O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov
Ishlab chiqarish infratuzilmasining iqtisodiy ahamiyati
Download 1.77 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)
2.Ishlab chiqarish infratuzilmasining iqtisodiy ahamiyati
Ishlab chiqarish infratuzilmasi ishlab chiqarish vositalarining me’yoriy harakatini ta’minlovchi va ularning uzoq vaqt davomida ishga yaroqliligini saqlashga yordam beruvchi tarmoqlarni o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarish infratuzulmasi tarkibiga bevosita qishlok xo’jaligiga xizmat qiluvchi quyidagi tarmoqlar kiradi: 1.Ishlab chiqarishga mo’ljallangan transport; 2.Ta’mirlash ustaxonalari; 3.Ombor va sovuqxonalar; 4.Kommunikasiya, pochta va telegraf aloqasi tizimi; 5.Elektr uzatish liniyalari; 6.Texnik xizmat ko’rsatish stansiyalari; 7.Ilmiy ishlab chiqarish laboratoriyalari; 8.Hisoblash markazlari; 9.Tayyorlash, savdo korxonalari; 10.Moddiy texnika ta’minoti; 11.Meliorasiya va irrigasiya inshootlari. Bundan tashqari unga yana maxsus xizmat ko’rsatuvchi xizmat va bo’limlar ham kiradi: 1.O’simliklarni himoya qilish; 2.Agrotexnika; 3.Veterinariya; 4.Sun’iy qochirish; 5.Texnika ta’mirlash; 6.Huquqiy. Ishlab chiqarish infratuzilmasining shakllanishiga ko’p omillar ta’sir qiladi. Bular ichida muhimlari tuproq iqlim sharoiti, joyning relyefi, yer hududining konfigurasiyasi bilan ta’minlanganligi, yopiq joylar va yo’llar, korxonalarning, ishlab chiqarish obyektlarining joylashishi, qo’llaniladigan texnologiyalar, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentrasiyalash darajasi. Bu omillar ko’p jihatdan butun ishlab chiqarish infratuzilmasining tarkibiga va ichki xo’jalik bo’linmalarining katta kichikligiga va korxonalar funksional faoliyatining o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq. Qishloq xo’jaligining ishlab chiqarish infratuzilmalari obyektlari bilan ta’minlanishi uzoq yillardan beri ancha past yoki o’zgarmasdan qolmokda edi. Ishlab chiqarish infratuzilmalarining muhim yo’nalishi bo’lgan, qishloq xo’jaligini qishloq xo’jaligi texnikalarini ta’mirlash bo’yicha optimal quvvatni tashkil etish va unga xizmat ko’rsatish, avtogarajlar, texnikalarni saqlash,hayvonlar va maydonchalar qurish, neft omborlari va yoqilg’i moylash materiallari uchun saqlash joylari qurish kabilarga e’tibor talabga javob bermaydigan darajada edi. Qishloq xo’jaligida hozir ham ishlab chiqarish obyektlarini elektrlashtirish uchun va elektr uzatish liniyalarini ko’rish uchun yetarlicha mablag’ ajratilmayapti. Bu dehqonchilik va chorvachilikda ishlab chiqarish jarayonlariga kompleks mexanizasiyani qo’llashni qiyinlashtiradi. Ishlab chiqarish infratuzilmasidan tejamli foydalanish pirovard mahsulot sifatini yaxshilash va yo’qotishlarni qisqartirishda, mahsulot birligiga sarflanidigan moddiy-pul va mehnat xarajatlarini pasaytirishda namoyon bo’ladi. Ishlab chikarish infratuzilmasi iktisodiy samaradorligining asosiy kursatkichi bulib, infratuzilma bo’linmalari, xizmatlari va obyektlarini qurishga sarflangan xarajatlarning qoplanishi hisoblanadi. Uni hisoblashda kuyidagi formuladan foydalaniladi: Bu yerda XK –ishlab chiqarish infratuzilmasi xarajatlarining qoplanishi,so’m; PMQ- qishloq xo’jaligi pirovard mahsulotining qiymati, so’m; MX- ishlab chiqarish infratuzilmasiniyaratishga qilingan moddiy xarajatlar, so’m Hisob-kitoblarning ko’rsatishicha, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish infratuzilmalari qurishga sarflangan xarajatlar 4-6 yilda qoplanadi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling