O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Qo’ychilikning rivojlanishi, hozirgi axvoli va istiqboli


Download 1.77 Mb.
bet123/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

2.Qo’ychilikning rivojlanishi, hozirgi axvoli va istiqboli

O’zbekistonda qo’ychilik noqulay yer va iqlim sharoitlari hamda aholining ko’p yillik tajribasini hisobga olib rivojlantiriladi. Qo’ychilik maxsulotlari, ularning bosh soni va maxsuldorligini oshirish evaziga ko’payadi.


2000 yilda 1940 yilga nisbatan jami qo’ylar soni 1,8 marta, shu jumladan qorako’l zotdor qo’ylar – 3,2 marta ko’paygan. Qorako’l teri va undan tayyorlanadigan tovarlarni ichki va tashqi bozorlarda sotishda vujudga keladigan qiyinchiliklar tufayli qorako’l terining keskin kamayib ketishi kuzatilmokda. Masalan, 1990 yilda 1401,6 ming dona ishlab chiqarilgan bo’lsa 2000 yilda 747 ming dona yoki 47% foiz kam ishlab chiqarilgan. 2000 yilda qo’zilarni teri uchun so’yish kamaytirilib, o’sishga, binobarin, bosh sonini ko’paytirish uchun qoldirilgan.Oxirgi yillarda har bir qirqilgan ko’ydan olingan jun miqdori ham kamaygan. Natijada 2000 yilda 1990 yilga nisbatan yalpi jun olish qariyb 40% foizga kamaygan.

Bu kamchiliklar 2004 yilga kelib bir muncha to’g’rilana boshlandi.

Shu narsani alohida ta’kidlash kerakki, O’zbekistonda qo’ychilikning asosiy salmog’ini qorako’lchilik, ya’ni qorako’l zotli qo’ylar tashkil qiladi. Qorako’l zotli qorako’l qo’ylar 2005 yilning boshiga kelib, barcha kategoriyadagi xo’jaliklarda 7300 mingga yaqin boshni tashkil qilgan.

O’zbekiston 1900 yilgacha qorako’l qo’ylarning asosiy qismi bo’lgan yagona mamlakat bo’lib, shu davrda respublikada 3 mln.boshga yaqin qorako’l qo’y bo’lgan.

XX asr boshlarida Buxorodan kam sonli qorako’l qo’y zotlarini Janubiy – G’arbiy Afrika (hozirda Namibiya) davlatiga olib kirilgan edi. Mana shu qism qo’ylar Janubiy–G’arbiy Afrika Respublikasida qorako’lchilik-ning rivojlanishiga asos bo’lgan.

1850 yilda Parijda o’tkazilgan xalqaro ko’rgazmada fransuzlar birinchi marta manto va jaketlarni taklif qilishganda jahon bozorining asosiy e’tiborini tortdi.

Jahonda qorako’l ishlab chiqarishda sobiq ittifoq uzoq vaqt monopolist bo’lib kelgan, ittifoqda qorako’l yetishtirish bo’yicha O’zbekiston birinchilardan bo’lib kelgan.


Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling