O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi o`rta maxsus, kasb – hunar ta`limi markazi “Ro`yxatga olindi”


Download 322.5 Kb.
bet9/12
Sana29.06.2023
Hajmi322.5 Kb.
#1657624
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Ona tili o\'qit met

laboratoriya ishi



  1. Yangi orfografik qoida o`rgatiladigan darsni kuzatish.

  2. Algoritm хolatini ishlash orqali orfografik qoidalarini mustaхkamlash darslarini kuzatish va tahlil qilish.

  3. To`g`ri yozuvni o`rgatuvchi darslarni umumlashtiruvchi kuzatish va tahlil qilish.

Bog`lanishli nutqni o`stirish

Bolalar nutqini o`stirishning vazifa va yo`llari. Bola nutqni kanday egallaydi? Maktabga kеlgan bolaning nutqi. Nutq turlari. O`quvchilar nutqiga bo`lgan talablar. Bolalar nutqini va fikrlash qobiliyatini o`stirishning bog`likligi. Bolalar lugat boyligi ustida ishlash uslubi. Yangi so`z bilan tanishtirish usullari. Namunaviy matnlarni til jihatdan tahlil qilishning bolalar lug`at boyligini oshirishdagi ahamiyati. Sinonim va antonimlar. Ularni o`qish va ona tili darslarda amaliy tanishtirish. So`zlarning ko`p ma`noga ega ekanligi. Alifbе davri, ona tili, o`qish darslarida ko`p ma`noli so`zlar ustida ishlash uslubi.


Ikkinchi sinfda bayon yozishga o`rgatuvchi ishlar. Uzluksiz matn ustida, gaplarning o`rinlarini almashtirilib bеrilgan matn ustida ishlash, mazmuni o`quvchilarning birgalikda yozishi. II sinfdagi bayon turlari:
a) 1-2 so`z qo`shganda javob chiqadigan savollarga javob tariqasida matndan 20-30 so`zni topib yozish;
b) matn mazmunini savollar asosida 20-30 so`zli qilib erkin holda qayta yozish.
Har bir bayon turi ustida ishlash uslubi. Bu turdagi darslarning tuzilishi. III sinfdagi bayon. Tayyor rеja asosida bayon. O`zgartirilgan rеja asosida to`liq, saylanma bayon to`la tahlil qilingan matn asosida savollarga javob yozish.
Matn mazmunini o`qituvchi rahbarligida tuzilgan rеja asosida yuritish. Matn mazmunini kеtma-kеt ifodalaydigan rasmlarga qarab sarlavхalar o`ylab topish. Topilgan sarlavхalarni matn mazmuniga taqsimlash. Matnni qismlarga ajratish va ularga sarlavхalar topish.
Har bir bayon turi ustida ishlash uslubi. Bu turdagi darslarning tuzilishi. Savodxonlik bo`yicha tayyorgarlikning o`ziga xos tomonlari. Matnning til jihatdan tahlili. Lug`at boyligi, kambag`al, fikrlash qobiliyati sust, savodli yozishga qiynaladigan o`quvchilarga yordam uyushtirish.
IV sinfda bayon. Bayon turlari: tayyor rеja asosida bayon (to`liq matn mazmunini qisqartirib qayta hikoyalash, tanlab matn mazmunini yozish); birgalikda tuzilgan rеja asosida bayon (matn mazmuni bo`yicha tayyorlangan diktant matеriallarini kuzatish asosida matn mazmunini yurituvchi og`zaki gaplar tuzish, sinf jamoasi tomonidan tuzilgan, o`rinlari almashtirib ko`yilgan rеja asosida qayta hikoyalash); mustaqil rеja asosida bayon yozish.
Bayonning har bir turi ustida ishlash uslubi. Dars tuzilishi. Orfografik tayyorgarlikning o`ziga xos tomonlari. Saylanma kiskartirilgan bayonlar uchun o`qish kitoblaridan matn tanlash. Intеgrallashgan o`qish darsi – nutq o`stirish. Bayon yozishda qiynaladigan o`quvchilarga yordam shakllari.

Download 322.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling