O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov
Resurslar potensialini hisoblash uslublari, vazifalari, ko’rsatkichlari va ulardan samarali foydalanish omillari
Download 1.77 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)
2. Resurslar potensialini hisoblash uslublari, vazifalari, ko’rsatkichlari va ulardan samarali foydalanish omillari
Bozor munosabatlarigacha foydalanib kelingan, ishlab chiqarish samaradorligining xarajatli konsepsiyasi va shu asosda tuzilgan ko’rsatkichlari, resurslarning istemol qilingan qismidan foydalanish samaradorligini, ya’ni haqiqiy joriy xarajatlarni baholashga imkon berar edi. Xarajatli ko’rsatkichlar ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oqilona baholashga imkon bermas edi. Chunki bir qism ishlab chiqarish resurslari qandaydir sabablarga ko’ra mahsulot ishlab chiqarishda faol qatnashaolmas edi. Bunday sharoitda jamiyatning bir qism resurslardan foydalanish darajasi pasayib ketar edi. Resurslarni tejashga qaratilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida, muhim vazifa bo’lib, joriy xarajatlarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash emas, balki qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligini aniqlash, ya’ni jami iste’mol qilingan resurs potensialidan foydalanishning samaradorligini aniqlash hisoblanadi (ishlab chiqarish samaradorligini resurs konsensiyasi). Bu muammoni hal qilishninig qiyin tomoni shundaki, turli xil ishlab chiqarish resurslari qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish samaradorligiga turli xil tasir ko’rsatadi va turli xil o’lchov birliklarida hisoblanadi. Bundan tashqari respublikaning turli viloyat va xo’jaliklarida ishlab chiqarish resurslari turli xil nisbatda joylashgan. Bu esa albatta xo’jalik yuritishning pirovard natijasida o’z aksini topadi. Mustaqillikkacha va undan keyingi yillarda ham agrar iqtisodchilar qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan resurs potensialining umumiy miqdorini aniqlashning uslubiy asoslarini ishlab chiqishga harakat qildilar. Shulardan, resurs potensialini hisoblashning quyidagi uchta uslubini amaliyotda qo’llash mumkin deb topilgan edi: 1.Umumiy o’lchovli qishloq xo’jaligiga yaroqli maydon bo’yicha 2.Korrelyasiya-regressiya tahlilidan foydalanish asosida; 3.Ishlab chiqarish resurslarining puldagi bahosi bo’yicha. Qo’llaniladigan resurs potensiali miqdorini aniqlashning birinchi uslubi osonroq bo’lib, uni umumiy o’lchovli qishloq xo’jaligiga yaroqli maydon bo’yicha aniqlanadi. Qishloq xo’jaligiga yaroqli yer umumiy o’lchovga aylantirish yo’li bilan mehnat, yer-suv va moddiy resurslarni iqtisodiy baholash orqali amalga oshiriladi. Xo’jalik yerlari sifatining indeksi, shuningdek fond va mehnat resurslari bilan ta’minlanishi shu ko’rsatkichlarni o’rtacha viloyat yoki o’rtacha tuman ko’rsatkichlariga nisbati bilan topilar edi. Resurs bilan ta’minlanishning jami indeksi (qo’llanilgan resurs potensiali) xususiy indekslarning yig’indisini to’rtga (ishlab chiqarish resurslari soniga) bo’lib hisoblanilar edi. Resurs potensialiga shartli baho beradigan ushbu usulni qo’llash, chegaralangan xarakterga ega edi. Ikkinchi uslubning mohiyati - resurs potensialining miqdorini korrelyasiya - regressiya tahlilidan foydalanish asosida hisoblash, har bir resurs turining tovar mahsulot ishlab chiqarishga miqdoriy ta’sirini aniqlashdan iborat. Bu uslub bo’yicha hisob-kitoblar qishloq xo’jaligi hisoblash markazlariga ega bo’lgan standart dasturlar bo’yicha bajarilishi mumkin. Uchinchi uslub ishlab chiqarish resurslarini pulda baholashga asoslangan. Mehnat resurslarini baholash qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda band bo’lgan yillik o’rtacha xodimlar sonini qo’shimcha mablag’ bilan bitta xodimning chiqib ketish kompensasiya sharoiti normativiga qo’paytirish yo’li bilan aniqlangan. O’rtacha statistik ma’lumotlar asosida, sanoat va qishloq xo’jaligida mehnatning fondlar bilan qurolanishini hisobga olgan holda sanoatda bitta xodimning ishdan ozod bo’lish xarajatlaridan kelib chiqib hisoblanilgan. Shuningdek, moddiy resurslarning pulda bahosi qishloq xo’jaligiga taaluqli asosiy ishlab chiqarish vositalari va moddiy oborot vositalari qiymatining o’rtacha yillik summasi sifatida aniqlangan. Takroriy hisoblashlardan qutulish uchun asosiy vositalar summasidan ko’p yillik daraxtlar qiymati chiqarib tashlangan. Chunki u yer resurslarini pulda baholashda bir marta hisobga olingan. Keyin esa qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida qo’llanilgan resurslar potensialining jami pulda bahosi ko’rsatkichini hisoblash mumkin bo’lgan. Lekin, resurslarni (mehnat resurslari va yer resursini) bunday uslublarda baholashlar ham ularning haqqoniy qiymatiga uncha yaqin kelaolmas edi. Shuning uchun ishlab chiqarish resurslarini baholashning boshqacharoq uslublari to’g’risida biz keyingi alohida maxsus boblarda (shu bobning “Mehnat resurslarini iqtisodiy baholash uslubiyoti” deb nomlangan 8-paragrafida va 6-“Qishloq xo’jaligining yer-suv resurslari va ulardan samarali foydalanish” bobining “Mulk munosabatlari sistemasida yer resurslari. yer mulkini ro’yobga chiqarishning iqtisodiy mexanizmi” deb nomlangan 2 -paragrafida) fikr yuritamiz. Umuman resurs potensiali ko’rsatkichi ishlab chiqarishni boshqarishning turli xil vazifalarini amalga oshirish uchun foydalaniladi. 1.O’lchash; 2.Tartibga solish; 3.Rag’batlantirish. Birinchidan: o’lchash funksiyasi, resurs potensialini tashkil qiluvchi elementlarini turli tezlikda va turli yo’nalishiga (qishloq xo’jaligida mehnat resurslari kamayish tendensiyasiga ega, yer resurslari o’zgarmaydi, moddiy resurslar esa tez ko’payib turadi) qarab vujudga keladigan, shuningdek qishloq xo’jaligini ishlab chiqarish resurslari bilan taminlashni aniqlashda namoyon bo’ladi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining resurslar bilan ta’minlanishi mutloq va nisbiy salmoqni aniqlash ko’rsatkichida xarakterlanishi mumkin. Absolyut ko’rsatkich bu resurs bilan ta’minlanish koeffisiyentidir. Salmog’ini aniqlash ko’rsatkichlari 1.Resurslar bilan ta’minlanish 2.Mehnatning resurslar bilan qurollanishi Ikkinchidan, o’lchov funksiyasi, resurs potensialidan foydalanish samaradorligini baholash imkoniyatini ifodalaydi. Uning ko’rsatkichlari quyidagilar. 1.Resurs qaytimi 2.Resurs sig’imi Qo’shimcha ko’rsatkichlar esa quyidagilar: Iste’mol qilingan resurslar potensialidan foydalanish samaradorligining asosiy ko’rsatkichi yuqorida aytib o’tilganidek, mahsulot tannarxidir. Uchinchidan, o’lchov vazifasi, qishloq xo’jaligi iqtisodiy samaradorligi va intensivlik darajasini aniqlash imkoniyati bilan ifodalanadi. 2.Tartibga solish funksiyasi. Resurs potensiali miqdorini hisobga olish yo’li bilan kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlashda teng imkoniyatlar yaratish va xo’jalik yuritishning iqtisodiy sharoitlarini tenglashtirish imkoniyatlarida aks etadi. 3.Rag’batlantirish funksiyasi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish resurslaridan ancha samaraliroq foydalanishda ichki imkoniyatlarni izlab topishda namoyon bo’ladi. Ulardan baholarning tashkil topishida, ixtisoslashtirishni chuqurlashtirishda foydalanilishi mumkin. Resurslarning yuqorida keltirilgan baholash usullari ularning samaradorligini shartli o’rganishga imkon beradi, holos. Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha resurslarning qimmati talab va taklif hamda qiymat qonunlarining aniq talablari asosida aniqlanishi zarur. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling