Major uchinchi bosqich uchtovushligi. (DTIII)
Chet el klassik musiqasida DTIII uchtovushligi juda kam uchraydi – vu xol akkordning funksional jihatdan u qadar aniq emasligidan (bu akkord yetakchi tovush bilan bir qatorda tonika tertsiyasining ham mavjudligi orqasida vujudga keladigan ikki yoqlamalikdan ) bo`lsa kerak. Rus va slavyan musiqasida F. Shopen esa DTIII juda ko`p va erkin qo`llagan.
DTIII akkordining ikki yoqlama bo`lishi undagi kvintaning tortilish keskinligini kamaytiradi va bu akkorddan keyin (tonikadan keyin qollanilishga o`xshash) subdominantani qo`llanishga imkon beradi.
DTIII uchtovushligining qo`llanilishi.
DTIII uchtovushligini bir bosqich pastga tushuvchi gammaning VII bosqichini (ya`ni, Do majorda si – lya) garmoniyalash uchun qo`llanish ko`proq harakterlidir. DTIII akkordi oldidan asosiy tonika uchtovushligi yoki TSVI keladi; DTIII akkordidan keyin odatda, asosiy subdominanta uchtovushligi (ba`zan TSVI) keladi:
Rus klassik musiqasi uchun DTIII ning TSVI yoki T ga yechiladigan tabiiy parallel minor dominantasi sifatida qo`llanilishi ham harakterlidir. Bu esa lad o`zgarishi sistemasi ko`rinishlaridan biridir.
DTIII ning o`tkinchi D7 oprqali T ga yo`nalishi holi ham uchraydi.
Bu usul tonliklar almashuvida ko`proq qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |