O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Download 1.77 Mb.
bet30/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

3.Mehnat tushunchasi va uning roli. Yollanma xodim va mulk egasi mehnati

Jamiyatning moddiy va ma’naviy boyliklarining manbalari inson mehnati hisoblanadi. Kishilik jamiyatining turli bosqichlarida mehnat boylik yaratuvchi, uni ko’paytiruvchi muhim ishlab chiqarish omili bo’lib kelgan. Shuning uchun asrlar davomida mehnat boylikning otasi deya, qadrlangan va ulug’langan. Respublikamizda mustaqillik yillarida mehnat munosabatlariga oid ko’pgina me’yoriy hujjatlar qabul qilingan bo’lib, shulardan, 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi «Mehnat Kodeksi»ning 1-bob 8-moddasida mehnatning ulug’vorligi to’g’risida shunday deyilgan:еспубликасирр «Har bir shaxsning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlanadi, bu himoya mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini tekshiruvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek mehnat nizolarini ko’ruvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi». Demak, mehnat va uni amalga oshiruvchi shaxs doimo jamiyatning diqqat e’tiborida bo’lar ekan. Bu borada, haqiqatda, mehnatni kishilik hayotining asosiy sharti ekanligini va insonnning o’zining ham kamolotga yetishuvi mehnat orqali amalga oshganligini ta’kidlash joizdir.


Mehnat – bu insoning maqsadli faoliyati bo’lib, bu jarayonda u tabiat predmetlarini o’zining ehtiyojlarini qondirish uchun moslashtiradi va o’zgartiradi. O’z kuchini qo’shgani holda inson, mehnat qurollaridan foydalanib, tabiat bergan materiallarni, kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondiradigan moddiy ne’matlarga, boyliklarga aylantiradi. Mehnat jarayoni, insoning ish joyida, uning mehnat faoliyatining ma’lum natijalariga erishishga yo’naltirilgan harakatlarining to’plamini bildiradi. Bu ma’noda "mehnat jarayoni" tushunchasi, "ishlab chiqarish jarayoni" tushunchasiga nisbatan ancha tor tushunchadir. Ishlab chiqarish jarayoni har biri ma’lum bir bosqichni va tayyor mahsulot olishni aks ettiruvchi, bir butun mehnat jarayonlari kompleksi bazasida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ko’p hollarda ishlab chiqarish jarayoni, inson mehnati ishtirokisiz ham, tabiiy omillar ta’siri ostida sodir bo’ladi. Mehnat jarayoni, ma’lumki o’z ichiga uch elementni: mehnat vositasi, mehnat predmetlari va bevosita inson mehnatining o’zini oladi. Ishlab chiqarish vositalarisiz mehnat jarayoni ma’nosiz bo’ladi, o’z navbatida inson mehnatisiz ishlab chiqarish vositalari ham o’likdir va hyech narsa yarata olmaydi. Kishilar mehnati ishlab chiqarish vositalarini harakat qilishga va insonning maqsadini amalga oshirishda birga harakat qilishga majbur qiladi. Mehnat vositalari va mehnat predmetlarini yarata borib va tabiatga ta’sir etib, inson, o’zini ham o’zgartiradi, uning malakasi, bilimi va ishlab chiqarish tajribasi oshadi. Jamiyat rivojlanishi bilan mehnat vositalari takomillasha boradi, ishlab chiqarish jarayoniga yangi-yangi iqtisodiy resurslar jalb qilinadi. Fan va texnika o’z rivojlanishida qanchalik ilgarilab ketmasin, mehnat jarayonida mehnat o’zining yetakchilik, hal qiluvchi rolini yo’qotmaydi. Mehnat iqtisodiy kategoriya hisoblanadi va uning xarakteri ishlab chiqarish munosabatlari bilan aniqlanadi. Qishloq xo’jaligida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish shunga yo’naltirilganki, bunda har bir xodimdan, mehnatga xuddi yollanma kunbaychidek befarq va ma’suliyatsiz emas, balki pirovord natijaga javobgarligini sezgan holda yondoshish, munosabatda bo’lishni talab etiladi. Oxir oqibat bu mehnatdan uzoqlashish degan g’ovni olib tashlaydi. Xo’jayin va yollanma xodim o’rtasidagi asosiy farqlar quyidagilardan iborat: birinchidan, xo’jayin ishlab chiqarish vositalariga va mos ravishda ishlab chiqarilgan mahsulotga ham mulkdor va xo’jayindir. Yollanma xodimda esa bu mulk yo’q; ikkinchidan, xo’jayinning daromadlari (mehnat haqi) pirovord natijalarga bog’liq holda va qoldiq prinsipi bo’yicha shakllanadi, boshqacha so’z bilan aytganda, sotilgan mahsulot qiymatidan moddiy va boshqa sarf-to’lovlar, soliqlar va boshqalar ajratib tashlangandan keyingi daromadlardan shakllanadi. Daromadlarning qolgan qismiga xo’jayin mustaqil egalik qiladi. Yollanma xodim ishda bo’lgan vaqtiga yoki bajargan ishining hajmiga qarab ish haqi oladi, u pirovard natijaga bog’liq emasdir.


4. Qishloq xo’jaligida mehnat resurslari shakllanishi va foydalanishining o’ziga xos xususiyatlari va tarkibi. Ish kuchi bilan ta’minlanish, ish kuchining mavjudligi va harakati ko’rsatkichlari

Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish samaradorligi mehnat resurslarining miqdoriga, tarkibiga, malakasiga va ulardan foydalanish samaradorligiga bog’liq. Qishloq xo’jaligida mehnat resurslariga mehnatga yaroqli erkaklar -16 dan 60 yoshgacha, ayollar -16 dan 55 yoshgacha, shuningdek qishloq joyda yashovchi o’smirlar va nafaqaxo’rlar kiradi.Bu haqda O’zbekiston respublikasi “Mehnat kodeksi” ning 77 -“Ishga qabul qilishga yo’l qo’yiladigan yosh” moddasida: ”Ishga qabul qilishga o’n olti yoshdan yo’l qo’yiladi”deb yozib qo’yilgan


Qishloq xo’jaligi korxonalarida mehnat resurslari tarkibiga
1. Doimiy;
2. Mavsumiy;
3. Vaqtinchalik ishchilar, shuningdek, shtatda turuvchi;
4. O’smirlar;
5. Nafaqaxo’rlar kiradilar.
Shu jumladan:
1.Doimiy ishchilarga-muddatsiz ishga qabul qilinganlar;
2.Mavsumiy ishchilar-6 oygacha muddatga qabul qilinganlar;
3.Vaqtinchalik ishchilarga-2 oygacha muddatga qabul qilinganlarkiritiladi.
2012 yilda respublikada o’smirlar soni 9040,8 ming kishini, mehnat resurslari soni 18517,6 ming kishini va nafaqaxo’rlar soni 2435,1 ming kishini tashkil etgan. Bu 2003 yilga nisbatan mos ravishda o’smirlar sonining 1404,2 ming kishiga yoki 4,3 % ga kamayganligini, mehnat resurslari va nafaqaxo’rlarning 4084 kishiga yoki 28,3% ga va 606 ming kishiga yoki 33, 1% ga o’sganligini bildiradi. Qishloqda esa shu davrda o’smirlar va mehnat resurslarining soni mos ravishda 1,727 ming kishiga yoki 26,5 % ga va 18,5 ming kishiga yoki 0,2 % ga kamayganligini ko’rsatib, faqat nafaqaxo’rlar sonining 33,6 ming kishiga yoki 3,4 % ga oshganligidan dalolat beradi.
Demak, respublika bo’yicha o’smirlar sonining kamayishi tug’ilishning kamayishi hisobiga, mehnat resurslarining o’sishi esa asosan shaharliklar hisobiga to’g’ri kelgan.
Shuningdek, 2012 yilda respublikaga kelganlar soni 4,5 ming kishini va chiqib ketganlar soni 45,4 ming kishini tashkil etgan bo’lib, aholi migrasiyasi saldosi – 40,9 ming kishiga teng bo’lgan. 2003 yilda esa bu ko’rsatkich -88,1 ming kishini tashkil qilgan.
Quyidagi 1-jadvalda mehnat resurslari va aholining bandligi to’g’risidagi 2003-2012 yillar tahlili berilgan.
2012 yilda 2003 yilga nisbatan iqtisodiy faol aholi 3228,9 ming kishiga yoki 33,6 % ga ko’paygan.Shu jumladan ayollar 37,7 % ga va erkaklar 30,3 % ga oshgan. Shu davrda jami iqtisodiy faol aholining 95,1 % i yoki 12223,8 ming kishi iqtisodiyot tarmoqlarida band bo’lgan. Bu yerda ayollar soni 31,8 % ga va erkaklar soni 24,1 % ga oshgan.Umuman iqtisodiyot tarmoqlarida band bo’lganlar shu davrda 27,5 % ga ko’paygan.
Demak, keyingi 10 yilda mehnat resurslari tarkibida ayollarning salmog’i oshib borgan.Bu iqtisodiyotning turli sohalarida tadbirkorlikning rivojlanishi va bunda erkaklar bilan bir qatorda ayollar mehnatining o’rni oshib borayotganligining yaqqol isbotidir.
Korxonalarning mehnat resurslaridan tashqari ba’zi hollarda qishloq xo’jaligida (mavsumiy ishlarda) mehnat shartnomasi asosida chetdan jalb qilinganlar mehnatidan ham foydalaniladi, shu jumladan yollanma ishchilar ham. Qishloq xo’jaligida mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanishning asosiy xususiyatlari quyidagilar:
1.Biologik ishlab chiqarish vositalari, tirik organizmlar-tuproq, o’simlik, hayvonlarni rivojlantirishga qulay sharoitlar yaratish uchun xodimlar mehnati mazmunining yo’naltirilganligi. Bu qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish tirik organizmlarning rivojlanishi, o’zgarishiga, ularning tabiatini noorganik elementidan organik moddalarga sintezlashuviga bog’liqdir;



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling