O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Chorvachilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli


Download 1.77 Mb.
bet117/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

2.Chorvachilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli

2000 yilda 1990 yilga nisbatan aholi jon boshiga go’sht ishlab chiqarish qariyb 14 % ga, tuxum-51,5% ga, jun-2 marta, qorako’l teri- 2,3 marta, pila 45% ga kamaygan.


O’zbekistonda ko’p yo’nalishdagi chorvachilik tarmoqlari rivojlantiriladi. Ularning asosiy mahsulotlari ayrim davrlarda quyidagi miqdorda ishlab chiqarilgan (1-jadval).
2014 yilda 2011 yilga nisbatan aholi jon boshiga ishlab chiqarish – go’sht 16,1 % ga, sut 18,7 % ga, tuxum 37,1 % ga va jun 10,0% ga oshgan.
Demak, asosiy chorva yalpi mahsulotlarining o’sishida barqarorlik ta’minlangan bo’lib, pilla va qorako’lda deyarli o’zgarish bo’lmagan. Bunday holatni chorva mollari soni va ularning mahsuldorligidagi o’zgarishlarni umumiy tahlil qilish yo’li bilan ham aniqlash mumkin.
Quyidagi jadval(2-jadval)da asosiy chorva mollari sonidagi o’zgarishlar keltirilgan.


1-jadval
O’zbekistonda asosiy chorva mahsulotlari ishlab chiqarish tahlili(2011-2014 yy.)*


Mahsulot turlari

Yillar


Aholi jon boshiga, kg

2011

2012

2013

2014



2011

2012

2013

2014

Barcha toifadagi xo’jaliklar

1.

Barcha turdagi
yalpi go’sht (tirik vaznda), ming tonna

1564,2


1672,9


1787,8


1906,3


52,9


55,8


58,6


61,4


2.

Sut, ming tonna

6766,2

7310,9

7885,5

8431,6

228,9

243,7

258,6

271,8

3.

Tuxum, mln. dona

3441,7


3873,7


4388,1


4950,0


116,4


129,1


143,9


159,6


4.

Jun, ming tonna

28,7

31,1

32,4

34,4

1,0

1,0

1,1

1,1

5.

Pilla, ming tonna

24,7


25,0


25,4


26,1


0,8


0,8


0,8


0,8


6.

Qorako’l teri, ming dona

1022,3


1116,9


1062,1


1061,3


34,6


37,2


34,8


34,2


* O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari.
2000 yilda 1990 yilga nisbatan qoramollar soni 27,6 foizga, qo’y va echkilar - qariyb 1,7 foizga, otlar-50 foizga ko’paygan, cho’chqalar soni esa-8,8 marta, parrandalar-2,6 marta kamaygan. Asosiy mahsuldor hayvonlarni sharti qoramolga aylantirilgan soni- qariyb 8 foizga ko’paygan.
Chorva mollari ayrim turlarining ma’lum darajada kamayishi yoki ularning o’sish sur’atining nisbatan pastligi, chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste’moldagi ayrim tarkibiy o’zgarishlar bo’lsa bu kamchiliklar 2004 yilga kelib birmuncha muvofiqlashtirishga erishildi.
Ayrim turlar – cho’chqachilik, parrandachilikdagi bu nomutanosiblikni barham berishda ma’lum darajadagi natijaga erishildi.
Keyingi davrda chorva mollari boshsonining, jumladan qoramollar bosh sonining oshib borishi, hukumatimiz tomonidan bu sohaga yuksak e’tibor qaratilayotganligining yorqin natijasidir.
Chorva mollarining mahsuldorlik ko’rsatkichlarida ham o’zgarishlar mavjud. Masalan, 1990 yilda oldingi 10 yillikka har bir bosh sigirdan sog’ilgan sut 3,9 marta, tovuqdan olingan tuxum-3 marta, qo’ydan qirqilgan jun - qariyb 3 marta, so’yilgan hayvonlarning vazni ham sezilarli darajada oshgan.
2000 yilda 1990 yilga nisbatan ayrim hayvonlarning mahsuldorlik ko’rsatkichlari biroz pasaygan. Masalan, har bir bosh sigirdan sog’ilgan sut 14 foizga, har bir tovuqdan olingan tuxum-7 foizga, so’yilgan qoramollarning vazni - qariyb 9 foizga kamaygan. Mahsuldorlik ko’rsatkichlarining pasayishi dastavval hayvonlarni oziqlantirish darajasining pastligi va boshqa real imkoniyatlardan foydalanish holati bilan bog’liq.



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling