O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Yer resurslaridan samarali foydalanishning omillari va ko’rsatkichlari. Yer monitoringi


Download 1.77 Mb.
bet45/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

4.Yer resurslaridan samarali foydalanishning omillari va ko’rsatkichlari. Yer monitoringi

Qishloq xo’jaligida yer resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi xo’jaliklarga berkitilgan yer resurslardan foydalanish samaradorligi sifatida ham, qishloq xo’jaligiga yaroqli yer va uning alohida turlari bo’yicha foydalanishning samaradorligi sifatida ham xarakterlaydigan ko’rsatkichlar tizimi orqali ifodalanishi mumkin. Ko’rsatkichlarning bir qismi turli xil yer resurslari maydonlari hajmining miqdoriy o’zgarishlarini xarakterlaydi va ma’lum darajada ulardan foydalanishning ekstensiv xarakterini aks ettiradi, boshqa qismi yerdan foydalanishning intensiv darajasini xarakterlaydi, ya’ni 1 gektar maydon hisobiga to’g’ri kelgan u yoki bu ishlab chiqarish samarasini aks ettiradi.


Birinchi guruh ko’rsatkichlarga, yer resurslarini qishloq xo’jaligi oborotiga jalb qilish darajasini aks ettiruvchi, yer resurslaridan, qishloq xo’jaligiga yaroqli yerdan va haydaladigan yerdan foydalanish koeffisiyentlari kiradi.
Yer resurslaridan foydalanish koeffisiyenti ( YeRFK) qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarni xo’jalikka berkitilgan jami yer maydoniga nisbati bilan ifodalanadi.





Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlardan foydalanish koeffisiyenti (Q/XYaYeFK). Haydaladigan yerlarni(HYe) qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarga(Q/XYaYe ) nisbati bilan ifodalanadi.





Haydaladigan yerlardan foydalanish koeffisiyenti (HYeFK) jami ekin maydonlarini(JEM) haydaladigan yerlarga(HYe) nisbati bilan ifodalanadi.



Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlardan intensiv foydalanishsamaradorligining asosiy ko’rsatkichlari yer qaytimi va yer sig’imidir. Yer qaytimi 1 ga qishloq xo’jaligiga yaroqli yerga to’g’ri kelgan sof mahsulotni(SM) ifodalasa, yer sig’imi, 1 so’mlik sof mahsulot qancha gektar yerdan olinganligini ifodalaydi.





Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlardan intensiv foydalanishsamaradorligining qo’shimcha ko’rsatkichlari ana shu yerlardan olingan natura va qiymat shaklidagi yalpi va tovar mahsulotlari hisoblanadi. Yer qaytimi va yer sig’imining natural ko’rsatkichlari alohida olingan xo’jaliklarda yoki bir xil tabiiy va iqtisodiy sharoitlarda joylashgan va bir xil ixtisoslashgan xo’jaliklarda alohida mahsulot turlarini ishlab chiqarish nuqtai nazaridan qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlardan foydalanish samaradorligini baholashda foydalanilinadi. Yer qaytimi va yer sig’imining natural ko’rsatkichlari 1 ga qishloq xo’jaligiga yaroqli yer hisobiga to’g’ri kelgan qishloq xo’jaligi yalpi va tovar mahsulotini xarakterlaydi va aksincha:





Bunda har bir tur qishloq xo’jaligi mahsuloti uni ishlab chiqarish uchun kerak bo’lgan qishloq xo’jaligiga yaroqli yerga mos keladi. Yer qaytimining natural ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi:


1 ga yerdan olingan qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi; 100ga haydaladigan yer hisobiga to’g’ri kelgan, sentner: g’alla, paxta, kartoshka, sabzavot va boshqalar .
100 ga qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarga yoki ozuqa ekinlari maydoni hisobiga ozuqa ishlab chiqarish, ozuqa birligi.
100 ga qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar hisobiga ishlab chiqarish, sentner sut, go’sht (turli xil), jun, tuxum, g’alla, paxta va boshqalar.
Dehqonchilik, chorvachilik yoki butun qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish nuqtai nazaridan, shuningdek boshqa turli ixtisoslashgan xo’jaliklarni taqqoslashda, yer resurslaridan foydalanishning samaradorligini baholash uchun yalpi va tovar mahsuloti qiymatini, shuningdek foydani qishloq xo’jaligiga yaroqli yerga bo’lib hisoblaydigan, yer qaytimi va yer sig’imining qo’shimcha qiymat ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.



Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlardan foydalanish samaradorligini xarakterlaydigan ko’rsatkichlarga, shuningdek dehqonchilik, chorvachilik alohida mahsulotlarini ishlab chiqarishning, shuningdek tarmoqlar va butun qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining rentabelligi ham kiradi.


Taqqoslanadigan xo’jaliklarda yer resurslaridan foydalanishning samaradorligini baholashda qishloq xo’jaligiga yaroqli yer turlari (haydaladigan yer, pichanzor, yaylov) o’rtasidagi, ya’ni tuproq unumdorligi o’rtasidagi farqni hisobga olish zarur. Buning uchun yerni iqtisodiy baholash ballaridan foydalaniladi. Taqqoslama (kadastr) yer maydonidan olingan u yoki bu mahsulotni yoki hosildorlikni aniqlash uchun haqiqiy ko’rsatkichni 100 ga ko’paytirib va yer bahosi balliga bo’lish kerak. Masalan: 1 ga yerdan olingan paxta hosildorligi 25 sentner bo’lib, shu yerning iqtisodiy bahosining balli 90 ga teng bo’lsa, u holda 1 gektar kadastr maydonidan olingan hosildorlik 27,7(25x 100:90=27,7) sentnerni tashkil etadi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirishning zaruriy sharti, hozirgi vaqtda ayni dolzarb masala bo’lgan, yer resurslaridan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish hisoblanadi. Chunki hozirgi vaqtda respublikada ham, viloyatda ham asossiz ravishda qishloq xo’jaligidagi unumlm yerlar oborotdan chiqarilib, sanoat va grajdan qurilishiga, aholiga uy-joy qurish uchun berib yuborilmokda. Tuproq erroziyasi, yerdan xo’jasizlarcha foydalanish va boshqa omillar ham yerdan foydalanishga salbiy ta’sir ko’rsatmokda.
Bozor munosabatlariga o’tish, yerga nisbatan davlat mulki monopoliyasini va markazlashtirishni bekor qilish, yer munosabatlarining bozor iqtisodiyoti tizimiga faol kirib borishini taqozo etadi.
Yer resurslaridan yuqori, samarali foydalanish—qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini ko’paytirish va tuproq unumdorligini oshirish ta’siri ostida bo’ladi. Bu omillar yerga bo’lgan mulkchilik va zonalararo ilmiy asoslangan dehqonchilik sistemasidir.
Birinchi guruh omillar, bu yerga bo’lgan mulkchilik bo’lib, uning shakllari yuqorida 2 bobda ta’kidlanganidek quyidagilardan kelib chiqadi:
1.Yerga bo’lgan xususiy mulk;
2.Yerga umrbod merosli egalik qilish;
3.Yerdan foydalanish;
4.Yerni ijaraga berish;
5.Yer uchun to’lov.
Bu shakllardan foydalanishning samaradorligini oshirish o’simlikchilik tarmoqlari iqtisodi mavzularida kengroq yoritiladi.
Yer resurslaridan samarali foydalanishning umumlash-tiruvchi ikkinchi guruh omillari ilmiy asoslangan dehqonchilik sistemasi bo’lib, u tuproq unumdorligini tiklaydigan, saqlaydigan va oshiradigan, dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarishning qulay sharoit yaratishga yo’naltirilgan, kompleks o’zaro aloqador agrotexnik, meliorativ va tashkiliy-iqtisodiy tadbirlarni ifodalaydi.
Respublikamizda ishlab chiqilgan ilmiy asoslangan dehqonchilik sistemasi ekin maydonlaridan intensiv foydalanishga yo’naltirilgan quyidagi katta kompleks tadbirlarini o’z ichiga oladi;
1.Tuproqning iqtisodiy umumdorligini oshirish bo’yicha amalga oshiriladigan meliorativ tadbirlar sistemasi (sug’orish, zaxni qochirish, ximiyaviy meliorasiya va boshqalar).
2.Tuproqni ishlashining ilmiy asoslangan sistemasi (Akad. Muhammadjonov tavsiyasi).
3.Almashlab ekish sistemasi.
4.O’g’itlash sistemasi.
5.Urug’chilik.
6.Begona o’tlar bilan, qishloq xo’jalik ekinlari kasalliklari bilan kurashuvchi tadbirlar sistemasi.
7.Suv va shamol erroziyasiga qarshi kurash tadbirlari sistemasi.
8.Dalalarni himoya qiluvchi o’rmonzorlar barpo qilish.
Yer resurslarini muhofaza qilish va foydalanishni nazorat qilishni amalga oshirish ishida muhim rolni monotoring o’ynaydi. Yer monitoringi, yerdan foydalanishda salbiy (negativ) jarayon oqibatlarini bartaraf etish va ogohlantirish, yer resurslaridan o’zgarishlarni aniqlash, ularni baholash uchun yer resurslari holatini kuzatish sistemasini ifodalaydi. Monitoringning vazifasi, shuningdek davlat tomonidan yerlarni muhofaza qilish va undan foydalanishni nazorat qilishni, hamma davlat, kooperativ va boshqa korxona va tashkilotlar, shuningdek fuqarolarni yer resurslarini muhofaza qilish va samarali foydalanish maqsadida yer qonunchiligi talablariga qat’iy rioya qilishni ta’minlashni amalga oshirishdan iborat.



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling