O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov
Ish kuchidan foydalanishning mavsumiyligi, uning ko’rsatkichlari va omillari
Download 1.77 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)
5. Ish kuchidan foydalanishning mavsumiyligi, uning ko’rsatkichlari va omillari
Qishloq xo’jaligida ish kuchidan foydalanish bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu ishlab chiqarish sharoitidan, foydalaniladigan texnologiyadan, texnika bilan ta’minlanish darajasidan, qishloq mehnatkashlari uchun dehqon xo’jaligining mavjudligidan kelib chiqadi. Shunday xususiyatlardan biri ish davri va ishlab chiqarish davrining mos kelmasligidan kelib chiqadigan ish kunidan foydalanishning mavsumiyligidir. Mavsumiylik ish muddatining qisqaligidan, ayniqsa dehqonchilikda, ekish, hosilni yig’ish va boshqa jarayonlarning ob-havoga bog’liqligidan kelib chiqadi. Eng ko’p vaqt bizda hosilni yig’ib oladigan oylarga to’g’ri keladi (sentyabr-oktyabr), eng oz vaqt esa qish oylari (yanvar-fevral)ga to’g’ri keladi. Qishloq xo’jaligida ish kuchidan foydalanishning mavsumiyligi darajasini bildiradigan bir qancha ko’rsatkichlar mavjud: 1.Mehnat xarajatlarining oylik va o’rtacha oylik taqsimlanishi. Xodimlar sonini yoki oylar bo’yicha ishlangan kishi/soatlarini 12 oyga bo’lib topiladi: 2.Mehnatdan foydalanishning mavsumiylik koeffisiyenti. Tekshirilayotgan oydagi mehnat xarajatini o’rtacha oylik mehnat xarajatiga bo’lib topiladi: 3.Mavsumiy yuklamaning notekislik koeffisiyenti. Maksimal yoki minimal oydagi mehnat xarajatini o’rtacha oylik mehnat xarajatiga bo’lib topiladi: 4.Mavsumiy tebranishi. Maksimal oydagi mehnat xarajatini minimal oydagi mehnat xarajatiga bo’lib topiladi: M: Xo’jalikda yil davomida 399 ming kishi/soati ishlangan, maksimal mehnat xarajatlari iyul oyida 34,4 ming kishi/soatini, minimal mehnat xarajatlari yanvar oyida – 20,3 ming kishi/soatini tashkil etgan u holda o’rtacha oylik mehnat xarajati bir yilda 33,2 (399000:12) ming kishi/soati, mavsumiylik koeffisiyenti oktyabr oyida - 1,03 ni (34400:33250), yanvarda esa 0,61 ni (20300:33250), mavsumiylik tebranishi esa 1,69 (34400:20300) ni tashkil etgan. Ish kuchidan foydalanish samaradorligini oshirishning muhim ahamiyati, yil davomida ish kuchidan bir tekis foydalanishni ta’minlaydigan, qishloq xo’jaligi mehnatining mavsumiyligini pasaytirish imkoniyatlarini izlab topishdadir. Qishloq xo’jaligida ish kuchidan foydalanish mavsumiyligini kamaytirishning asosiy omillari quyidagilar: 1.Ishlab chiqarishni mexanizasiyalashtirish va intesivlik darajasini oshirish. Uning oshishi qishloq xo’jaligi ishlarining eng tig’iz davrida mehnat xarajatlariga bo’lgan iste’molni kamaytirish va shu bilan qish va yoz oylaridagi xodimlarga bo’lgan ehtiyoj o’rtasidagi farqni qisqartirish. 2.Ishlab chiqarishning tarmoq strukturasi. Tarmoq strukturasini takomillashtirish yil davomida ish kuchiga bir tekisda ehtiyoj bo’lgan tarmoq va mahsulot turi salmog’ini ko’paytirish demakdir. Dehqonchilikda bunga ekish muddati, ishlov berish, pishib yetilishi va hosilni yig’ib terib olish bo’yicha ekin va navlarni tanlash yo’li bilan erishiladi. Chorvachilikda esa dehqonchilikka nisbatan yil davomida xodimlar bandligi ancha yuqoridir. Shuning uchun qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining umumiy hajmida chorvachilik salmog’ini oshirish ham xodimlar bandligining ancha tekis bo’lishini ta’minlaydi. 3.Yordamchi korxonalar va hunarmandchilik. Fermer xo’jaligidagi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat korxonalaridagi va sexlaridagi ishlar mavsumiy xarakterga ega va dala ishlari ancha tig’iz bo’lgan paytlarda hyech zararsiz to’xtatib qo’yilishi mumkin. Bu qishloq xo’jaligi mehnati mavsumiyligiga barham berishi va ish kuchining qish oylaridagi bandligini oshirishga imkon beradi. Bundan tashqari yordamchi korxonalar va hunarmandchilik o’z joyida o’z xom ashyosidan foydalanib, xo’jalikka qo’shimcha pul daromadlari, xodimlar uchun qo’shimcha ish haqi manbai bo’lib xizmat qiladi. Qishloq xo’jaligida ish kuchidan yaxshiroq foydalanishning katta imkoniyati ijtimoiy va individual qurilishni rivojlantirish, kapital ta’mirlash, yo’l qurilishi, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmatni tashkil qilish, qishloq xo’jaligida sanoat ishlab chiqarishi kooperasiyasidan foydalanishga ham bog’liq. 4.Kadrlar malakasi. Qishloq xo’jaligi xodimlarining malakasini oshirish, ularning aralash ixtisos va mutaxassisliklarni egallashi, fermer xo’jaliklarida ishlovchilarni qurilish, meliorativ va boshqa ishlarga, ya’ni qish oylari qilinadigan ishlarga jalb qilish ham ish kuchidan foydalanishning mavsumiyligini ancha yumshatadi. 5.Xo’jalik operasiyalarining bajarilish muddatlari. Ish kuchidan ancha oqilona foydalanish alohida xo’jalik operasiya (mineral va mahalliy o’g’itlarni tashish, urug’ni tayyorlash va boshqalar)larni nisbatan ancha bo’shroq vaqtlarga ko’chirishga imkon beradi. 6.Mehnatni oqilona tashkil qilish. Mehnat jarayonlarini oqilona tashkil etish, texnika va xodimlarni yagona ishlab chiqarish siklida birlashtirish, ishni oz sonli kishilar bilan bajarish, ish kuchiga bo’lgan ehtiyojni pasaytiradi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling