O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov
Download 1.77 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddiy aylanma vositalar
Asosiy vositalar qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi jarayonida uzoq vaqt ishtiroq etib (bir qancha yillar, bir qancha ishlab chiqarish jarayoni davomida) o’zining natura buyum shaklini saqlab qoladi. Uning qiymati amortizasiya shaklida yangidan yaratilgan mahsulot qiymatiga asta-sekin o’tib, shu mahsulotning ishlab chiqarish xarajatlariga, ya’ni tannarxiga qo’shiladi. Misol uchun traktorlar, kombaynlar, qishloq xo’jaligi mashinalariinng eskirish qismi shular jumlasiga kiradi.
Moddiy aylanma vositalar, asosiy vositalardan farqli o’laroq, ishlab chiqarish jarayonida bir marta ishtiroq etib, o’zlarining shakllarini o’zgartiradi va bir vaqtning o’zida o’z qiymatlarini yangidan yaratilgan mahsulot qiymatiga to’liq o’tkazadi. Misol uchun, urug’lik, yem, yoqilg’i moylash materiallari, o’g’it va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Shu bilan birga qishloq xo’jaligida moddiy resurslarni asosiy va aylanma vositalarga bo’lishda noaniq joylari bo’lib, buni mahalliy va mineral o’g’itlarda yaqqol ko’rish mumkin. Bular shu yil sotib olinib, yerga shu yil solinadi va xarajatga to’liq qo’shiladi. Mavjud tannarxni oshirib yuboradi. Lekin ularning o’simlikka ta’siri bir necha siklda davom etadi. Xuddi shunga o’xshash yosh ko’p yillik daraxtlar ham. Ishlab chiqarishga moliyaviy resuslar ham aktiv ta’sir ko’rsatadi. Ular uchga bo’linadi. 1.Davlat pul vositalari; 2.Qishloq xo’jaligi korxonalari pul vositalari; 3.Tovar ishlab chiqaruvchilar pul vositalari. Ular ishlab chiqarishning to’xtovsiz harakatini ta’minlash uchun, shuningdek ijtimoiy-madaniy tadbirlar uchun foydalaniladi. Ularning tarkibiga muomila fondlari, amortizasiya fondi, kapital mablag’lar, foyda va boshqalar kiradi. I.Bundan tashqari kelib chiqishiga qarab ishlab chiqarish resurslari ikkiga bo’linadi: 1.Tabiiy (yer-suv, o’rmon, hayvonot dunyosi, quyosh energiyasi ) 2.Iqtisodiy (asosiy vositalar, moddiy oborot vositalari) II.Takror ishlab chiqarish imkoniyatiga qarab ishlab chiqarish resurslari ikkiga bo’linadi. 1.Yangilanadigan (mehnat, moddiy); 2.Yangilanmaydigan (yer, suv). III.Foydalanish xarakteriga qarab ishlab chiqarish resurslari ikkiga bo’linadi; 1.Potensial resurslar (korxonaga berkitilgan mavjud ishlab chiqarish resurslari); 2.Harakatdagi resuslar(potensial resursning bir qismi bo’lib, ular asta-sekin korxonaning ishlab chiqaruvchi kuchlariga aylanadi). IV.Foydalanish shakli va hajmiga qarab harakatdagi resurslar ikkiga bo’linadi: 1.Qo’llanilgan resurslar(resurs potensiali); 2.Iste’mol qilingan resurslar(tannarx). Hozirgi kunda qishloq xo’jaligida mahsulot tannarxi tarkibiga:bevosita mehnat haqi (ajratmalar bilan) xarajatlari, o’g’itlar, amortizasiya, urug’lik, yoqilg’i moylash materiallariga sarflangan xarajatlar, ish va xizmat to’lovlari, yagona yer solig’i va boshqa ayrim soliqlar, sug’urta to’lovlari, umumishlab chiqarish xarajatlari, va boshqa bevosita xarajatlar kabi moddalar kiradi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling