O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov
G‘ildirak radiuslari, unga ta’sir etuvchi kuch va momentlar
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
True
4.3. G‘ildirak radiuslari, unga ta’sir etuvchi kuch va momentlar
Pnevmatik shinali g‘ildirak avtomobilni harakatlantiruvchi va yo‘l bilan bog‘lovchi qismi hisoblanadi. G‘ildirak radiusi shinaga ta’sir etuvchi kuchlarning ta’siriga qarab uch xil bo‘ladi: 1. Statik radius r st aniqlanganda shina damlangan bo‘lib, unga vertikal og‘irlik kuchi ta’sir etadi va g‘ildirakning markazidan yergacha bo‘lgan masofa bilan yoki quyidagi formuladan topiladi: r st = 0,5d + V sh λ sh , bu yerda: λ sh – g‘ildirakning vertikal elastiklik koeffitsiyenti; V sh – shina profilining kengligi. Standart yengil avtomobillar shinalari uchun λ sh = 0,84...0,88; yuk avtomobillari shinalari uchun λ sh = 0,89...0,9. 2. Dinamik radius r d – g‘ildirakka kuch va momentlar ta’sir etayotganda o‘lchangan oniy radius. 3. G‘ildirash radiusi r k deb, g‘ildirak o‘qi chiziqli tezligining uning burchak tezligiga nisbatiga aytiladi. G‘ildirash radiusi, odatda, eksperimental yo‘l bilan aniqlanadi. Buning uchun g‘ildirakning bir nechta to‘liq aylanishida n k bosib o‘tgan yo‘li S aniqlanadi va quyidagi formula orqali hisoblanadi: r k = S/(2π n k ) G‘ildirakning statik, dinamik va g‘ildirash radiuslari unga ta’sir etuvchi vertikal yuklama hamda shinadagi havoning bosimiga bog‘liq. Bundan tashqari, dinamik radius avtomobilning tezligiga va g‘ildirakka uzatilayotgan burovchi momentga bog‘liq bo‘ladi. Tezlik oshishi bilan u kattalashadi, dvigateldan kelayotgan burovchi moment kamayishi bilan kichiklashadi. Quruq qattiq qoplamali yo‘llarda yetakchi g‘ildiraklarning sirpanishi va radiusining o‘zgarishi juda kichik bo‘lganligi uchun r st , r d va r k radiuslari qiymatlari bir xil qabul qilinadi va r harfi bilan belgilanadi. Avtomobil harakatlanganda yetakchi g‘ildirak unga qo‘yilgan M T moment ta’sirida yo‘l qoplamasining yuqori qismini orqaga surishga intiladi. Yo‘l tomonidan yetakchi g‘ildirak ta’sir yuzasida qarama-qarshi yo‘nalgan R x2 kuch hosil bo‘ladi (24-rasm, a). 31 M T P T P K2 P x R x2 R x P x P z P z P u R u R z R z r a b 24-rasm. Yo‘lning g‘ildirakka ta’sir etuvchi reaksiyalari: a – yetakchi g‘ildirak; b – yetaklanuvchi g‘ildirak; M T – buruvchi moment; P T – tortish kuchi; r – g‘ildirak radiusi; Rx, Ry, Rz – yo‘l reaksiyasining urinma, ko‘ndalang va normal tashkil etuvchilari; Px, Py, Pz – g‘ildirakka ta’sir etuvchi hamma kuchlarning tashkil etuvchilari; P k2 – yetakchi g‘ildirakning g‘ildirashiga qarshilik kuchi. Yo‘l tomonidan g‘ildirakka ta’sir etayotgan hamma kuchlarning teng ta’sir etuvchisi yo‘l reaksiyasi deyiladi. Uni 3 ta tashkil etuvchiga bo‘lish mumkin: R z – yo‘lga perpendikulyar bo‘lgan normal reaksiya; R x – yo‘lning va g‘ildirakning tekisliklariga ta’sir etuvchi urinma reaksiya; R y – yo‘lning tekisligida yotuvchi va g‘ildirakka perpendikulyar bo‘lgan reaksiya. R x va R y reaksiyalar R z ta’sir etgandagina paydo bo‘ladi (24-rasm, b). Avtomobilga ta’sir etuvchi hamma kuchlarni ikki guruhga bo‘- lish mumkin: 1) avtomobilni harakatlantiruvchi kuchlar; 2) uning harakatiga qarshilik ko‘rsatuvchi kuchlar. Bunga asosan, g‘ildirashga qarshilik kuchining asosiy tashkil etuvchisi R x2 ni shartli ravishda tortish kuchi P T va yetakchi g‘ildirakning g‘ildirashga qarshilik kuchi P k2 larning ayirmasi ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin: R x2 = P T – P k2 Download 2.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling