O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov
Chorvachilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli
Download 1.77 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsulot turlari
2.Chorvachilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli
2000 yilda 1990 yilga nisbatan aholi jon boshiga go’sht ishlab chiqarish qariyb 14 % ga, tuxum-51,5% ga, jun-2 marta, qorako’l teri- 2,3 marta, pila 45% ga kamaygan. O’zbekistonda ko’p yo’nalishdagi chorvachilik tarmoqlari rivojlantiriladi. Ularning asosiy mahsulotlari ayrim davrlarda quyidagi miqdorda ishlab chiqarilgan (1-jadval). 2014 yilda 2011 yilga nisbatan aholi jon boshiga ishlab chiqarish – go’sht 16,1 % ga, sut 18,7 % ga, tuxum 37,1 % ga va jun 10,0% ga oshgan. Demak, asosiy chorva yalpi mahsulotlarining o’sishida barqarorlik ta’minlangan bo’lib, pilla va qorako’lda deyarli o’zgarish bo’lmagan. Bunday holatni chorva mollari soni va ularning mahsuldorligidagi o’zgarishlarni umumiy tahlil qilish yo’li bilan ham aniqlash mumkin. Quyidagi jadval(2-jadval)da asosiy chorva mollari sonidagi o’zgarishlar keltirilgan. 1-jadval O’zbekistonda asosiy chorva mahsulotlari ishlab chiqarish tahlili(2011-2014 yy.)*
* O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari. 2000 yilda 1990 yilga nisbatan qoramollar soni 27,6 foizga, qo’y va echkilar - qariyb 1,7 foizga, otlar-50 foizga ko’paygan, cho’chqalar soni esa-8,8 marta, parrandalar-2,6 marta kamaygan. Asosiy mahsuldor hayvonlarni sharti qoramolga aylantirilgan soni- qariyb 8 foizga ko’paygan. Chorva mollari ayrim turlarining ma’lum darajada kamayishi yoki ularning o’sish sur’atining nisbatan pastligi, chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste’moldagi ayrim tarkibiy o’zgarishlar bo’lsa bu kamchiliklar 2004 yilga kelib birmuncha muvofiqlashtirishga erishildi. Ayrim turlar – cho’chqachilik, parrandachilikdagi bu nomutanosiblikni barham berishda ma’lum darajadagi natijaga erishildi. Keyingi davrda chorva mollari boshsonining, jumladan qoramollar bosh sonining oshib borishi, hukumatimiz tomonidan bu sohaga yuksak e’tibor qaratilayotganligining yorqin natijasidir. Chorva mollarining mahsuldorlik ko’rsatkichlarida ham o’zgarishlar mavjud. Masalan, 1990 yilda oldingi 10 yillikka har bir bosh sigirdan sog’ilgan sut 3,9 marta, tovuqdan olingan tuxum-3 marta, qo’ydan qirqilgan jun - qariyb 3 marta, so’yilgan hayvonlarning vazni ham sezilarli darajada oshgan. 2000 yilda 1990 yilga nisbatan ayrim hayvonlarning mahsuldorlik ko’rsatkichlari biroz pasaygan. Masalan, har bir bosh sigirdan sog’ilgan sut 14 foizga, har bir tovuqdan olingan tuxum-7 foizga, so’yilgan qoramollarning vazni - qariyb 9 foizga kamaygan. Mahsuldorlik ko’rsatkichlarining pasayishi dastavval hayvonlarni oziqlantirish darajasining pastligi va boshqa real imkoniyatlardan foydalanish holati bilan bog’liq. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling