Modulning maqsadi va vazifalari
Modulning maqsadi: Mashina detallari uchun qotishmalarni eritish, qayta ishlashning istiqbolli yechimlari kabi manbalarni o‘rgatishdan iborat.
Modulning vazifalari:
Bugungi kun talablariga mos holda,quymakorlik texnologiyalarini qo‘llagan xolda sifatli quyma maxsulot olish sifatini ta’minlash maqsadida oldingi va hozirgi texnologiyalarni taqqoslash;quymakorlik ishlab chiqarishni loyihalash va hisoblashning uslubiy prinsiplariga qaratilgan texnologik jarayonlarni tanlash;quymakorlikda so‘ngi jarayonlarni vatermik ishlov berishni quymani aniqligiga ta’siri jarayonlarining samaradorligini aniqlash.
Modul bo‘yicha tinglovchilarning bilimi, ko‘nikmasi, malakasi va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar
“Mashinasozlikda sifatli qotishmalarni suyuqlantirish texnologiyasi” kursini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida:
Tinglovchi:
rivojlangan xorijiy davlatlarda va respublikada quymakorlik texnologiyalarini zamonaviy ahvoli va istiqbollari;
quymakorlikda yangi texnologiyalar ishlab chiqarish jarayonlariga qo‘yiladigan talablari;
quymakorlikda korxonalarida hosil bo‘ladigan chiqindilarni atrof- muhitga ta’siri haqida bilimga ega bo’lishi kerak
Tinglovchi:
yupqa devorli, murakkab shakldagi yoki katta o‘lchamli quymalarni nuqsonsiz tayyorlash texnologik sxemalarini tuzish;
quyma detal devorlarining kristallanish sharoiti turlicha bo‘lganligi sinflarga va turlarga ajratish;
ishlab chiqarishni arzonlashtirish va aniqligini oshirish uchun imkon boricha quymaning shaklini soddalashtirish jarayonlarni tanlash кўникма va malakalarini egallashi;
Tinglovchi:
-qumli qoliplarda tayyorlangan quymaning geometrik o‘lchami aniqligi,
- sirt g‘adir-budirligi ko‘p xolatlarda zamonaviy texnik talablarni quyishning maxsus usullari; qobiq qoliplarga quyish,
-eriydigan modellar bo‘yicha, bosim ostida quyish,
- markazdan qochma va boshqa quyish usullarini avtomatlashtiruvchi texnologiyalarni ishlab chiqish kompetensiyalarni egallashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |