O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi kurs ishi mavzu


Download 92.22 Kb.
bet5/8
Sana23.06.2023
Hajmi92.22 Kb.
#1652030
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bahodirova Zebiniso Bobur qizi. Kurs ishi

Maqsad:
a) o’quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, ifodali o‘qishga o‘rgatish, nutqiy madaniyatini oshirish;
b) bolalarning ona vatanga mehr muhabbatini oshirish; ota-ona, ustoz, opa-aka, atrofdagilarni hurmat qilishga o‘rgatish; kitobni sevishga, toza-ozodalikka, odobli-axloqli bo‘lishga undash;
c) o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, estetik didini oshirish, so‘z boyligini oshirish, bilim doirasini kengaytirish.
Jihoz: sahna gullar va turli xil sharlar bilan bezatiladi, sharlar osib qo‘yiladi, o‘quvchilar bayramona kiyinadilar.
O’qituvchi: Assalomu alaykum aziz ota-onalar, hurmatli mehmonlar, ustozlar, shirindan-shakar bolajonlar. Bugun 1 - “A” sinf o’quvchilari “Kitob – bizning do’stimiz” bayram kechalarini sizlarga namoyish etadilar.

Bolalarim, bilinglar shuni,


Siz dunyoning ertangi kuni!
Ko‘zimizning qorachig‘i siz.
Qizil gulning yosh urug‘i siz.
Biling, sizni asraymiz har dam,
Avaylaymiz, sevamiz mahkam.
Quyosh chiqar erta-ertalab,
Undan nima qilamiz talab?
Sizga ko’p- ko’p nur sochsin deymiz.
Kitob - insonning yaqin do‘sti, aqlli suhbatdoshi, beqiyos sirdoshi hisoblanadi. Kitob inson uchun hayotdagi eng muhim narsadir. Kitob insonning dunyoqarashini kengaytiradi. Har bir kitob asari sizda o‘zgacha taassurot qoldiradi. O’qigan har bir kitobingizdan keyin dunyoga boshqacha qaraysiz. Sizning ongingiz kengayadi, aql-idrokingiz oshadi.
Kitobning juda ko‘p turlari mavjud. Masalan: ertak kitoblar, qahramon kitoblar, romantik kitoblar, fantastik kitoblar va boshqalardir. Har bir yoshga alohida kitoblar yaratilgan. Adabiyot darslarida ham har bir sinfda o‘zicha murakkablashib boradigan asarlar beriladi.
Kitob - bu sening eng yaqin do’stingdir. Shuning uchun kitobni sev va uni ardoqla!!!
1-boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, hurmatli ustozlar, qadrli o‘quvchilar!
2-boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz tengdoshlar, mana bugun maktabimizda katta tantana. Bugun maktabimizda sinf o‘quvchilarining “Kitob - bizning do‘stimiz” mavzusiga bag’ishlab o’tkazishayotgan tadbiriga xush kelibsiz!

Dil mehrigiyosi - salomim mening,


Yuragim kimyosi - salomim mening.
Haq yoki nohaqdan ko‘ngli singanning
Yamar mo’miyosi - salomim mening.


1-boshlovchi: “Tarbiya kitobdan boshlanadi” degan gap bejiz aytilmagan, zero bolaning kelajagi - kitobga bo’lgan hurmati va kitobni ardoqlashidan iboratdir.

Besh asrkim, nazmiy saroyni


Titratadi zanjirband bir sher.
Temur tig’i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher.


2-boshlovchi: Biz farzandlarimizni kitobni hurmatlashga o‘rgata olmas ekanmiz, ularni bir umrga yolg‘izlikka mahkum etamiz. Donishmandlar “Yaxshi kitob ko‘tarib o‘tgan odam hech qachon yolg‘iz emas”, deya ta’kidlashgani bejiz emas.

Yosh o’ynoqi ko’zlarim


Shuur olar kitobdan.
Tashkil topib so‘zlarim,
Baxtim kular kitobdan.
Shuning uchun deymanki
Kitob, mening do‘stimsan.


1-boshlovchi: Biz hozir sizlarga armug‘on etayotgan tabrik so‘zlarimiz qalbimizning durdona fikrlarini o‘zida mujassamlashtirgan hikmatlardan tashkil topgan.

Download 92.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling