O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi o`rta maxsus, kasb – hunar ta`limi markazi “Ro`yxatga olindi”
Download 322.5 Kb.
|
Ona tili o\'qit met
laboratoriya ishi
Bog`lanishli nutq bo`yicha darslarni kuzatish: Matnni til tomonidan tahlil qilib, uning mazmunini to`liq bayon etiladigan dars. Tayyorlangan matеriallarni umumlashtirish, tartibga solish va insho ustida ishlash darsi. Nutqiy xatolar ustida ishlash darsi. Ona tili va uni o`qitish metodikasi fani bo`yicha amaliy, seminar, laboratoriya mashg`ulotlari va mustaqil ishlarni tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar Ona tili va uni o`qitish metodikasi fani bo`yicha amaliy, seminar va laboratoriya ishlari har bir mavzu yakunida tavsiya etildi. O`qituvchi talabalar bilim saviyasi va o`qitish shart – sharoitlaridan kelib chiqib, bu ishlarni tashkil etadi. Amaliy, seminar va laboratoriya ishlarini tashkil etishda o`quvchilarga oldindan mavzular tavsiya etiladi, reja berish maqsadga muvofiq. Har bir o`tkazilgan amaliy ish albatta tekshirilishi va baholanishi lozim. Amaliy, seminar va laboratoriya ishlarini tashkil etish o`quvchilarning mustaqil ishlarining davomi bo`lishi kerak. Ona tili va uni o`qitish metodikasi fani bo`yicha kurs ishlari namunaviy mavzulari Savod o`rgatish davrida o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqlarini o`stirish yo`llari. Boshlang`ich sinflarda o`qish darslarida xalq og`zaki ijodi namunalari o`tishning o`ziga xos tomonlari (ertak, maqol, topishmoq, tez aytish, doston, latifalar) Boshlang`ich sinflarda o`qish darslarida matn ustida ishlashning noan`anaviy yo`llarini oshirish yo`llari. Sinfdan tashqari o`qish darslarida badiiy nafosat tarbiyasini singdirish. Ona tili darslarida test topshiriqlar, amaliy ishlar, o`yinlar, rebus, krossvordlar orqali o`quvchilar bilimini oshirish yo`llari. Ona tili fanida mavzularni o`zaro bog`lab o`rgatish orqali o`quvchilar nutqiy salohiyatini shakllantirish yo`llari. Ona tili darslarida morfemik bilimlarni berilishida so`z turkumlariga bog`lab o`tishning o`ziga xos tomonlari. Boshlang`ich sinflarda sifat so`z turkumini o`tishda nutq o`stirish yo`llari. Fe`l mavzusini o`tish jarayonida yangi texnologiyadan foydalanish. Gap bo`limini o`tish jarayonida integrallashgan dars usullaridan foydalanish. Boshlang`ich sinflarda ona tili darslarida o`quvchilar lug`atini boyitish. Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqini o`stirish yo`llari va ahamiyati. Kurs ishlarini bajarish tartibi har bir fan kafedrasi tomonidan alohida ishlab chiqiladi. Download 322.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling