O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov
Quyida ijtimoiy infratuzilmaning tarkibi keltirilgan
Download 1.77 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar: Infratuzilma, ishlab chiqarish infratuzilmasi, ijtimoiy infratuzilma, xalq xo’jaligi, hududiy, lokal, funksional. Savollar
- 9-BOB. QISHLOQ XO’JALIGIDA INVESTITSIYA VA KAPITAL QO’YILMALAR, ULARNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Quyida ijtimoiy infratuzilmaning tarkibi keltirilgan:
Aholining ijtimoiy infratuzilma xizmatlari bilan ta’minlanishi ijtimoiy ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi, chunki xodimlar yashash va dam olish sharoitlarining yaxshilanishi, ular malakasining oshishi mehnat unumdorligining o’sishiga imkon beradi. Lekin, bozor munosabatlariga o’tish sharoitida bu muhim yo’nalishga yetarlicha e’tibor berilmagan edi. Hozirda Respublikada qishloqning ijtimoiy infratuzilma obyektlari bilan ta’minlanish darajasi, daromadlar miqdori qishloq xo’jaligining malakali kadrlar bilan mustahkamlanishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. Bunday sharoitda dehqonchilikda fan-texnika taraqqiyotining yutuqlaridan foydalanishga katta imkoniyat yuzaga keladi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, yaxshi rivojlangan xizmat ko’rsatish shahobchalari qishloq xo’jaligi xodimlariga ish vaktidan unumli foydalanishga, o’z shaxsini rivojlantirishga katta e’tibor berishga va ijtimoiy hayotga faol ishtirok etishga imkon beradi. Tayanch iboralar: Infratuzilma, ishlab chiqarish infratuzilmasi, ijtimoiy infratuzilma, xalq xo’jaligi, hududiy, lokal, funksional. Savollar 1.Qishloqda infratuzilma tizimlarini rivojlantirish zaruriyati nimalarga asoslanadi? 2.Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish infratuzilmasi tarkibiy qismlari? 3.Ijtimoiy infratuzilma tizimlari va ularni rivojlantirishning iqtisodiy ahamiyati? 9-BOB. QISHLOQ XO’JALIGIDA INVESTITSIYA VA KAPITAL QO’YILMALAR, ULARNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH «...mo’ljallangan investisiya loyixala-rining natijasi o’laroq, iqtisodiyotda salmoqlitarkibiy o’zgarishlar ro’y bermoqda». I.Karimov 1. Investisiyalar haqida tushuncha, ularning zarurligi, ahamiyati va samaradorligi Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining oshishi mos ravishda tarmoq moddiy-texnik bazasini rivojlantirishni talab qiladi. Ishlab chiqarish fondlari hajmining ko’payishi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish potensialini kengaytirishga yo’naltirilgan moddiy va pul vositalariga qo’shimcha qo’yilma hisobiga amalga oshiriladi. Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida agrosanoat majmui tarmoqlarining barqaror rivojlanishi korxonalarga zarur moddiy va pul resurlari berishda investision faollikka ehtiyoj tug’diradi. Investisiya deganda xo’jalik faoliyati jarayonida asosiy fondlarni va aylanma vositalarni sotib olishga ajratilgan uzoq muddatli mablag’lar tushuniladi. Demak investisiya bu nafaqat asosiy fondlarni kengaytirishga mablag’lar, balki korxonaning aylanma vositalarini shakllantirishga va ularni to’ldirishga ajratilgan xarajatlar hamdir. Xo’jalik faoliyati obyektlariga ajratilgan uzoq muddatli kapitalning qo’yilishi shunda o’zini oqlaydiki, agar ular foyda olishga va samaradorlikka erishishga imkoniyat yaratsa. Investisiya bozori kapital va moliyaviy qo’yilmalar yo’li bilan asosiy va aylanma vositalarga xarajatlarni shakllantirishni bildiridi. Moliyaviy va real investisiya turlari mavjud. Birinchisi, qimmatbaho qog’ozlarni sotib olishni, shuningdek ishlab chiqarishga maqsadli pul qo’yishni ko’zda tutadi. Real investisiya-bu kapitalni asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishga, moddiy ishlab chiqarish zahiralarini qo’shimcha o’stirish maqsadida qo’yishdir. Real investisiya kapital qo’yilmalar deyiladi. Milliy hisoblar tizimida real investisiya deganda asosiy kapitalga va moddiy ishlab chiqarish vositalarini qo’shimcha o’stirishga ajratilgan qo’yilmalar tushuniladi. Bozor sharoitida qimmatbaho qog’ozlarning bir necha turlari mavjud. Egalariga aksionerlik jamiyati vositalaridagi hissasiga va uning faoliyatidagi daromad olishga guvoh huquqini beruvchi, aksionerlik jamiyati aksiyalari; Hujjatlarni chiqaruvchi, egalari va shaxslar o’rtasida qarz munosabatlariga guvohlik beruvchi obligasiyalar; Davlatning qarz majburiyatlaridagi qimmatbaho qog’ozlar, bunda qarzdor davlat hisoblanadi. Egasining sotish yoki sotib olish huquqiga guvohlik beruvchi yasama qimmatbaho qog’ozlar (masalan, veksel, xususiylashtirish cheki) Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida investisiya quyidagi yo’nalishlarga bo’linadi: Eskirgan va ishdan chiqqan investisiyalarni almashtirish; Yangi texnologiyalarni joriy qilish va zamonaviy texnika asbob uskunalarni qo’llash; Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirish; Ishlab chiqarishning yangi turlarini rivojlantirish. Qishloq xo’jaligida investisiyaning shakllanishi qo’yilgan mablag’larning qaytish tezligini hisobga olgandagi iqtisodiy asosda amalga oshiriladi. Bunga yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishning ko’payishi va uning tannarxining pasayishi sharoitidagina erishiladi Investisiya qo’shimcha sof daromad olish bilan va mablag’larning qaytish muddatini qisqarishi bilan bevosita aloqadordir. Qoplash muddati qancha oz bo’lsa, investisiyaga rag’bat shuncha ko’p bo’ladi, chunki investisiya jarayoni oqibatida mablag’larning qaytishi uzoq muddatga cho’zilsa sarflangan resurslarning qadrsizlanishi ro’y beradi. Bundan tashqari, mahsulot ishlab chiqarishdan olingan sof daromad yangi ishlab chiqarishga qo’yilishi mumkin. Mamlakat agrosanoat majmui barcha tarmoqlarini qamrab olgan iqtisodiy inqiroz investisiya siyosatida ancha jiddiyroq namoyon bo’ldi. Ishlab chiqarish va modiy texnika resurlari taqsimoti o’rtasidagi aloqaning uzilishi, bozor infratuzilmasining yo’qligi va muvofiqlikning buzilishi, shuningdek, qishloq xo’jaligi mahsulotlari baholari va sanoat tovarlari va xizmatlari baholari o’rtasidagi tengsizlikning kuchayishi, qishloq xo’jaligini samarali rivojlantirish tarmoqqa qo’shimcha mablag’lar ajratmasdan turib amalda mumkin emasligini ko’rsatdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investisiya siyosatining zaruriy elementlari quyidagilar hisoblanadi: Raqobatbardosh loyihalarni konkurs asosida tanlash; Xarajatlarning tez qoplanishi mo’ljalini olish; Investisiyani mahsulotni sotish bozori va uning sifatini hisobga olgan holda iqtisodiy asoslash; Raqobatchilarning ishlab chiqarish imkoniyatlarini hisobga olish. Qishloq xo’jaligida investisiya faoliyatini jonlantirmasdan turib ishlab chiqarish tanazzulidan chiqish, moliyaviy barqarorlikka erishish va tarmoq iqtisodiyotini ko’tarish mumkin emas. Investisiya umumiy va sof investisiyalarga bo’linadi. Sof investisiya kapital qo’yilmalar va amortizasiya ajratmalari miqdori ayirmasidan tashkil topadi. U xususiy resurlardan samarali foydalangan taqdirda qancha qo’shimcha mablag’ qo’yish talab etilishini ko’rsatadi. Sof investisiya (Is)quyidagi formula bilan hisoblanadi. Is= KQ - A Bu yerda KQ - tarmoqdagi kapital qo’yilmalar hajmi, so’m; A – asosiy fondlar eskirishidagi amortizasiya miqdori, so’m. Investisiyadan foydalanishni tahlil qilish mablag’larni birinchi navbatda eng muhimroq obe’kt va ishlab chiqarishlarga yo’naltirish zarurligini aniqlashga imkon beradi. U quyidagi tartibda olib boriladi: Dastavval eng zarur bo’lgan investisiya aniqlanadi. Masalan, tovar ishlab chiqaruvchiga traktor, avtomobil sotib olish va sigir saqlash uchun kompleks qurish zarur. Shu obeyektlardan hozirda eng muhimrog’i investisiyalash uchun tanlab olinadi; Mavjud vositalar uchun, tovar ishlab chiqaruvchi bank kreditidan foydalanadimi yoki yo’qmi bundan qat’iy nazar dastlabki to’lovlar miqdori o’rnatiladi. Bu tovar ishlab chiqaruvchining to’lov qobiliyatliligini o’rnatish va uning ishlab chiqarishni investisiyalash bo’yicha maqsadining jiddiyligini aniqlash uchun talab etiladi; Shu investisiya turidan yillar davomida mablag’ tushishi baholanadi. Masalan, traktor, avtomobil yoki sut kompleksidan foydalanishdan; Tovar ishlab chiqaruvchi investisiyadan foydalanishga rozi bo’lgan, bank krediti bo’yicha foiz stavkasi tanlanadi; Yillar davomida qo’yilgan mablag’ni sof daromadga taqqoslash yo’li bilan pul mablag’larining joriy miqdori hisoblanadi. Investisiya variantini tanlash haqida qaror qabul qilinadi. Bunday holda, agar shu mablag’dan kelgan sof daromad investisiya kapitali miqdoridan ko’p bo’lsa, unda shu variant optimal deb tan olinadi. Investisiyalash variantini tanlashni kelajakdagi daromadni diskontlash yordamida o’tkazish mumkin. Tovar ishlab chiqaruvchi kapital tovarni sotib olish va sotib olish xarajatlarini taqqoslashdan kelib chiqqan holda amalga oshiradi. Kutilayotgan daromad, kapital tovarni uning xizmat muddati davomida foydalanishdan tushadigan har yilgi tushumidan yig’iladi, bunda investisiyalash bir vaqtda amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan shu kapital tovarga investisiya miqdorini aniqlash talb etiladi. Bu shu shart bilanki, ma’lum bir muddat foydalanganda kerakli daromad olinadigan bo’lsin. Bunday hisob-kitoblarni kelajakdagi daromadlarni diskontlash deb, shu paytdagi kapital tovar uchun to’lanadigan kerakli mablag’ni esa – diskontlangan qiymat deb qabul qilingan. Diskontlangan qiymat(Dq) foiz stavkasiga bog’liq. Har yili bir xil miqdordagi daromadda diskontlangan qiymat quyidagi formulada topiladi: Bu yerda: A – bankning yillik foiz stavkasida kutilishi mumkin bo’lgan pul; F – foiz stavkasi, %; Y- yillik daromadlar kutilayotgan davr, yil. Masalan, agar tovar ishlab chiqaruvchi 5%li stavkada, ikki yildan keyin 22000 so’m pul olishini hohlasa, unda diskontlangan qiymat quyidagiga teng bo’ladi: Agar qo’yilgan mablag’dan keladigan har yillik daromad turlicha unda diskontlangan qiymatning miqdori (Dqm) quyidagi formulada aniqlanadi: Bu yerda: P1, P2, ……………Pn – har yillik daromadning kutilayotgan miqdori, so’m; N – yillik daromadlar kutilayotgan davr, yillar soni. Masalan, birinchi yili daromad 33000 so’mni, ikkinchi 66000 so’mni va uchinchi yil 44000ming so’mni tashkil etgan. Har yillik 8%li stavkada diskontlangan qiymat quyidagiga teng bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo’jaligi investisiyasiga bir qator omillar ta’sir qiladi. Shulardan ba’zilarga tovar ishlab chiqaruvchilar ta’sirini o’tkazishi mumkin, boshqalari esa tashqi sharoitlarga bog’langan va tovar ishlab chiqaruvchilarga bog’liq emas. Tovar ishlab chiqaruvchilarga bog’liq omillarga quyidagilar kiradi: Qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligi va mollar mahsuldorligi; Birinchi navbatdagi investisiya obyektlarini tanlash; Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentrasiyalash; Asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi; Investisiya xarakteri: uzoq muddatli, qisqa muddatli; Mehnat unumdorligi darajasi va mahsulot ishlab chiqarish tannarxi. Tovar ishlab chiqaruvchilarga bog’liq bo’lmagan omillarga quyidagilar kiradi: Qishloq xo’jaligi va sanoat mahsulotlari baholari; Kredit uchun foiz stavkasi; Inflyasiya jarayoni ; Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning mavsumiyligi; Baholar nisbatini hisobga olgan holda mahsulotga bo’lgan talab; Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetkazib berishning muqarrarligi; Mahsulotga qo’yiladigan jahon baholari Xo’jalik faoliyati obyektlariga uzoq muddatli kapitalning qo’yilishi, ular foyda olishga va ijtimoiy samaradorlikka erishgandagina o’zini qoplaydi. Investisiya samaradorligining ko’rsatkichlarini hisoblash ma’lum bir davr davomida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar qo’shimcha o’sishi nisbatlariga asoslanadi. Umumiy samaradorlik ko’rsatkichi sof mahsulot qo’shimcha o’sishining shu davrdagi investisiya hajmiga nisbati sifatida aniqlanadi. Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida, yuqori darajadagi inflyasiyada bu ko’rsatkich investisiya samaradorligi to’g’risida aniq tushuncha bermaydi. Shuning uchun qishloq xo’jaligidagi investisiyani va yillar bo’yicha yalpi daromad dinamikasini taqqoslash maqsadga muvofiqdir. Investisiya samardorligi darajasi bevosita ularni moliyalashtirish manbalariga bog’liq. Eng past darajadagi samaradorlik imtiyozli investisiya kreditlarida kuzatiladi. Nisbatan yaxshiroq iqtisodiy natijalarga davlat byudjeti mablag’lari hisobiga moliyalashtiriladigan investisiyalarda erishiladi. Ba’zida kredit mexanizmi orqali yoki byudjetdan bevosita moliyalashtirish vositasi sifatida davlat tomonidan investisiyaga ajratilgan mablag’lar maqsadli foydalanilmasdan, balki ish haqi uchun to’lovlarga, ilgari olingan kreditlarni qoplashga va moliyaviy aktivlar bilan bo’ladigan operasiyalarga ham ishlatilish hollari uchrab turadi. Investisiyaning qaytarilishi olingan foydani investisiyaning umumiy hajmiga bo’lib topiladi va foizlarda ifodalanadi. Bu yerda: Iqd – investisiyaning qaytarilish darajasi, % ; F - foyda, so’m; Iuh – investisiyaning umumiy hajmi, so’m. Investisiyaning qaytarilish darajasi kredit uchun foiz stavkalari bilan taqqoslanadi. Bu holda, agar investisiyaning qaytarilish darajasi kredit uchun foiz stavkasidan yuqori bo’lsa unda tovar ishlab chiqaruvchining kapital qo’yilmalar miqdorini ko’paytirishi maqsadga muvofiqdir. Kapitalning me’yoriy samaradorligi va investisiyaning me’yoriy samardorligi bir-biridan farq qiladi. Kapitalning me’yoriy samaradorligi - bu qo’shimcha mablag’ning bir so’midan keladigan qaytim. Investisiyaning me’yoriy samardorligi – bu, kapital tovarning taklifi baholari va talabi baholari o’rtasidagi muvozanat o’rnatilganda, kredit uchun foiz stavkasidir. Foiz stavkasi qancha yuqori bo’lsa, kreditga talab shuncha past bo’ladi. Boshqa tomondan, foiz stavkasi qancha past bo’lsa, kreditning taklifi shuncha yuqori bo’ladi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling