O`zbekiston Respublikasi
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Nizomiy nomidagi
Toshkent davlat pedagogika universiteti
“Masofaviy ta`lim” kafedrasi
Musiqiy ta`limi yo`nalishi Sirtqi bo`limi
“Musiqa nazariyasi
( Solfedjio, garmoniya, musiqa asarlari tahlili)”
fanidan
Sirtqi bo`lim 201/5 guruh talabasi
Sessiya oraliq nazorat ishi
Bajardi: Qodirova Shahnoza
Tekshirdi: Rahmonberdiyeva Surayyo
Toshkent 2021
21-VARIANT
1-TOPSHIRIQ
“Major – minor sistemalar” mavzusini word variantida taqdim eting.
Yuqoridagi mavzuni so`zlab bering va video yozuv orqali jo`nating
Dastlabki tushunchalar.
Lad tafakkurini o`stirishda major va minor hech qachon bir – biridan akralmagan va mustaqil holda namoyon bo`lmagan. Aksincha, major va minorning o`zgarishi va murakkablashishlari uzoq zamonlardan buyon kuzatilmoqda, bu xildagi o`zgarish va murakkablashishlar shu ladlarning bir biriga o`zaro ta`siri, bir laddagi harakterli ohangdoshliklarning boshqa bir ladga o`tishi va natijada, majoring ham, minorning ham boyib borishiga bog`liqdir.
Major va minorning o`zaro ta`siriga asoslangan barcha shu xildagi murakkablashgan turli – tumanligi major va minor sistemasini vujudga keltiradi, ladlarning o`zlari esa major yoki minorning tonikasining ustunligiga qarab major yuoki minor yoki major – minor ladlari deb ataladi.
Bu sistemalar bir xil nomga ega bo`lgan tonliklarni birlashtiradigan nomdosh (masalan Do – do) yoki parallel (masalan, Do - lya) sistemalar bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |