O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov
Download 1.77 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savollar
4.Yangi mashinalarni iqtisodiy baholash va ko’rsatkichlarini hisoblash usullari
O’z vaqtida qishloq xo’jaligi texnikasini takror ishlab chiqarish, ancha yuqori texnik-iqtisodiy ko’rsatkichga ega bo’lgan yangi mashinadan foydalanishni kengaytirish - qishloq xo’jaligida texnika siyosatini amalga oshirishning asosiy masalalaridan biri. Yangi texnika yaratishdagi ishda bosh yo’nalish har bir tabiiy-iqtisodiy zonada ish sharoitini hisobga olgan holda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini kompleks mexanizasiyalashtirish uchun yuqori unumli, iqtisodiy va ishonchli mashinalar ishlab chiqarishdir. Qishloq xo’jaligida yangi texnikani joriy qilishning ma’lum tartibi o’rnatilgan va harakat qilmoqda. Mashinalarning yangi konstruksiyasi va tajriba namunalari asosan maxsus konstruktorlik byurolarida, ilmiy-tadqiqot institutlarida, tajriba stansiyalarida va boshqa korxonalarda ishlab chiqiladi. Yangi texnikani ishlab chiqarishga joriy qilishdan oldin u davlat, ma’muriy va xo’jaliklarda sinaladi. Sinovdan yaxshi o’tgan mashinalar, ishlab chiqarishga joriy qilinadi. Ancha takomillashgan mashinani almashtirishning iqtisodiy samaradorligi mehnat unumdorligining o’sishida, mahsulot(ish, xizmat) tannarxining pasayishida, ishlarni qulay muddatda amalga oshirish asosida mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishda o’z ifodasini topadi. Bu hamma omillar qishloq xo’jaligi texnikasini baholashda hisobga olinadi. Yangi texnikadan foydalanishdan olingan yillik iqtisodiy samara (taklif etilayotgan, kutilayotgan, rejalashtirilgan, haqiqatdagi) keltirilgan xarajat tejami bo’yicha va quyidagicha aniqlanadi: bu yerda: YS – yillik iqtisodiy samara, so’m; Tb,Tya - mahsulot(ish, xizmatlar) birligi tannarxi, baza va yangi variantda, so’m; KKSb, KKSya - kapital qo’yilmalarning baza va yangi variantdagi (mahsulot birligi hisobida) salmog’i, so’m; MK - kapital qo’yilmalar samaradorligining me’yoriy koeffisiyenti 0,15 ga teng; Kxyat - hisoblangan yilda yangi texnikani joriy qilish hajmi. Agar yangi texnika natijalarini foydalanishda ishlab chiqariladigan mahsulot sifati o’zgarsa(ancha yuqori xarid narxi sharoitida), unda yillik iqtisodiy samara mahsulotning, yalpi foydaning qo’shimcha o’sishini hisobga olib aniqlanadi: bu yerda: Nya va Nb - yangi va baza variantida mahsulot birligining xarid narxi, so’m. Yuqori sifatli mahsulot sotishning yillik iqtisodiy samarasi quyidagi formula bilan aniqlanadi. bu yerda: FQO’ - yuqori sifatli va ilgarigi mahsulotni sotishdan kelgan foydaning qo’shimcha o’sishi, so’m. 5.Kapital qo’yilmalardan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari Qishloq xo’jaligida kapital qo’yilmalar samaradorligini oshirishning foydalanilmagan anchagina imkoniyatlari mavjud. Ular quyidagilar iborat: 1.Kapital qo’yilmaning kompleksligini va proporsionalligini ta’minlash. o’simlikchilikda qishloq xo’jaligi texnikasiga, yerlarni meliorasiyalashga, dehqonchilikni kimyolashtirishga mablag’ni uyg’unlashtirish zarur. Chorvachilikda bino va inshooatlarni qurish xarajatlarini asosiy sermahsul podani yaratish, shuningdek kompleks mexanizasiyani joriy qilish xarajatlari bilan qo’shib olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari meliorativ tadbirlar hisobiga ozuqa bazasini yaxshilash, ozuqa sexlari va omuxta yem zavodlari va sexlari qurilishi bilan bog’lash zarur; 2.Vositalarni sarflash va iqtisodiy samara olish o’rtasidagi vaqtni, farqni qisqartirish, ayniqsa kapital qurilishda. Qishloq xo’jaligida qurilishda kapital qo’yilmalar hajmi yildan-yilga o’sib boradi va bir vaqtning o’zida tugallanmagan qurilish hajmi ko’payadi. Buning asosiy sabablaridan biri qurilishlar muddatining cho’zilib ketishi. Hozir qishloq xo’jalik obyektlari qurilishining o’rtacha me’yoriy muddati 3,5 yilni tashkil etadi; 3.Mahalliy qurilish materiallaridan foydalanish, tejamkorlik rejimiga qattiq rioya qilish, shuningdek qurilish-montaj ishlarini yuritishning ilg’or metodlaridan foydalanish hisobiga ishlab chiqarish va noishlab chiqarish kapital qurilishining tejamkorligini oshirish. 4.Ishlab chiqarish binolari va inshootlari xususiyatlariga qarab, harakatdagi asosiy vositalarning rekonstruksiyasiga investisiyani ko’paytirish. Rekonstruksiyaga ketgan xarajatlar yangi qurilishga tashlangan mablag’larga qaraganda 2-2,5 marta tezroq qoplanadi, bunda asosiy vositalarning ma’naviy eskirishi muddati 10-15 yilga suriladi; 5.Qurilishdagi kapital qo’yilmalarni kerakli mehnat va moddiy resurslar bilan, ayniqsa qurilish materiallari bilan to’la ta’minlash; 6.Xo’jalik hisobi munosabatlaridan foydalanish asosida kapital qurilish muddatlarining qisqarishi va qurilish-montaj ishlaridagi tejamkorlik va sifatni oshirish uchun xodimlar moddiy manfaatdorligi; 7.Qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini va chorva mollari mahsuldorligini oshirish imkoniyatlaridan to’laroq foydalanish va h.k. Tayanch iboralar: Kapital qo’yilmalar, investisiya, moliyalashtirish, kapital qurilish, kapital sig’imi, qoplash muddati, iqtisodiy samaradorlik, absolyut samaradorlik, nisbiy samaradorlik, xarajatlarning pasayishi, tannarxning pasayishi, keltirilgan xarajat. SavollarKapital qo’yilmalar deb nimaga aytiladi? Kapital qo’yilmalarning manbalari nimalar? Kapital qo’yilmalarning kengaytirilgan takror ishlab chiqarishdagi roli? Kapital qo’yilmalarning samaradorlik ko’rsatkichlari? Kapital qo’yilmalarning samaradorligini oshirish omillari va imkoniyatlari? Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling