O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov
Qishloq xo’jaligida mehnat bozori
Download 1.77 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)
6. Qishloq xo’jaligida mehnat bozori
Ish kuchi bozori. Bozor iqtisodiyotida ish kuchi ikkita sharoit ta’sirida tovarga aylanadi. Birinchidan, kishi ozod bo’lishi kerak va o’z ish kuchiga mustaqil egalik qilish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Ikkinchidan, u ishlab chiqarish vositalaridan mahrum bo’lishi kerak, aks holda unda ish kuchini sotish zaruriyati bo’lmaydi. Qishloq xo’jaligida bundaylar yollanma xodimlar hisoblanadi. Bozorda u o’z ish kuchinining egasi, sotuvchi sifatida xaridor bilan qarama - qarshi turadi. Ish kuchi, boshqa tovarlar singari, iste’mol qiymat va qiymatga ega. Ish kuchining iste’mol qiymati, uning o’z mehnat qobiliyati bilan iste’mol qiymat va qiymatga ega bo’lgan yangi tovar yaratishidir. Boshqa tovarlardan farq qilib ish kuchi iste’mol jarayonida o’z qiymatidan ko’p bo’lgan daromad yaratadi. Bu ortiqcha daromad qo’shilgan qiymatning tarkibidir. Ish kuchining qo’shilgan qiymat yaratish qobiliyati pirovard natijada tovar bo’lgan ish kuchining iste’mol qiymatidir. Tovar sifatida ish kuchining qiymati, uni takror ishlab chiqarish uchun kerak bo’ladigan ijtimoiy zaruriy mehnatning miqdori bilan o’lchanadi. Shuning uchun ish kuchining qiymati tirikchilik vositalari fondini tashkil qiladi. Tirikchilik vositalari fondi xodimlar shaxsiy iste’molining moddiy asosi sifatida namoyon bo’ladi va shaxsiy iste’molga kiradigan moddiy ne’mat va xizmatlarning yig’indisini ifodalaydi. Tirikchilik vositalari fondining manbai va asosiy iqtisodiy shakli mehnat haqi hisoblanadi. Xodimlar tirikchilik vositalari fondining bir qismi, shaxsni rivojlantiradigan va maorif, medisina xizmati, turli xil nafaqa va boshqalarga sarflanadigan shaxsiy va ijtimoiy iste’mol fondlaridir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish kuchiga bo’lgan taklifning talabdan oshib ketishi ish kuchi (mehnat) bozorini bo’lishini muqarrar qilib qo’yadi. Qishlok xo’jaligida ish kuchi bozori ilgari ham mavjud edi, lekin u chegaralangan, o’zgartirilgan ko’rinishda edi. U tarmoqqa rahbarlikning ma’muriy - qo’mondonlik usuli tufayli o’ziga xos bo’lgan vazifani bajara olmas edi va xodimlarni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonini tashkil qilish va tartibga solishning qo’llanadigan shakllari takomillashmaganligi tufayli qishloq mehnatkashlarining ish joyi va mashg’ulot turini tanlash erkinligi chegaralangan edi. Qishloq mehnatkashlarining davlat mulkiga ham xo’jayni sifatidagi huquqi to’la emas, ishga joylashishda, mehnatiga yarasha haq olishda mehnatga bo’lgan qobiliyatdanuzoqlashish sodir bo’lar edi. O’rta Osiyo Respublikalari qishloq xo’jaligida tub aholining hayotiy, mehnat va iste’mol bilan bog’liq, manfaatlar va milliy xususiyatlarni hisobga olmasdan, monokulturada, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini joylashtirishda yaxshi o’ylamasdan, investisiya va struktura siyosatini amalga oshirish natijasi bandlikni ta’minlashda paydo bo’ladigan salbiy hodisalarga olib keldi. Jamoa va davlat xo’jaliklarining ko’p qismini yiriklashtirishga olib kelgan va dastlabida kichik shakldagi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini chegaralagan va keyinchalik butunlay ta’qiqlab qo’ygan yirik ishlab chiqarish va davlat mulk shakllarini yoppasiga rivojlantirish siyosati oqibatida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi va mehnat resurslarini joylashtirishdagi nomuvofiqlik yuzaga keldi. Qishloq xo’jaligining hozirgi rivojlanish etapida ish kuchi bozorini tan olishning to’g’riligi quyidagi bir qancha omillarga bog’liq: Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling