O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov
Pillachilikning rivojlanishi hozirgi axvoli va istiqboli
Download 1.77 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-jadval O’zbekistonda pilla yetishtirishning asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlari(2011-2014 yy.)*
2.Pillachilikning rivojlanishi hozirgi axvoli va istiqboli
Pillachilik Xitoyda meloddan oldin 3 minginchi yillarda, O’zbekistonda esa melodning 5–6 asrlaridan boshlab rivojlandi. Uning urug’ini tayyorlash va boshqa jarayonlarning oddiy usullarda bajarilishiga qaramasdan pilla ishlab chiqarish hajmi bo’yicha respublikamiz jaxon mamlakatlari ichida yetakchi o’rinlardan birini egallagan. Ip xamda ipakli gazlamalarga talabning oshishini hisobga olib pillachikni rivojlantirish chora- tadbirlari amalga oshirilgan. Grenzavodlar qurilgan, serbargli, serhosil tut navlari ekilgan va hokazo. 2000 yilda 1990 yilga nisbatan yalpi pilla 36% ga kamaydi. Bunday holat, asosan, pillani qayta ishlashdagi hamda uni eksport qilishdagi qiyinchiliklar bilan bog’liq. 1-jadval O’zbekistonda pilla yetishtirishning asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlari(2011-2014 yy.)*
* O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plammateriallari. O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 Jadval ma’lumotlari shuni ko’rsatadiki, 2011-2014 yillarda respublikada asosiy pilla yetishtiruvchilar asosan fermer xo’jaliklari bo’lib, ular jami yetishtirilgan pillaning 93-98 % ini tayyorlaganlar. Shuningdek, dehqon va aholi shaxsiy yordamchi xo’jaliklarida pilla yetishtirilmaganligi sababli qolgan hissa, ya’ni 2-6,5 % gacha, qishloq xo’jaligi faoliyati bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarga to’g’ri kelgan. Lekin, yildan-yilga ularning hissasi oshib bormoqda. Bunga sabab, respublikaning ayrim tumanlarida tashkilotlar uchun barcha sharoitlarga ega bo’lgan pilla yetishtiruvchi alohida markazlar tashkil etish eksperiment tariqasida sinab ko’rilmoqda. Kelajakda barcha talablarga javob javob beruvchi ana shunday markazlashgan pilla yetishtiruvchi markazlarni ko’paytirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Istiqbolda pillachilikni tiklash va uni yanada ko’paytirish omillaridan va imkoniyatlaridan oqilona foydalanish eng muxim vazifadir. Mustaqillik yillarida (2010-2014 yillarda)ipak qurtining quyidagi turlari rayonlashtirilgan: AS*VD. 372.UZ.2011 y.,DV*SA. 372.UZ.2011 y., Zarbdor-1.8.UZ.2011 y., Zarbdor-2.8.UZ.2011 y., Iqbol 1*iqbol 2. 325.UZ.2012 y., Iqbol 2*iqbol 1.325.UZ.2012 y., Navro’z 1. 8.UZ.2013 y., 8.Navro’z 2. 8.UZ.2013 y.,ToshDAU 112 * O’zIITI 9. 8.UZ.2014 y., 10. O’zIITI 9 * ToshDAU 112.8.UZ.2014 y. kabilar. Ta’kidlanganidek, pilla yetishtirishda uning eng asosiy ozuqasi bo’lgan tutchilikni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Mustaqillik yillarida bu borada ham seleksioner olimlar ancha ishlarni amalga oshirishdi. Jumladan, shu davrda,ya’ni mustaqillik yillarida (2010-2014 yillarda) tut daraxtining quyidagi navlari rayonlashtirilgan: SANIISh – 34.8.UZ.2013 y., Jarariq – 7.8.UZ.2012 y., Jarariq – 8. 8.UZ.2012 y., Jarariq – 2. 8.UZ.2013 y., Jarariq – 4. 8.UZ.2013 y., Jarariq – 5.8.UZ.2013 y.,Jarariq – 9. 8.UZ.2014 y., Jarariq – 10. 8.UZ.2014 y. kabilar. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling