YoMQ – yosh mollar qiymati, so’m;
SM – sotilgan mahsulot, so’m;
MAVo’YQ – moddiy aylanma vositalarning o’rtacha yillik qiymati, so’m.
4.Moddiy aylanma vositalar 1 aylanishining davomiyligi:
AyK-aylanish koeffisiyenti.
5. Moddiy aylanma vositalarning rentabelligi:
Moddiy aylanma vositalardan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy omillari quyidagilar:
1.Mahsulot tannarxini pasaytirish va sifatini yaxshilash;
2.Moddiy aylanma vositalarni optimal me’yorlashtirish;
3.Moddiy aylanma vositalarning tejamkorligi;
4.Moddiy aylanma vositalar aylanishining davomiyligini qisqartirish;
5.Moddiy aylanma vositalarining tarkibiy tuzilishi;
6.Ilg’or shakllarda mehnatni tashkil etish va unga haq to’lash;
7.Ilg’or texnologiyadan foydalanish;
Tayanch iboralar:
Asosiy vositalar, aylanmavositalar, doiraviy aylanish, me’yorlashtirish, muomala fondlari, pul vositalari, tayyor mahsulotlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, ishlab chiqarish zaxiralari, material qaytimi, material sig’imi, fond qaytimi, fond sig’imi.
Savollar
Qishloq xo’jaligining moddiy texnika bazasi va uning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Asosiy vositalar deb nimaga aytiladi va ularning klassifikasiyasi?
Aylanma vositalar va ularning klassifikasiyasi qanday?
Asosiy va aylanma vositalardan foydalanishning iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari?
Asosiy va aylanma vositalardan foydalanishning samaradorligini oshirish omillari?
8-BOB. QISHLOQ XO’JALIGI INFRATUZILMASI
«O’zbekistonda demografik vaziyatning o’ziga xosligi, inson salohiyatining rivojlanishi ijtimoiy infrastrukturani, eng avvalo, sog’liqni saqlash va aholiga kommunal-maishiy xizmat ko’rsatishni tegishli darajada rivojlantirishni ham talab qilmoqda»
Do'stlaringiz bilan baham: |