O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
True
G‘ildirashga qarshilik kuchi
Bu kuch shinani va yo‘lning deformatsiyasiga hamda shinaning qoplamaga ishqalanishiga bog‘liq bo‘ladi. G‘ildirakni harakatlantirish vaqtida shinaning qismlari orasida deformatsiya hisobiga ishqalanish hosil bo‘ladi va ajralib chiqqan issiqlik atrofga tarqaladi. Bu esa, energiyaning yo‘qolishiga olib keladi. 32 P z ` b a P z P z `` k m 0 ∆` sh ∆ sh M P z P x R z R x A a sh l 25-rasm. G‘ildirashga qarshilik: a – shinadagi gisterezis yo‘qotishlar; b – g‘ildirakning qattiq qoplamali yo‘lda harakatlanishi. Vertikal og‘irlik P z ta’sirida shina deformatsiyalanganda okI egri chizig‘i hosil bo‘ladi. Deformatsiyalangan shinadan P z kuch ta’siri olinganda Imo egri chizig‘iga mos keladi. Hosil bo‘lgan okImo yuza shinada hosil bo‘lgan gisterezis yo‘qotishlarni ifodalaydi. G‘ildirak harakatlanganda uning oldingi qismida deformatsiya ko‘payadi, orqa qismida esa kamayadi. Shuning uchun shina deformatsiyalanganda kontakt yuzasi A markaziga nisbatan uning oldingi qismiga P z `, orqa qismida esa P z `` kuchlari ta’sir etadi. Demak, kontaktning oldingi qismidagi elementar normal reaksiyalar orqa qismi reaksiyalaridan katta bo‘lib, ularning teng tashkil etuvchisi R z normal reaksiya g‘ildirakning vertikal diametridan a sh masofaga siljigan bo‘ladi. Normal reaksiyaning ta’sir etuvchi nuqtasi siljishi natijasida R z · a sh moment hosil bo‘ladi. Ushbu momentni muvozanatlash uchun g‘ildirakka qarama-qarshi yo‘naltirilgan moment M yoki yetakchi g‘ildirak o‘qiga P x kuch qo‘yish kerak. A nuqtaga nisbatan kuch va momentlar tenglamasidan: P x = R z a sh / r a sh / r nisbatni g‘ildirashga qarshilik koeffitsiyenti deyi ladi va f harfi bilan belgilanadi: f = a sh /r = P x /R z Bundan, g‘ildirashga qarshilik kuchi: 33 P k = P x = fRz G‘ildirashga qarshilik momenti: M k = P k r = fR z r Avtomobilning hamma g‘ildiraklari uchun f koeffitsiyentini bir xil deb hisoblaymiz. U holda avtomobilning gorizontal yo‘ldagi g‘ildirashga qarshilik kuchini quyidagicha aniqlaymiz: P k = fG G‘ildirashga qarshilik koeffitsiyentining υ tezlikka nisbatan o‘zgarishi quyidagi empirik formula bilan aniqlanadi: f = f 0 (1 + υ 2 /1500) Quyidagi jadvalda g‘ildirashning qarshilik koeffitsiyenti qiymatlari keltirilgan: Download 2.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling