O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Majorning nomi nomdosh ohangdoshliklar bilan murakkablashuvi (major – minor, dur - moll)
Download 1.32 Mb.
|
Qodirova Shaxnoza
Majorning nomi nomdosh ohangdoshliklar bilan murakkablashuvi (major – minor, dur - moll).
Majorning nomdosh nimor ohangdoshliklari bilan murakkablashuvi majorda (garmonik major) minor uchun harakterli bo`lgan minor Subdominantasi (s) ning vujudga kelishi bilan boshlangan. Minor subdominantasi funksional aloqalar asosida o`zining asosiy uchtovushligi sII va tsVI bilan tertsiya nisbatida joylashgan nomdosh minorning subdominanta guruhidagi qolgan boshqa ohangdoshliklar bilan asta – sekin qurshaladi. Natijada nomdosh minorning butun subdominanta guruhi majorga batamom qoshilib ketadi. Keyinchalik majorga nomdosh tabiiy minorning boshqa bir harakterli ohangdoshligi – uning major dominantasi (d) kiradi. Minor dominantasi ko`rsatib o`tilgan o`sha funksional aloqalar orasida, dominant guruhining boshqa ohangdoshliklari ya`ni, dtIII va dVII bilan asta sekin qurshaladi. Natijada major nomdosh minorning tabiiy dominant guruhidagi barcha akkordlar bilan ham boyiydi: S va d guruhidagi shu akkordlarning hammasi uchtovushliklar va septakkordlar (kamdan – kam hollarda nonakkordlar) shaklida aylanmalari bilan nomdosh minorning o`sha funksional shart sharoitlarida major qo`llanilishi mumkin. Balakirev asarida ham ko`rishimiz mumkin: Minorning nomdosh major ohangdoshliklari bilan murakkablashuvi (major – minor, dur - moll) Minorning nomdosh major ohangdoshliklari bilan murakkablashuvi garmonik minorda major uchun harakterli bo`lgan majord dominantasi D ning vujudga kelishi bilan boshlangan. Major dominantasi major va minor tuzilishi bilan moslasha borgani sayin, u asta – sekin o`z funksional guruhi: DTIII va DVII ning qolgan ohangdoshliklari bilan qurshala boradi: Keyinchalik majordan minorga tabiiy majoring boshqa bir harakterli ohangdoshligi – uning major subdominantasi S kiradi (qisman esa yangi stilistik normalarda “tiklanadi”). Majorli S ko`rsatib o`tilgan funksional aloqalari asosida o`z guruhidagi boshqa barcha akkordlar bilan SII va TSVI bilan qurshaladi: Minorni boyituvchi nomdosh majordagi D va S guruhining anu shu hamma akkordlari va uning aylanmalari minorda uchtovushlik va septakkordlar(kamdan kam holllarda nonakkordlar) shaklida nomdosh majordagi o`sha funksional shartlar asosida qo`llaniladi: Ikki tonikadan birining ustunligi haqida. Major va minorning shu hildagi barcha murakkablashuvlarida nomdosh laddan birida tonikadan keyin ma``lum bir ustunlik (vaqtincha bo`lsa ham ) mohiyati saqlanadi va u major yoki minorning boyitilishidagi bir biridan ishonchli belgi bo`lib qoladi. Bu hol major va minorning o`zaro ta`siridsan hosil bo`ladigan shu hildagi murakkab ladlardan har birining strukturasini aniqlaydi. Shu asosda nomdosh minorning (dur - moll) beqaror funksional guruhidagi ohangdoshliklar bilan boyitilgan major ladini major – minor deb nomdosh majoring (moll - dur) shu hildagi beqaror ohangdoshliklar guruhi bilan boyitilgan minor ladi esa – minor – major deyiladi.
Major – minor akkordi ko`pincha o`zining yondosh dominantalari yordami bilan kiritiladi. Bu usul yondosh tonikalarning katta doirasini o`ziga birlashtiradigan nomdosh sistema chegarasida bo`ladigan og`ishlarning tuli – tumanligini vujudga keltiradi: Minor – majorda bu xildagi og`ishlar juda kam uchraydi. Major – minor alteratsiyalangan ohangdoshliklar Ladlarni murakkablashtiruvchi va major – minor sistemalarini hosil qiluvchi ohangdoshliklar doirasiga faqat tabiiy va garmonik ko`rinishdagi lad akkordlargina emas, balki ba`zi alteratsiyalangan akkordlar ham kiradi. Masalan, alteratsiyalangan qo`shaloq dominant yoki alteratsiyalangan subdominanta yuqoridagidek qo`llanish normalari asosida minordan keyinroq majorga o`tgan. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling