O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


-rasm. Asosiy ishlab chiqarish vositalari klassifikasiyasi


Download 1.77 Mb.
bet48/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

1-rasm. Asosiy ishlab chiqarish vositalari klassifikasiyasi


2.Asosiy ishlab chiqarish vositalari bilant ta’minlanish ko’rsatkichlari, ularning harakati, sifat holati va foydalanish samaradorligining omillari

Qishloq xo’jaligining asosiy rivojlanish qonuniyati — bu ishlab chiqarish fondlarining doimo o’sib borishini, uning strukturasini yaxshilanishini va samaradorligini oshishini taqozo etadi.


Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi ko’p jihatdan ularning asosiy ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlanganligiga bog’liq. Asosiy vositalar bilan yetarli darajada ta’minlanmaslik mahsulot miqdori va mehnat unumdorligining sekin o’sishiga hamda mahsulot tannarxining oshishiga, takror ishlab chiqarish manbalarinig kamayishiga olib keladi. Shu bilan bir qatorda asosiy vositalarning «ortiqchaligi» va to’g’ri foydalanmaslik ularning o’lik holatda turishiga, pirovard natijada ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligining pasayishiga olib keladi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining asosiy ishlab chiqarish vositalar bilan ta’minlanganligining absolyut ko’rsatkichi sifatida fondlar bilan ta’minlanish koeffisiyentidan foydalanish mumkin. Bu ko’rsatkich mavjud mehnat vositalarini ularning me’yoriyextiyojiga nisbatiorqali topiladi.
1. Fondlar bilan ta’minlanish koeffisiyenti:


AVx - haqiqatda mavjud asosiy vositalar;


AVm - asosiy vositalarga bo’lgan me’yoriy ehtiyoj.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini asosiy vositalar bilan ta’minlanishining salmoqli ko’rsatkichlari bo’lib ishlab chiqarishning fondlar bilan to’yinish va mehnatning fondlar bilan qurollanish darajalari hisoblanadi:
2.Ishlab chiqarishning fondlar bilan to’yinishi ko’rsatkichi:

3.Fondlar bilan qurollanish ko’rsatkichi:



XS – xodimlar soni.


Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining asosiy vositalar bilan ta’minlanishining salmoqli ko’rsatkichlariga yana ishlab chiqarishning energiya bilan to’yinishi va mehnatning energiya bilan qurollanishi kiradi.
4.Energiya bilan to’yinish ko’rsatkichi, ot kuchi:



En.Q – energetik ustanovkalarning quvvati.


5.Energiya bilan qurolanish darajasi, ot kuchi:

XS – xodimlar soni


6.Elektr bilan to’yinish ko’rsatkichi, kvt/soat:



El.En. – elektr energiyasi, kvt.


7.Elektr bilan qurollanish ko’rsatkichi, kvt/soat:

Qishloq xo’jaligi korxonalarining, jumladan fermer xo’jaliklarining umumiy energetika quvvati korxona - ehtiyojlari uchun foydalanadigan barcha mexanik dvigatellar quvvatining hamda elektr dvigatellar quvvatlarining yig’indisiga tengdir. Bular traktorlar, g’alla o’rish kombaynlarining dvigatellari, avtomobillar, elektr qurilmalari, stasionar dvigatellar va boshqa mexanik dvigatellarning asosiy turlaridir. Mexanik dvigatellarniing quvvatiot kuchi (o.k.) bilan o’lchanadi. Bir ot kuchi - 75 kg.m./sek.ga (75 kg yukni bir sekundda bir metr balandlikka ko’tarish uchun talab qilinadigan energiyaga) barobardir. Elektr dvigatellarining kilovatt(kvt)da ifodalangan quvvati 1,136 koeffisiyenti yordamida ot kuchiga aylantiriladi yoki aksincha ot kuchida ifodalangan dvigatellar quvvati 0,735 koeffisiyent yordamida qilovatga(kvt) aylantiriladi.


Mexanizasiya yordamida bajarilgan ishlar odatda shartli etalon gektarga aylantirib hisob-kitob qilinadi.Uning tartibini quyidagi misolda ko’rish mumkin: masalan, fermer xo’jaligining 500 gektar yeri boronalangan (zagon uzunligi 600m.,relyef 5 gradus, etalon gektarga aylantirish koeffisiyenti 0,085) bo’lsa. Demak, uning yeri 42,5 shartli etalon gektarga (500 x 0,085) tengbo’ladi.

8.Asosiy vositalarining o’sish koeffisiyenti:





AVo’K - asosiy vositalarning o’sish koeffisiyenti;


AVDQ - asosiy vositalarning dastlabki qiymati;
AVYBQ - asosiy vositalarning yil boshidagi qiymati.
9. Asosiy vositalarning safdan chiqish koeffisiyenti:

SChAVDQ – safdan chiqqan asosiy vositalarning dastlabki qiymati
10.Asosiy vositalarning yangilanish koeffisiyenti:

YDQQAV- yil davomida qabul qilingan asosiy vositalar


YOAVDQ- yil oxirida asosiy vositalarning dastlabki qiymati
11. Fond qaytimi:



12. Fond sig’imi:





SM – sof mahsulot, so’m


Fqiy. – fond qiymati, so’m
13. Ishlab chiqarish fondlarining aylanishi:



AI/ChF – asosiy ishlab chiqarish fondlari, so’m;


A-qayta tiklashga ajratilgan amortizasiya ajratmasi, so’m.
14.Ishlab chiqarish fondlarining iqtisodiy samaradorligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:



SD(F) – sof daromad yoki foyda, so’m;


AVo’QQ – asosiy vositalarning o’rtacha qoldiq qiymati, so’m.
Ishlab chiqarish asosiy fondlaridan foydalanishning samaradorligi omillari quyidagilar:
1. Asosiy vositalar bilan ta’minlanish.
2. Asosiy vositalar tarkibi.
3. Asosiy va moddiy aylanma vositalari o’rtasidagi nisbat.
4. Mehnatni tashkil qilish va haq to’lash.
5. Ilg’or texnologiyadan foydalanish.



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling