2.Qoramolchilikning intensiv rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli
O’zbekistonda uzoq yillar maxsuldorligi past, issiq iqlim sharoitiga moslashgan, kasalliklarga chidamli qoramolchilik rivojlantirilgan. Tarmoqning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida xorijiy mamlakatlardan zotdor va metis qoramollar sotib olingan. Respublika olimlari va mutaxassislari ularni iqlim sharoitiga moslashtirish ishlarini amalga oshirdilar va hokazo.
O’zbekistonda qoramollarning sonini va ularning maxsuldorligini oshirish, binobarin, sut va go’sht maxsulotlarini ko’paytirishga erishildi(1-jadval).
1-jadval
O’zbekistonda qoramollar va sigirlar bosh sonining davrlar bo’yicha o’zgarishi dinamikasi(2005-2014 yy.)*
Yillar
|
Jami qoramollar,
ming bosh
|
Shu jumladan sigirlar
|
Jami qoramol boshiga nisbatan, sigirlar, %
|
2005
|
6571,4
|
2821,3
|
42,9
|
2006
|
7044,6
|
2982,5
|
42,3
|
2007
|
7457,9
|
3124,9
|
41,9
|
2008
|
8026,3
|
3327,1
|
41,4
|
2009
|
8510,7
|
3535,7
|
41,5
|
2010
|
9094,7
|
3758,1
|
41,3
|
2011
|
9642,7
|
3878,4
|
40,2
|
2012
|
10141,3
|
3935,0
|
38,8
|
2013
|
10607,3
|
4020,6
|
37,9
|
2014
|
10995,2
|
4084,3
|
37,1
|
* O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari.
Taxlil shuni ko’rsatadiki, O’zbekistonda 2005-2014 yillarda qoramollarning bosh soni keskin oshgan. 2014 yili 2005 yilga nisbatan ularning bosh soni 4423,8 ming boshga yoki 67,3 % ga ko’paygan. Shu jumladan sigirlar soni xam oshib, 2005 yildagi 2821,3 boshdan 2014 yilda 4084,3 ming boshga yetgan hamda 1263 boshga yoki 44,8 % ga oshgan. Lekin bu davrda sigirlarning salmog’i 42,9 % dan 37,1 % ga kamaygan. Shu yillarda qormallar tarkibida boshqa yirik shoxlilarning soni va salmog’i oshib borgan. Bu ko’rsatkich 2014 yilda 2005 yilga nisbatan 51,7 % dan 62,9 % ga ko’tarilgan. Tahlil etilayotgan davrda, ekstensiv rivojlanish hisobiga bo’lsa ham, chorvachilik mahsulotlari, ya’ni go’sht va sut ishlab chiqarishning asosiy ko’rsatkichlari, turli toifalar bo’yicha ijobiy tomonga quyidagicha o’zgarib borgan (2-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |