O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 1.32 Mb.
bet5/7
Sana08.01.2022
Hajmi1.32 Mb.
#250971
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qodirova Shaxnoza

Sekstali dominanta.

Major va minorning asosiy dominant uchtovushligida ilgari juftlangan bas tovushini o`z o`rnida qoldirgan holda (basdan boshlab hisoblaganda) kvintani seksta bilan almashtirish mumkin:



Bu ohangdoshlik gammaning uchinchi bosqichidan boshlab tertsiyalar bo`yicha joylashadi ya`ni DTIII ning seksakkordi hisoblanadi.

Kvintani almashtiruvchi seksta deyarli har doim ovoz yo`nalishi sharti bilan yuqori ovozda joylashadi.

Asosiy dominantseptakkordda bazan D3 vaD2 da ham odatda, yuqori ovozda kvintani seksta bilan huddi shunday almashtilish mumkin. Bunday almashuv natijasida tertsiyalar bo`yicha joylashmaydigan ohangdoshlik hosil bo`ladi.



Sekstali dominantani qo`llash shartlari.



Dominantada kvintani seksta bilan almashtirish kadensiya uchun ayniqsa harakterlidir,. Subdominanta yoki tonika garmoniyasi yoki K64 dan keying dominanta to`gridan to`gri seksta bilan boshlanishi mumkin, bu seksta keyinchalik yana to`xtalma sifatida kvintaga yechiladi.

Bu holda sekstali dominant go`ya K64 bilan almashganday bo`ladi.



Dominanta kvintasi turg`un yoki takrorlangan akkord fonida keyinchalik sekstaga o`tadigan uchtovushlik yoki akkord septakkordi shaklida ham qo`shilishi mumkin. Bunday davrada seksta keyinroq keladigan tonika garmoniyasiga (T, TSVI) predyomlik vazifasini bajaradi:

Sekstali dominantaning sekstasi kvintaga o`tmay turib bevosita T va TSVI ga yechilishi mumkin. Seksta (gammaning III bosqichi) bir tertsiya pastga (I bosqichga) tushiriladi yoki o`z o`rnida qoladi, qolgani bir tertsiya yuqoriga (tonika kvintasiga) kotariladi.





Glossariy



1.

Akkord

(lot. accordo — uygʻunlashtiraman) — turli balandlikdagi uch va undan ortiq tovushlarning qoʻshilib sadolanishi. Akkord larning aksariyati tersiya intervali boʻylab joylashgan holda (oʻzgacha holatdagilari ham ana shu tartibda joylashtirilib) tahlil etiladi.

Kvinta oraligʻidagi ikki tersiyadan iborat Akkord — uchtovushlik (3 raqami bilan belgilanadi), unga yuqori yoki pastdan uchinchi tersiya tovushi qoʻshilsa — septakkord (7 raqami bilan belgilanadi), unga yana bir tersiya tovushi qoʻshilsa — nonakkord (9 raqami bilan belgilanadi) deb ataladi; mazkur Akkord lardan musiqa amaliyotida keng foydalaniladi. Barcha Akkord larning pastki tovushi — asosiy (yoki prima) ton, undan yuqoridagisi — tersiya toni, uchinchisi — kvinta toni, toʻrtinchisi — septima toni, beshinchisi — nona toni deb yuritiladi va ana shu intervallarga mos raqamlar bilan belgilanadi



2.

Dominanta

(lot. dominantis — ustuvor) — (musiqada) major-minor tizimidagi tovushqatorning 5-pogʻonasi va shu pogʻonada tuzilgan akkord turi. Y raqami yoki lotincha D harfi bilan belgilanadi. Yevropa koʻpovozlik tonal musiqasida muhim garmonik funksiya boʻlib, musiqa bayonining tonika (asosiy tayanch parda) ga intilishini kuchaytiradi.

3.

Major uchtovushligi

Katta va kichik tertsiyalardan, umumiy yigindisi sof kvinta bolgan uchtovushlik, ya`ni katta uchtovushlikka aytiladi.

4.

Minor uchtovushligi

Uchtovushlikni tashkil qiluvchi tertsiyalardan birinchisi ya`ni pastkisi kichik, yuqorigisi katta tertsiya va umumiy yig`indisi sof kvinta bo`lgan uchtovushlik , boshqacha aytganda kichik uchtovushlik

5.

Gamma

Oktavadan kam bo`lmagan tovush qatorini bir tekis ko`tarilishi yoki pasayishi. Gamma yunonlarda uchinchi harf nomi bo`libu bilan o`rta asrdagi eng pastki tovush, ya`ni, katta oktavadagi Sol (G) tovushi ko`rsatilgan.

6.

Lad

(rus. — uygʻunlik, tartib), pardalar tuzilmasi, tuzuk — 1) keng maʼnoda, musiqiy-estetik tushuncha sifatida — pardalarning oʻzaro mutanosibligi, turli balandlikdagi musiqiy tovushlarning uygʻunligi; 2) musiqa nazariyasining asosiy tushunchalaridan biri, musiqiy pogʻonalarning bosh parda (yoki asosiy pardalar qoʻshilmasi) atrofida oʻzaro bogʻlanish tizimi. L. pogʻonalari oʻzining turgʻun (tayanch)ligi jihatidan bir-biridan farqdanadi, turgʻun boʻlmagan pogʻonalar turgʻun pogʻonalarga "tortilib" (intilib) turadi. L. pogʻonalarining ketma-ket kelishi uning gammasinn tashkil etadi, ularning tartibli oʻzaro bogʻlanishi tovushqator yordamida ifodalanadi.

7.

Seksta

Kengligi 6 pog`ona oralig`ida bo`lgan interval. Masalan – do – lya, mi – do, fa – re. re – si. Sekstani olti raqami bilan ko`rsatiladi.

8.

Kadensiya

 (lot. cado — tugayapman) — 1) muayyan musiqa tuzilmasini yakunlovchi garmonik yoki oqang iborasi, kuy yoki akkordlar rivojiga yaxlitlikni baxsh etadi. K. ning bir nechta turi boʻlib (toʻliq, mukammal, oʻrta, xotima va b.), ular asar parchalarini bir-biridan ajratib, ayni vaqtda, musiqa tuzilmalarining oʻzaro mantiqan bogʻlanishiga ham xizmat qiladi; 2) konsert kabi yirik asarlardan oʻrin olgan, yakka ijrochi (solist) uchun moʻljallangan erkin shaklli virtuoz musiqa lavhasi. K. ijrochining yuksak mahoratini namoyish etishga qaratilgan.

9.

Kadanskvartsekstakkord

Birinchi pog`ona kvartsekstakkordlari bo`lib K64 tarzida yoziladi, kadansning kuchli yoki nisbatan kuchli hissasida keldi. Kadans kvartsekstakkordi Subdominanta va Dominanta akkordlar oralig`ida keladi va oxirgi tugallanish tonikasida borttirib korsatib beradi.

10.

Septakkord

tersiya bo'yicha joylashgan, to‘rt tovushdan iborat bo'lgan

akkord. Septakkord 7 raqami bilan belgilanadi.

Septakkordning tonlari: asosiy ton (1); tersiya toni (3); kvinta toni (5); septima

toni (7).

Septakkordlaming katta, kichik va kamaytirilgan turlari mavjud:


11.

Pog`ona

bosqich (musiqada) — to-vushqator, gamma va ladlarni tashkil etuvchi har bir tovush. Yozuvda rim raqamlari bilan belgilanadi (I, II, VII, VIII va h. k.).

12.

Yechilish

1. Dissonans tovushlarning konsonans tovushlarga o`tishi. 2. Noturg`un lad pog`onalarining turg`un pog`onalariga o`tishi.

13.

Tonika

(frans. tonique, nem. Tonika) - ladning birinchi bosqichida tuzilgan

uchtovushlik, turg'un lad markazi. Kuchli hissada garmonik harakatni to'xtatadi

(ayniqsa melodik joylashuvda asosiy ton bo'lsa). Tonikaning kuchsiz hissada

harakatni to'xtatish xususiyati pasayadi yoki neytrallashadi. Tonika, subdominanta

va dominanta singari ladning bosh uchtovushliklar vazifasini bajaradi.


14.

Asosiy ton

Asosiy ton – Yig`indisi tertsiya bo`yicha taqsim qilangan akkordning eng pastki bas tovushi. Boshqa holatlarda asosiy ton turli o`rinlarda kelishi mumkin.


15.

Garmonik major

Major ladining VI pog`onasini yarim ton pasaytirilgan turi.

16.

Major

(lot. major — katta) — 1) kup ovozli kompozitorlik musiqa ijodida asosiy garmonik ladlardan biri (aksi — minor). Yevropa musiqasida 16— 17-a. lardan rivoj topdi. Uning tayanch tovushlari (I, III va V pogʻonalari) katta 3 tovushli akkordnn hosil qiladi. Major tizimida bastalangan asarlarga koʻproq yorqinlik, koʻtarinkilik ruhi, «ijobiy» his-tuygʻular xosdir. Major va minor orasidagi qarama-qarshilik musiqa sanʼatining nihoyatda muhim ifoda vositalaridan;

2) keng maʼnoda — lad turi; bosh tayanch pardaga nisbatan katta tersiya intervent oraligʻida joylashgan 3 – pogʻona bilan belgilanadi. Shu maʼnoda ioniy, lidiy, miksolidiy kabi tovushqator M. xususiyatiga ega. Oʻzbek anʼanaviy musiqasida, ayniqsa, miksolidiy Major koʻproq uchraydi.




17.

Minor

(lot. minor — kichik) (musiqada) — 1) garmoniyada asoslangan koʻp ovozli musiqada asosiy ladlardan biri (aksi — major). Yevropa musiqasida 16—17-a. lardan rivojtopgan. Uning tayanch tovushlari (I, III va V pog`onalari) kichik uch tovushli akkordno hosil qiladi. Minor tizimida bastalangan asarlarga koʻproq gʻamgin, mungli tus xosdir. Minor va major orasidagi qaramaqarshilik musiqa sanʼatining muhim ifoda vositalaridan;

2) keng maʼnoda — lad turi; asosiy tayanch pardaga nisbatan kichik tersiya  intervali oraligʻida joylashgan 3-pogʻona bilan belgilanadi. Shu maʼnoda eoliy, doriy, frigiy, lokriy va b. tovushqator va gammalar Minor xususiyatiga ega. Oʻzbek anʼanaviy musiqasida, ayniqsa, frigiy (mas, «Tanavor», «Sayqal»), eoliy («Saraxbori Navo»), doriy («Saraxbori Segoh») M. lar koʻproq uchraydi.



18.

Sekstakkord

Akkrordning seksta toni basda kelgan aylanmasi. Sekstakkord uchtoushlikning birinchi aylanishi bo`lib, 6 raqami bilan ko`rsatiladi.

19.

Parallel tonalliklar

Bir biridan kichik tertsiya oralig`ida joylashgan, bir xil tovushlar, kalit belgilariga ega bo`lgan major va minor tonalliklar.

20.

Tonallik

Laddagi tovushlarning balandligi, Asosiy tovushqator pog`onalaridagi bosh ton, ya`ni, tonika ozining holatiga ko`ra aniqlanadi. Tonillik nomi lad va tonikadan tuziladi.



5-TOPSHIRIQ


Diatonik va xromatik yordamchi tovushlar “ mavzusi bo`yicha 4ta varianli, qiyinlik darajasi 8ta va o`rta darajadagi 8ta, jami 16 ta test tuzing


Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling