yicha oilada davra suhbati tashkil qilib borish; - o‘z vaqtida va talab darajasida mutolaa qilgan kitobxon farzandni alohida rag‘batlantirish; - badiiy adabiyot o‘qishga yetarlicha qiziqish bildirmayotgan, topshiriqlarni o‘z vaqtida bajara olmayotgan farzand bilan alohida shug‘ullanish, unda kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishish; - jamiyatning moddiy-ma’naviy taraqqiyoti uchun munosib hissa qo‘shadigan yuksak ma’naviyatli, intellektual salohiyatli oila sifatida qadr topish. Yuqoridagi mulohazalardan ko‘rinadiki, ma’naviy barkamol kitobxon avlod tarbiyasida oila muhim va mustahkam poydevor. Shu bois jamiyatda kitobxonlikni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini takomillashtirish borasidagi har qanday faoliyatda oila bilan hamohang, hamfikr ish yuritish ko‘zlangan maqsadlarga erishishga munosib zamin yaratadi. Quyida o’quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbir ssenariysini ko’rib chiqamiz: “Kitob - bizning do’stimiz” Download 92.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling