O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi kurs ishi mavzu


Download 92.22 Kb.
bet7/8
Sana23.06.2023
Hajmi92.22 Kb.
#1652030
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bahodirova Zebiniso Bobur qizi. Kurs ishi

3 – o’quvchi:
Kitob o‘zi bir olam.
Vatan ichida vatan.
Kitobni ko‘p o‘qigan
Dono bo’lar hammadan.


4-o ‘quvchi:
Kitobimda qo’zichoq
Dikir-dikir chopadi,
Quvsam qochib o‘sha choq
Onasini topadi.


5-o‘quvchi:
Kitobimda bo‘ri ham
Odam bo’lib gapirar.
Yollarini silasam,
Indamay boqib turar.


6-o ‘quvchi:
Har so’zni kitobimdan
Lola kabi teraman.
Ustoz muallimlarga
Sovg’a qilib beraman.


Raqs ijro etiladi.
1-boshlovchi:
Biz sizlarga kelgusida yaxshi va a’lo o‘qishingizni, a’lo xulqqa ega bo’lishingizni tilaymiz.

Go’zal O’zbekiston, sensan Vatanim,


Seni ololmaydi hech qanday g’anim.
Yurtboshing, elboshing senga rahnamo,
Jasur o’g’lonlaring kuchli mardona.


2-boshlovchi:
Erkin yuraklarga iymon vatandir,
Toza ko’ngillarga darmon vatandir.
Halollik qasriga posbon vatandir.


1-boshlovchi:
Qadrli mehmonlar, muhtaram ustozlar, aziz tengdoshlar! Shu bilan “Kitob - bizning do‘stimiz mavzusiga bag’ishlab o‘tkazilgan tantanali kechamizni yakunlaymiz. Tafakkur durdonasi – kitob barchangizga bir umr hamroh bo‘lsin!

XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, har bir unib-o’sib kelayotgan bolaning yuksak ma’naviy darajasini ta’min etish eng dolzarb masalalardan biridir. Ma’naviy tarbiya ko’rgan kishi hech qachon o’z kindik qoni to’kilgan vataniga, ajdodlari xoki yotgan muqaddas yurtga, ota-onasi, birodarlari va yaqinlariga qarshi chiqmaydi. O’zini va boshqa begunohlarni o’ldirish u yoqda tursin, hatto osmonda uchgan qush yoki yerda o’rmalab, o’z rizqini topib yeyayotgan chumoliga ham ozor bermaydi. Tashqarida turib, bularni qo’g’irchoq kabi o’ynatayotgan “xoja”larning quliga aylanib, o’z vatanini sotmaydi, unga xiyonat qilmaydi, yaqinlariga qarshi qurol ko’tarib kelmaydi. Aksincha, kishi ma’naviy zaif, dunyoqarashi, fikrlash doirasi tor bo’lsa, na diniy, na dunyoviy bilimlarga ega bo’lmasa, tashqaridan berilgan noto’g’ri tushunchalarni to’g’ri deb qabul qiladi va adashib qoladi. Shuning uchun bizlarning vazifamiz, yoshlar ongida ma’naviy bo’shliq paydo bo’lishiga aslo yo’l qo’ymaslik, ularga to’g’ri yo’l ko’rsatib turishdan iborat bo’ladi. 2019-yilning 3-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa, yosh avlodning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, ma’naviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, davlat va jamoat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatiga yaqindan ko‘maklashishga qattiq kirishilgan.

Download 92.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling